GʻOʻZA ILDIZ BITI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GʻOʻZA ILDIZ BITI haqida malumot bilib oling.

GʻOʻZA ILDIZ BITI (Tprgpas1argpGʻoʻza va b. ekinlar zararkunandasi. Oqish zargʻaldoq tusli, tanasi deyarli dumaloq, ogʻiz apparati sanchib-soʻruvchi, moʻylovlari uch boʻgʻimli. Shira naychalari va dumi yoʻq. Tanasi, oyogʻi va moʻylovlarining usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Fargʻona hamda Zarafshon vodiylarida ekinlarga juda katta zarar yetkazadi. Gʻoʻza ildiz biti lichinka hamda voyaga yetgan holida keng bargli begona oʻtlar (shoʻra, ituzum va b.) ildizida qishlaydi va bahorda gʻoʻza maysalariga oʻtadi. Lichinkalari oʻsimlik ildizida kichik-kichik gala boʻlib yashaydi. Gʻoʻza gullagunga qadar uning ildizida hayot kechiradi, ildiz dagʻallashgandan soʻng boshqa q. x. ekinlariga oʻtadi. Ildizida bit boʻlgan oʻsimlik rangsizlanadi, soʻliydi va koʻpincha nobud boʻladi. Zararlangan oʻsimlik atrofida toʻplangan chumo-lilardan Gʻoʻza ildiz biti borligini aniqlash mumkin.

Kurash choralari; ekinzorlar atrofidagi begona oʻtlarni ildizi bilan sugʻurib yoʻq qilish va bitlar topilgan yerlarni qishda sugʻorish; tuproqqa 10— 15 sm chuqurlikda donador fosfamid yoki bazudin (40 kg/ga) solish.

Ensiklopediya.uz
GʻOʻZA ILDIZ BITI

Оставьте комментарий