GEMOGLOBINURIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEMOGLOBINURIYA haqida malumot bilib oling.

GEMOGLOBINURIYA (gemoglobin va yun. uron — siydik) — gemoglobinning siydik bilan chiqishi. Qon gemolizga uchraganda roʻy beradi. Kislotalar, baʼzi dorilar (mas, xinin, sulfanilamidlar, levomitsetin, gentamitsin va h. k.) dan zaharlanganda, kuyishda, organizmga mos kelmagan qon quyilganda, uzoq vaqt yurilganda, qattiq sovqotganda kuzatiladi. Gemoglobinuriyada siydik qizaradi, ammo tiniq boʻladi. Davo asosan Gemoglobinuriyaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.

Ensiklopediya.uz
GEMOGLOBINURIYA