Fizikaviy kimyo

Fizikaviy kimyo

18. Molekulalarning qutblanishi.

Fizikaviy kimyo

t..f.n., dots. V.N.Axmedov BMTI. Kimyo kafedrasi mudiri.

Uslubiy ko’rsatma “Kimyo” kafedrasi majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan

(kafedra majlisining № sonli bayonnomasi, 2015 yil ).

Kafedra mudiri k.f.d., dots. G.A. Ixtiyarova

Talaba mustaqil ishi (TMI) – fizikaviy kimyo fanidan o’quv dasturida belgilangan

bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi

maslahati va ko’rsatmalari asosida auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida

o’zlashtirishga yo’naltirilgan o’quv faoliyatdir.

Fizikaviy kimyo fanini o’rganish uchun 460 soat ajratilgan bo’lib, shundan, 266

soati auditoriya mashg’ulotlariga hamda 194 soati mustaqil ta’limga taqsimlangan.

Hurmatli TALABA! Fizikaviy kimyo fani uchun ajratilgan soatlardan ko’rinib

turibtiki, mazkur fanni davlat ta’lim standarti talabi darajasida o’zlashtirishingiz uchun

196 soat mustaqil shig’ullanishingiz kerak. Buning uchun quyida tavsiya etilayotgan

ko’rsatmaga rioya qilgan holda shug’ullansangiz ko’zlangan maqsadga erishasiz.

SIZGA OMAD TILAYMIZ.

Fizikaviy kimyo fanidan mustaqil ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil

o’zlashtirish manbalari bilan ishlash;

seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish;

kurs ishini bajarish;

jadval, grafik va diagrammalar ustida ishlash;

mavzularga doir masalalar yechish.

1. Mavzuni mustaqil o’zlashtirish

Mustaqil o’zlashtirish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1. Reakstiyalarning standart issiqlik effekti. Issiqlik effektining haroratga

Tayanch iboralar: issiqlik effekti, standart hosil bo’lish issiqligi, standart yonish

issiqligi, standart holat, Kirxgoff tenglamalari, kalorimetriya.

2. Har xil jarayonlardagi entropiya o’zgarishini hisoblash. Xarakteristik funkstiyalar.

Tayanch iboralar: entropiya, energiya, bog’langan energiya, erkin

energiya,izobarik – izotermik potensial, izoxorik – izotermik potensial

3.Termodinamik qiymatlar asosida muvozanat konstantasini hisoblash.

Tayanch iboralar: klassik konstanta, termodinamik konstanta,

4. Bir va ikki atomli gazlarning termodinamik funkstiyalarini hisoblash. Chiziqli

Tayanch iboralar: ilgаrilаnmа, аylаnmа, tеbrаnmа vа elеktrоn holatlar, kаnоnik

аnsаmbl, inеrsiya mоmеnti, tеbrаnishning хаrаktеristik hаrоrаti.

5. Muvozanat doimiysini statistik termodinamika ma’lumotlari bo’yicha hisoblash.

6. Aktivlik va aktivlik koeffitsiyenti.

Tayanch iboralar: uchuvchаnlik kоeffitsiyеnti, fаоllik kоeffitsiyеnti, kimyoviy

7. Uch komponentli sistemalrning murakkab diagrammalarini o’rganish.

Tayanch iboralar: Gibbs uchburchаgi, Rоzеbum uchburchаgi, kritik nuqtа,

8. Ion tashib va ion tashimasdan ishlaydigan akumulyatorlar va ularning ishlash

9. Ideal gaz qonunlari. Termik va kalorik koeffitsiyentlar orasidagi munosabatlar.

Tayanch iboralar: izojarayonlar, izotermik jarayonlar (izotermik, izobarik,

izoxorik), Boyl – Marriot, Gey-Lyussak va Sharl qonunlari.

10. Termodinamikaning 1-qonuni, Gess, Kirxgoff qonunlari bo’yicha materiallarni

Tayanch iboralar: izоtеrmik, izохоrik vа izоbаrik jаrаyonlаr uchun ifоdа, abadiy

11. Adiabata tenglamalarini keltirib chiqarish. Joul qonuni.

12. Energetik balans. Entropiya va tartibsizlik bo’yicha misollar yechish.

Tayanch iboralar: balans, entalpbz diagrammasi, tartibsizlik darajasi.

13. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya o’zgarishining sabablari.

14. Eritmalar termodinamikasi bo’yicha matritsalar.

Tayanch iboralar: molekulyar –kinetik shart, termodinamik shart, oryentatsiya,

15. Aktivlik va uchuvchanlik bo’yicha misollar yechish.

16. Eritmalarning zamonaviy nazariyalari. Regulyar va atermal eritmalar.

Tayanch iboralar: kimyoviy nazariya, fizikaviy nazariya, regulyar, atermal, ideai

va real eritmalar.

17. Ikki komponentli sistema suyuqlanish diagrammasi maketining tahlili.

Tayanch iboralar: likvidus, solidus, evtektik nuqta, elka qoidasi, evtektik

harorat,qattiq evtektik aralashma, suyuq evtektik aralashma, fazalar maydoni.

18. EYuK ni aniqlash usullari. EYuK dan fizik-kimyoviy tahlilda foydalanish.

Tayanch iboralar: galvanik element, elektr yurituvchi kuch, elektrod, elektrod

potensiali, standart EYuK.

19. Metallar korroziyasi nazariyalari.

Tayanch iboralar: gazli korroziya, elektrokimyoviy korroziya,atmosferali

korroziya, tuproqdagi korroziya, kontaktli korroziya, katodli himoya, protektor.

20. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o’tishlar. Erenfest tenglamalari.

Tayanch iboralar: birinchi va ikkinchi tur fazaviy o’tishlar kimyoviy potensial

Tavsiya etilgan har bir mavzu bo`yicha talaba mustaqil ish daftariga qisqacha

konspekt yozadi hamda tayanch iboralarga izoh beradi.

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

1. Стромберг А.Г., Семченко Д.П. Физическая химия. М. “Химия”: 2002.

2. Дамаскин Б.Б., Петрий О.А. Электрохимия: Учеб.пособие М: «Высшая

школа», 1978. 296 с.

3. Статистик термодинамика: Ўқув қўлланма. Тузувчи Б.У.Сагдуллаев,

4. Акбаров Х.И. “Физикавий кимё”, Тошкент: ЎзМУ, 2006, 66 б.

5. Физическая химия. Под.ред. П.В. Никольского М.: “Химия”. 1988.

6. Эмануэль Н.М., Кноре Д.Г. Курс химической кинетики. М.: “Высшая

7. Смирнова Е.А. Курс статистической термодинамики в физической химии:

Учеб.пособие 2-е изд. М: «Высшая школа», 1982. 456 с.

8. Захаревский М.С. Кинетика и катализ. ЛГУ, 1968.

2. Seminar va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish

a) Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish.

Fizikaviy kimyo fanidan o’quv yilining birinchi yarmida 10 soat, ikkinchi yarmida

20 soat seminar mashg’ulotlari rejalashtirilgan. Quyida seminar mashg’ulotlarining

mavzusi va rejasi havola qilinadi. Har bir talaba mustaqil ishlar daftariga tavsiya etilgan

reja asosida konspekt yozib keladi.

1-semestr uchun seminar mashg’ulotlari.

1- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Termodinamikaning birinchi qonuni.

1. Termodinamika birinchi qonunining ta’riflari va uning matematik ifodasi.

2. Izotermik, izobarik va izoxorik jarayonlarda birinchi qonunning qo`llanilishi.

3. Termodinamika birinchi qonuniga doir masalalar yechish.

2- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Ichki energiya, entalpiya va har xil jarayonlardagi ishni hisoblash.

1. Ichki energiya, uning mohiyati va holat funksiyasi ekanligi.

2. Entalpiya, uning mohiyati, matematik ifodasi. Bog’ energiyasi va uni hisoblash

3. Qaytar va qaytmas jarayonlardagi bajariladigan ishni hisoblash.

4. Iichki energiya va entalpiyaga doir masalalar yechish.

3- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Issiqlik jarayoni, Gess qonuni va termokimyoviy hisoblashlar.

