GAVANA haqida malumot bilib oling.
GAVANA — Kubaning poytaxti. Gavana provinsiyasining maʼmuriy, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Kuba o. ning shim.gʻarbida, Meksika qoʻltigʻi sohilida. Gavana shahar atrofi bilan Katta Gavanani tashkil qiladi. Aholisi 2,3 mln. kishi (1997).
Gavanaga 1515-y. da asos solingan. 1592-y. dan shahar va Ispaniya gubernatorining qarorgohi. 16-a. oxiridan G. Ispaniyaning Antil o. laridagi eng katta porti. 1762-y. da Gavanani va butun Kubani inglizlar bosib oldi. 1763-y. da yana ispanlar qoʻliga oʻtdi. 18—19-a. larda G. Antil o. laridagi qullar bozorining yirik markazi boʻldi. 1902-y. dan Kuba Respublikasi poytaxti.
Gavana mamlakatning eng yirik transport yoʻllari tuguni. Gavana porti orqali Kubaning 3/5 importi va 1/4 eksporti oʻtadi. Shahar asosiy t. y. magistrali va mamlakatni gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadigan bosh avtostrada ustida joylashgan. Jan.gʻarbiy chekkasida Xose Marti xalqaro aeroporti joylashgan. Gavana mamlakat sanoat mahsulotining qariyb yarmini beradi. Korxonalarning koʻpchiligi shahar chetida. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati koʻproq rivojlangan. Tikuvchilik, metallsozlik, kema remonti, kimyo sanoati korxonalari ham bor. Poʻlat quyish, avtoremont, neftni qayta ishlash va b. z-dlar mavjud. Iirik binolari: Milliy kapitoliy, «Gavana Libre» va «Gavana Rivyera» mehmonxonalari. Gavanadel-Este turar joy r-ni qurilgan.
Gavanada un-t (1728), FA (1962), texnika, q. x., iqgisod, ped. intlari, kutubxonalar, teatrlar bor. Yirik muzeylari: Milliy muzey, L. Montane, Antropologiya muzeyi, E. Xeminguey uy-muzeyi va b.
Ensiklopediya.uz
GAVANA