Garderob-velnes nima va eski kiyim-kechaklardan voz kechish qanchalik muhim

Garderob-velnes nima va eski kiyim-kechaklardan voz kechish qanchalik muhim

Kuzatuvchilar so’nggi yillar xoh rus, xoh mahalliy xalq vakillari orasida bo’lsin, non, oziq-ovqat topib farzandlarini boqish ilinjida uydagi eski kiyim va buyumlarini sotishga majbur bo’layotganlar ko’payganini aytishadi. Bu holga poytaxtning ayrim bozor hamda do’konlari atrofida duch kelish mumkin.

Toshkentda eski buyumlar savdosi quloch yozmoqda

Toshkentning serqatnov ko’chalari, bozor-u do’konlari atrofida eski buyumlar, yoyma bozorlari paydo bo’lgan. Avvallari bunday buyumlarni uy egalari kerak bo’lmagani uchun sotishgan bo’lsa, bugun tirikchilik uchun zarur boshqa ehtiyojlarini qoplash uchun sotishayotganini aytishadi. Ayni paytda ko’chama-ko’cha yurib, odamlardan ishlatilgan turli xil buyumlar sotib olib kun ko’rayotganlarni ham uchratish mumkin.

Toshkentning turli mavze va mahallalarida, ko’p qavatli binolar atrofida eski kiyim-u buyumlar sotib olamiz deb yurgan ayollarni bot-bot uchratish mumkin. Yelkasiga katta xalta, qoplar orqalagan bu ayollar eski poyafzaldan tortib eski tog’oragacha, eski sholcha-yu gilamdan eski gazmolgacha xarid qilishlarini aytishadi.

Ozg’in yelkasiga katta xalta ortmoqlab, bir qo’lida chamasi 3-4 yoshdagi qizchasini yetaklagan shunday ayollardan birini suhbatga tortdim. Undan ko’chama-ko’cha kezib, eski narsalar yig’ishining boisini so’radim.

“-Tirikchilik. Ikkita bolam bor. Farzandlarim uchun shu ish bilan shug’ullanaman. Narsalarni arzon olib, qimmatroq sotaman. Eski narsalar, kiyim-kechaklar, oyoq kiyimlar olamiz. Bularni bozordagi eski narsalar sotib o’tiradiganlarga sotamiz. Bir kunlik xarajatimga yetishi uchun, bolalar och qolmasligi uchun. Men shu ish orqasidan ikki-uch ming so’m topaman”, deydi ismini Sanobar deb tanishtirgan bu ayol.

Uning aytishicha, uning ikkita bolasi bor. Turmush o’rtog’i qorovul bo’lib ishlaydi. Biroq uning oyligi ro’zg’or tebratishga yetmaydi. Bunday ish bilan shug’ullanayotgan faqat men emasman, deydi u.

“-Bu ish bilan shug’ullanadigan ayollar ham ko’p. Ko’pchilik, hammasi ro’zg’or uchun, bola-chaqasi uchun shu ish bilan shug’ullanadi. Eski narsalarini ruslar ham, o’zbeklar ham, qiyinchilik ko’rganlar, ro’zg’origa yetmaganlar, non uchun qiynalganlar beradi”, deb aytadi Sanobar.

Kuzatuvchilar so’nggi yillar xoh rus, xoh mahalliy xalq vakillari orasida bo’lsin, non, oziq-ovqat topib farzandlarini boqish ilinjida uydagi eski kiyim va buyumlarini sotishga majbur bo’layotganlar ko’payganini aytishadi. Bu holga poytaxtning ayrim bozor hamda do’konlari atrofida duch kelish mumkin.

Farhod bozori yaqinidagi savdo do’konlari etagida joylashgan yoyma bozorlarning birida bo’ldim. Beixtiyor ko’zingiz yerga to’shalgan qog’ozlar ustidagi mixdan tortib to kiyim kechag-u, idish tovoqqa qadar va uni sotish ilinjida xaridor kutayotgan erkak va ayollarga tushadi. Ular orasida bir paytlar prokuraturada ekspert bo’lib ishlagan bir ayolni uchratdim. Uning aytishicha, nafaqasi ro’zg’or tebratishga yetmagani sabab, uydagi narsalarni sotishga majbur bo’lmoqda ekan.

“-Majburman, soat to’rt yarim, beshdan turib, joy olib, uyimizdagi eski-tuski, ishqilib o’tadigan biror narsalarni sotib, 1-2 ming so’m non puli bo’ladimi deb kelib, shu erda kechgacha o’tiramiz. Pensiyamiz kam, o’qiydigan bolam bor. Qiynalganimdan, majburligimdan shu yerga kelib o’tiribman. Uyimdagi kiyilmaydigan eski kiyimlar, anavi yerga to’shab qo’yibman, temir-tersak, bir-lkkita kastryulkam, tog’oracham, lagancham bor. Sababi yetishmovchilik. Yetsa, mana shu yerga tuproq yutib kelib o’tirarmidik”, deydi ayol.