1. Reaksiyalarning issiqlik effekti.

2. Gess qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar.

3. Hosil bo’lish va yonish issiqlik effektlari.

4. Termokimyoviy tenglamalar tuzish va termokimyoviy

hisoblashlarga doir masalalar yechish

4- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Termodinamikaning ikkinchi qonuni.

1. Termodinamika ikkinchi qonunining ta’tiflari.

2. Termodinamika ikkinchi qonunining matematik ifodasi.

3. Entropiya va termodinamika ikkinchi qonunining analitik ifodasi.

4. Karno sikli va uni keltirib chiqarish.

5 – seminar mashg’uloti.

Mavzu: Har xil jarayonlarda entropiya o’zgarishini hisoblash.

1. Fazaviy aylanishlarda entropiya o’zgarishini hisoblash.

2. Kimyoviy reaksiyalarda entropiya o’zgarishini hisoblash.

3. Izolyatsiyalangan sistemalarda jarayonlarning yo’nalishini aniqlash.

4. Entropiyaga doir masalalar yechish.

2-semestr uchun seminar mashg’ulotlari.

1- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Kimyoviy muvozanat. Muvozanatning izotermik, izobarik va izoxorik

tenglamalari talqini

1. Kimyoviy muvozanat konstantalari.

2. Muvozanatga ta’sir etuvchi omillar.

3. Muvozanatning izotermik, izobarik va izoxorik tenglamalari talqini.

4. Muvozanatga doir masalalar yechish.

2- seminar mashg’uloti.

Mavzu:Absolyut entropiyani hisoblash usullari.

1. Absolyut entropiya tushunchasi.

2. Gazlarning absolyut entropiyalarini hisoblash.

3. Qattiq moddalarning absolyut entropiyalarini hisoblash

3- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Statistik termodinamika qonuniyatlari.

1. Termodinamika ikkinchi qonunini statistik asoslash

2. Boltsman tenglamasi.

3. Sistema holatining termodinamik ehtimolligi bilan uning

entropiyasi orasidagi bog’lanish.

4- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Gibbsning fazalar qoidasi.Birkomponentli sistemalar.

1. Faza, component va erkinlik darajasi soni tushunchalari.

2. Bir komponentli sistemalar uchun fazalar qoidasining qo’llanilishi.

3. Bir komponentli sistemalar holat diagrammalarining tahlili.

5- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Ikki va uch komponentli sistemalarning holat diagrammalari

1. Qattiq va suyuq fazalardan tashkil topgan ikki komponentli sistemalar.

2. Kongruent suyuqlanib kimyoviy birikma hosil qiladigan sistemala

3. Inkongruent suyuqlanib kimyoviy birikma hosil qiladigan sistemalar

4. Uch komponentli sistemalarning holat diagrammalari.

6- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Eritmalar termodinamikasi.Suyultirilgan eritmalarning qonuniyatlari.

1. Eritma hosil bo’lishining termodinamik va molekulyar – kinetik shartlari.

2. Raul va Genri qonunlari.

3. Osmos va osmotik bosim.

4. Krioskopiya va ebulioskopiya.

7- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Konovalov qonunlari. Haydash.

1. Konovalovning birinchi va ikkinchi qonun

2. Oddiy haydash.

3. Fraksion haydash.

8 – seminar mashg’uloti.

Mavzu: Elektr o’tkazuvchanlik

1. Solishtirma elektr o’tkazuvchanlik.

2. Ekvivalent elektr o’tkazuvch

3. Elektr yurituvchi kuch.

4. Elektr o’kazuvchanlikka doir masalalar yechish.

9- seminar mashg’uloti.

Mavzu: Kimyoviy kinetika.

1. Gomo- va geterogen reaksiyalarda massalar ta’siri qonunini qo’llash.

2. Reaksiyalarning tartibi va molekulyarligi.

3. Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar.

4. Kinetikaning nazariyalari.

5. Kinetikaga doir masalalar yechish.

10 – seminar mashg’uloti.

Mavzu: Katalitik jarayonlar

1.Gomogen katalizning nazariyalari va mexanizmlari.

2.Geterogen kataliz. Geterogen katalitik reaksiyalarning asosiy bosqichlari.

3.Katalizatorlarning asosiy tavsiflari.

