GARTLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GARTLI haqida malumot bilib oling.

GARTLI, Xartli (Hartley) Deyvid (1705.30.8, Armli – 1757.28.8, Bat) – ingliz mutafakkiri, assotsiativ psixologiya asoschilaridan biri. Odamxulkini boshqarishda psixik jarayonlarning aniq qonuniyatlarini yaratishga intilar ekan, Gartli bunda Nyuton fizikasi tamoyillarini qoʻllab koʻrishga harakat qildi. Gartli fikriga koʻra, tashqi muhitdagi (efirdagi) tebranish sezgi organlarida, miya va muskullarda oʻziga xos tebranishni yuzaga keltiradi.

J. Lokk taʼlimoti izidan borgan Gartli birinchilardan boʻlib assotsiatsiya mexanizmini psixik faoliyatni tushuntirishning universal qoidasiga aylantirdi. Gartli fikricha, odamning ruhiy olami «birlamchi elementlar» (his qilinishlar) ning asta-sekin murakkablashib borishi natijasida ularning bogʻlanishi (assotsiatsiyasi) orqali paydo boʻladi. Rivojlanishga undovchi kuchlar — rohat va azobdir. Gartli taʼlimoti mexanistik boʻlishiga qaramay, psixikani tushunishda olgʻa tomon qoʻyilgan katta qadam boʻldi. Bu taʼlimot etika, estetika, ped., biol. kabi fanlar taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi.

Ensiklopediya.uz
GARTLI

Оставьте комментарий