GEOKIMYOVIY DAVRLAR haqida malumot bilib oling.
GEOKIMYOVIY DAVRLAR — geologik tarix bosqichi. Togʻ jinslarida qandaydir kimyoviy element yoki elementlar guruhining toʻplanishi va koʻpincha ularning muayyan tipli va tarkibli konlarining hosil boʻlishi. Geokimyoviy davrlar bir necha yuz mln. yilga teng boʻlishi mumkin. Har qaysi Geokimyoviy davrlarda maʼlum metallning yigʻilish sharoitini aniqlaydigan maʼlumotlar boʻladi. Mac, dunyo miqyosida temirli fatsiyalari tabiritlar, temir rudali konlar va temirli kvarsitlarning jadal hosil bulishiga, extimol, hayotning ilk paydo bulishi. Yer atmosferasining kislorod bilan boyishi va buning natijasida Dunyo okeani suvi muhiti xarakterining jiddiy oʻzgarishi sabab boʻlgan. Har bir element yoki elementlar guruhlari (xalkofil, biofil, litofil va b.) uchun Yerning geologik rivojlanish jarayonida Geokimyoviy davrlar aniqlangan. Mas, Yer pustila kora slaneslarni hosil qiluvchi biofil elementlari (30 dan ziyod) uchun ketgan vaqt katarxeydan golotsengacha boʻlib, 3,5 mlrd. yilga teng va 15 Geokimyoviy davrlardan iborat. Yirik, jahonga molik hisoblangan Vitvatersrand (Jan. Afrika), Muruntov oltin konlari, Germaniya, Polsha va b. joylardagi mis konlari oʻsha davrlarda hosil boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
GEOKIMYOVIY DAVRLAR