4.Geterogen katalizatorlarni olish usullari.

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar

1. Стромберг А.Г., Семченко Д.П. Физическая химия. М. “Химия”: 2002.

2. Дамаскин Б.Б., Петрий О.А. Электрохимия: Учеб.пособие М: «Высшая

школа», 1978. 296 с.

3. Статистик термодинамика: Ўқув қўлланма. Тузувчи Б.У.Сагдуллаев,

4. Акбаров Х.И. “Физикавий кимё”, Тошкент: ЎзМУ, 2006, 66 б.

5. Физическая химия. Под.ред. П.В. Никольского М.: “Химия”. 1988.

6. Эмануэль Н.М., Кноре Д.Г. Курс химической кинетики. М.: “Высшая

7. Смирнова Е.А. Курс статистической термодинамики в физической химии:

Учеб.пособие 2-е изд. М: «Высшая школа», 1982. 456 с.

8. Захаревский М.С. Кинетика и катализ. ЛГУ, 1968.

b) Laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish.

O’quv yili davomida fizikaviy kimyo fanidan 20 ta laboratoriya ishi rejalashtirilgan.

Ulardan 8 tasi birinchi semestrda, 12 tasi ikkinchi semestrda bajariladi. Har bir talaba

laboratoriya mashg’ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko’rib kelishi lozim. Buning uchun

laboratoriya daftariga laboratoriya ishlarini bajarishga doir o’quv – uslubiy

qo’llanmalardan ishning bajarish tartibini, unda ishlatiladigan reaktivlarni yozib,

foydalaniladigan asboblar rasmini chizib, tajriba natijalarini qanday tartibda (jadval, grafik

va h.k.) qayd etishni belgilab hamda tajribani bajarish paytida texnika xavfsizligi bo’yicha

yetarli ma;lumotlarga ega bo’lib kelishi lozim.

Laboratoriya ishini bajarish uchun talab darajasida tayyorgarlikka ega bo’lib kelgan

talabaga qisqa fursatli kollokvium topshirganidan so’ng tajribani bajarishga ruxsat

Fizikaviy kimyo fanidan quyidagi laboratoriya ishlari bajariladi.

Birinchi semestrda bajariladigan laboratoriya ishlari ro’yxati

1. Kalorimetriya. Kalorimetr doimiyligini aniqlash (1- laboratoriya ishi).

2. Tuzning erish issiqligini va mis sulfatdan kristallgidrat hosil bo’lish issiqligini

aniqlash (2- laboratoriya ishi).

3. Neytrallanish issiqligini aniqlash (3- laboratoriya ishi).

4. Krioskopiya. Krioskopik usulda eritmaning muzlash haroratini aniqlash (4-

5. Reaksiya issiqlik effektining haroratga bog’liqligi (5- laboratoriya ishi).

6. Eritmalarning kolligativ xossalari. Eritmaning muzlash va qaynash haroratini

aniqlash (6- laboratoriya ishi).

7. Fenol-naftalin sistemasining suyuqlanish diagrammasini tuzish (7- laboratoriya

8. Bir-birida cheksiz eriydigan suyuqliklardan iborat aralashmalarni haydash usuli

bilan ajratish (8- laboratoriya ishi).

Ikkinchi semestrda bajariladigan laboratoriya ishlari ro’yxati.

1. Moddalarni ekstraksiya qilish. Gidroxinonning suvdagi eritmasini efir bilan

ekstraksiyalash (9- laboratoriya ishi).

2. Bufer eritmalar tayyorlash va bufer sig’imini o’lchash (10- laboratoriya ishi).

3. pH ni elektrometrik usulda aniqlash. Indikator yordamida vodorod ionlari

konsentratsiyasini aniqlash (11- laboratoriya ishi).

4. Eritma elektrolizi. Po’lat va mis predmetlarni nikellash (12- laborftoriya ishi).

5. Konduktometrik titrlash (13- laborftoriya ishi).

ionlarini konduktometrik usulda aniqlash (14- laborftoriya ishi).

7. Elektr yurituvchi kuchni o’lchash.

Potensiometrik titrlash (15- laborftoriya ishi).

