GAGARIN haqida malumot bilib oling.
GAGARIN — Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanidagi shahar (1974-y. dan). Tumanning maʼmuriy markazi. Kosmonavt uchuvchi Yu. A. Gagarin nomi b-n ataladi. Yaqin t. y. stansiyasi — Yerjar. Gagarindan Jizzaxgacha boʻlgan masofa 72 km. Aholisi 20,2 ming kishi (1995); asosan oʻzbeklar. G. da paxta tozalash z-di, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, koʻchma qurilish kolonnalari, umumiy taʼlim maktablari, maxsus musiqa va sport maktablari, sogʻliqni saqlash muassasalari va b. bor.
Ensiklopediya.uz
GAGARIN