Bu yoymalar atrofida turli buyumlar narxi bilan qiziqayotgan yoki xarid qilayotgan kishilarni uchratish mumkin. Bir paytlar birovning eskisini irim qilib olmaydigan mahalliy xalq vakillari bugun bunday narsalarni bemalol xarid qilishayotgan ekan, buning boisini xaridorlardan biri shunday izohlaydi.

“Eski narsalar sotiladigan bozor magazinlarga nisbatan, ro’zg’orga narsa olish uchun ancha arzon. Shuning uchun biz shu yerga ro’zg’orga narsa olish uchun xarid qilgani kelamiz. Bugun ro’zg’orga tarelka, kastryulka, shunday narsalar olgani chiqqanmiz. Endi nisbatan arzon, tutilganligi uchunmi, ancha arzon. Ro’zg’orga tutilsa bo’ladi, yaxshi, sifatli. Uydagi toza narsalarini sotgani olib chiqqan. Ro’zg’or uchun bemalol ishlatsa bo’ladi”, deb aytadi xaridor ayollardan biri.

Kuzatuvchilarga ko’ra, bundan 10-15 yil ilgari Toshkentning faqat “Tezikov” nomli bozoridagina eski narsalar sotib olish mumkin bo’lgan. Keyingi yillar shaharning turli go’shalarida eski buyumlar yoymalarining paydo bo’lgani va unda nafaqaxo’rlar-u, nogironlar, turli yoshdagi erkagu ayollarning eski narsalarni sotish bilan mashg’ul bo’layotgani ko’pchilik aholi turmushi farovonligidan dalolat bermayotgandek.

Garderob-velnes nima va eski kiyim-kechaklardan voz kechish qanchalik muhim?

“Garderob eshigini ochganda qanday tuyg‘ularni his qilasiz?Buni anglaymizmi yoki yo‘q, ammo kiyimlar turadigan shkafni ochar ekanmiz, hissiyotlarga yetarlicha boy bo‘lamiz. Bundan bir necha kun avval xarid qilingan nafis libosda hayajonni, to‘la ko‘rsatadigan djinsida g‘azab hissini tuyamiz. Marhum buvimiz to‘qib bergan sviter qayg‘uni, ancha pulga sotib olinib, yorlig‘i hali ham o‘zida turgan hashamatli palto aybdorlikni his qilishimizga sabab bo‘ladi. Turli hislarni tuyish uchun garderobni ochib nazar tashlashning o‘zi kifoya. Psixologiyaga ishqiboz bo‘lgan stilistlar wardrobe wellness konsepsiyasi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Garderob bu — kishi o‘zining nozikligini his qilish mumkin bo‘lgan joy, deydi mijozlariga ularning shkafi asosida hissiy muvozanatni baholash va noqulay his-tuyg‘ularni keltirib chiqaradigan triggerlarni aniqlashga yordam beradigan garderob-velnes bo‘yicha mutaxassis Ennmari O‘Konnor. “Odatda garderob uyning eng yashirin xonasi — yotoqxonada joylashgan bo‘ladi va uning ichidagi narsalar ko‘plab xotiralarni yodga soladi”.

Garderob-velnes — uslub sanoatiga taalluqli yangi konsepsiya. Uning qoidalari yetarlicha oson, ammo “tozalash” natijasida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Deylik, bir ayolning kiyganida o‘zini go‘zal va sarvqomat his qiladigan ko‘ylagi osilib turgan bo‘lishi mumkin. U ajoyib kunlarning birida o‘sha hislarni takror tuyishga umid qiladi. Boshqa bir qiz garderobining eshiklarini ochib, o‘lchami to‘g‘ri kelmagani uchun kiya olmaydigan kiyimlar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ammo u bir kun kelib ozishiga ishonadi. Ayrim narsalardan voz kecha olmasligimizga bir necha sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Marie Claire

Masalan, narsalarni saqlashimizga ularni yetarlicha kiymaganimiz uchun o‘zimizni aybdor his qilishimiz yo bo‘lmasa, tanamizdagi o‘zgarishlardan uyalishimiz mumkin.

Biz ota-onamiz, do‘stlarimiz yoki hayotimiz tubdan o‘zgarib ketishidan avval kim bo‘lganimizni esga soluvchi narsalarni saqlashimiz mumkin.

“Bu essensializm”, — deb nomlanadi deya ta’kidlaydi, “Moda psixologiyasi” kitobi muallifi professor Karolin Meyr. Obyektning mohiyati ayni vaqtda fiziologik xususiyatlari yoki vazifa emas, aynan aloqadorlik bilan bog‘liq. Obyekt kim yoki nima haqida eslatadi?Bu his-tuyg‘ularning butun majmuasi o‘ziga xos aloqani shakllantirganida sodir bo‘ladi. Bu hatto mayda detallar bilan ham yuz berishi mumkin. Kiyimlarda bu quyidagicha bo‘ladi — bluzka sizga onangizni eslatgani uchun uni saqlashni muhim deb bilasiz.

