GARMON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GARMON haqida malumot bilib oling.

GARMON, garmonika — damli (pnevmatik) tilchali musiqa cholgʻu asbobi. 2 ta yogʻoch qoplama, odatda, tugmasimon klavishlar, dam (havoni harakatga keltiruvchi moslama) hamda ichida oʻrnatilgan metall tilchalardan iborat. Havo bosimining oʻzgarishi natijasida tilchalar sadolanadi. Oʻng tomondagi klavishlar vositasida melodik, chap tomondagilari b-n joʻrnavoz (tovushakkord)lar hosil qilinadi. 1822-y. da nemis ustasi K. F. L. Bushman yasagan Garmon keyingi turlari uchun asos boʻlgan. 19-a. ning 30-y. larida Garmon ishlab chiqarish Rossiya (Tula)da boshlangan. Keyinchalik tatar, mari, kabardin kabi xalqlarda ham keng yoyilgan. Garmonning bir yoki ikki qatorli, diatonik va xromatik turlari mavjud. Oʻzbek xalq sozandalari, ayniqsa, Xorazm xalfalari 19-a. dan buyon Garmondan foydalanib keladi. Fargʻonada Orif Garmon (Toshmatov) ham shu soz bilan mashhur boʻlgan. Garmonning takomillashtirilishi natijasida akkordeon va bayan cholgʻulari yuzaga kelgan.

Ensiklopediya.uz
GARMON