Klinik depressiyadan aziyat chekadigan kishilarni ularning ko‘rinishi qanday ekani qiziqtirmaydi. Ammo g‘am, o‘zini charchagandek, to‘la yoki qari his qilish garderobdagi kiyim-kechaklarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biz kiyadigan narsalar kimligimizni bildirishi, shuning uchun kiyim-kechak umid yoki umidsizlikning ramzi bo‘lishi mumkin. Mutaxassisning ta’kidlashicha, kiyimlar biz uchun nimani ramzi ekanini aniqlashtirishni o‘rganish muhim.

“O‘tmish yoki kelajak emas, hozir bilan yashash kerak. O‘tmishning ramzi bo‘lgani narsalar hozirni his qilishga xalaqit qiladi. Men salomatligida muammo bo‘lib, kiyim o‘lchami 8 dan 16 ga o‘zgargan ayol bilan ishlaganman. Tuzalganidan keyin 12 o‘lchamdagi libos kiya boshlagan, ammo eski o‘lchamdagi modellarni har ehtimolga qarshi olib qo‘ygan. Bu ayol uchun mudhish voqea bo‘lgan va kundalik muammoga aylangan. U kundalik kiyish uchun shunchaki libos tanlay olmagan. O‘zini yomon ko‘rish va hozirgi “men”ini bu tariqa jazolashning nima keragi bor?”, — deydi Ennmari O‘Konnor. Sizga to‘g‘ri kelmaydigan libosdan qutulish, ozish fikridan qaytganingizni bildirmaydi.

Qolaversa, bu sizni hayotingizni yengillashtiradi. Garderobni ochganda, unda bor istalgan libosni tanlashingiz mumkinligini aniq bilasiz. Shuningdek, o‘zingizni juda a’lo his qilasiz. Who What Wear saytining muharriri Xanna Almassining ta’kidlashicha, “emotsional separatsiya”(ajratish, tozalash)ni jismoniy harakat — ko‘zdan uzoqlashtirish, yurakdan chiqarib tashlashdan boshlash kerak. Ammo shu bilan birga u: “Men kiyimlarga nisbatan ta’sirchan munosabatdaman va mening garderobimda ular bisyor. Hech kimga o‘lchami to‘g‘ri kelmaydigan kiyim yoqmaydi, ammo men Aquascutum vintaj yubkam yoki 70-yillarga xos kombinezonim borligidan shunchaki xursandman. Bugun menga sig‘masa ham ular men uchun shaxsiy tariximning kichik bir parchasi”, — deb qo‘shimcha qiladi.

“Men uchun garderob-velnes — o‘zimni dadil, qat’iyatli va bugungi kunni qabul qilishga tayyor his qilish imkonini beruvchi tushuncha”, — deydi Almassi.

Professor Meyr muharrirning fikriga qo‘shiladi: kundalik kiyiladigan va esdalik sifatida saqlanadigan kiyimlar o‘rtasidagi farqni anglash muhim sanaladi. “Menda 20 yoshimda klublarga borganda kiygan bir yoki ikkita libosim bor. Men uchun ular o‘sha vaqtdagi baxtli onlarni esga soladi. Ammo hozir mening hayotim boshqa va o‘sha vaqtdan buyon ko‘p narsa o‘zgarganini tan olaman. U kiyimlar qutida, garderobdan uzoq joyda turadi hamda har kuni mening kayfiyatimga ta’sir qilmaydi. Ba’zida men ularni olib, tabassum bilan qanday bo‘lmag‘ur narsalarni kiyganman, deb o‘ylab qolaman”.

Rossiyaliklar orasida so‘rovnoma o‘tkazilgan: 58 foiz aholi eski kiyimlar sotib oladi

350 ming internet foydalanuvchisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklarning 58 foizi eskirgan kiyimlarni sotib oladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

  • 48 foizi pulni tejash imkoniyatini qo‘ldan boy bermayapti,
  • 27 foizi vintageni yaxshi ko‘radi va ma’lum brendlarni qidiradi,
  • 25 foizi esa ongli iste’mol haqida qayg‘uradi.
  • 24 foizi narsa yoqmasa, rad etadi,
  • 6 foizi modadan chiqib ketsa, garderob buyumlaridan xalos bo‘ladi,
  • 4 foizi esa prinsipial jihatdan bir mavsumdan ortiq narsalarni kiymaydi.
  • 28 foiz do‘stlariga narsalarni sovg‘a qiladi,
  • 15 foiz xayriya jamg‘armalari va ijtimoiy tashkilotlarga beradi,
  • 7 foizi maxsus xizmatlar orqali qayta sotadi,
  • 4 foizi qayta ishlangan,
  • 1 foizi ikkinchi qo‘llar.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 11:26
Bugun, 11:24
Bugun, 11:37
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Qiziqarli malumotlar
Garderob-velnes nima va eski kiyim-kechaklardan voz kechish qanchalik muhim