8. Eritma muhiti va loyqaligiga qarab jelatina eritmasining izoelektrik nuqtasini

aniqlash (16- laborftoriya ishi).

9. Suvda va elektrolit eritmalarida metallar korroziyasini o’rganish (17- laborftoriya

10. Natriy tiosul’fat bilan sul’fat kislota reaksiya tezligining konsentratsiya va

temperaturaga bog’liqligini aniqlash (18- laborftoriya ishi).

11. Etilatsetatning sovunlanish reaksiyasi tezlik konstantasini aniqlash (19-

12. Yodid kislotaning H

bilan oksidlanish reaksiyasining tezlik konstantasini

aniqlash (20- laborftoriya ishi).

Laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish uchun foydalaniladigan o’quv

qo’llanmalar ro’yxati

1. Avezov H.T., Avezov Q.G`., Tursunov M.A. Fizik kimyo fanidan laboratoriya

mashg`ulotlari. Buxoro,BuxDU, “Ziyo-Rizograf”, 2008,100 b.

2. Мищенко К.П. и др. Практические работы по физической химии. Л: ГХИ.

1982: Физик кимёдан амалий мағулотлар. Тошкент: “Ўқитувчи”, 1998. (Акбаров

Х.И., Тиллаев Р.С. таржимаси).

3. Акбаров Х.И. Физик кимёдан амалий машғулотлар. Тошкент, 1991

4. Акбаров Х.И., Тиллаев Р.С. “Физикавий кимёдан амалий машғулотлар”,

Тошкент; ЎзМУ, 2006, 43 б.

5. Воробьева Н.К. и др. Практикум по физической химии. 1989.

6. Горбачев С.В. Практикум по физической химии. 1974.

3. Kurs ishini bajarish

Fizikaviy kimyo fanidan talabalar tomonidan laboratoriya ishlari bo’yicha olingan

bilimlarni mustahkamlash hamda talabalarda ma’lum mavzular bo’yicha amaliy ishlarni

mustaqil ravishda bajarish, adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish

maqsadida talabalar kurs ishlarini bajarishlari ko’zda tutiladi.

Kurs ishlarining mavzulari

1. Kalorimetrik o’lchashlar.

2. Suyuqliklaring to’yingan bug’ bosimi.

3. Dissotsilanish bosimi.

4. Eritmalarning muzlash harorati. Krioskopiya.

5. Eritmalarning qaynash harorati. Ebulioskopiya.

6. O’zaro cheksiz aralashuvchi suyuqliklarning holat diagrammalari.

7. O’zaro chegarali aralashuvchi suyuqliklarning holat diagrammalari.

8. Beqaror kimyoviy moddalar hosil qiluvchi sistemalarning holat diagrammalari.

9. Uch komponentli sistemalarning holat diagrammalari.

10. Taqsimlanish qonuni. Ekstraksiya.

11. Galvanik elementlar termodinamikasi.

12. Galvanik elementlar elektr yurituvchi kuchi va uni aniqlash usullari.

13. Elektrodlar potensialini aniqlash usullari.

14. Potensiometrik titrlash.

15.Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi.

16. Konduktometrik titrlash.

17.Tashish sonini aniqlash.

18. Molekulalarning qutblanishi.

19. Moddalarning dipole momentini aniqlash.

20. Suyuqliklarning sirt tarangligini o’rganish.

21. Elektrolit moddalar eritmalarining muzlash haroratini o’rganish.

22. Noelektrolit moddalar eritmalarining muzlash haroratini o’rganish.

23. Kalorimetrik usulda kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish issiqliklarini

24. Qiyin eruvchan tuzlarning eruvchanligini elektr o’tkazuvchanlik uculi bilan

25. Kristalogidratlarning hosil bo’lish issiqliklarini o’rganish.

26. Jarayonlarning issiqlik effektiga haroratning ta’sirini o’rganish.

27. Turli xil komponentli sistemalarning yuqori bosim va haroratdagi holat

28. Bufer eritmalarning рН ni elektrokimyoviy usulda aniqlash.

29. Oson uchuvchan aralashmalarni bosqichli haydash.

30. Azeotrp aralashmalarni ajratish.

O’quv rejasida fizikaviy kimyodan kurs ishini bajarish VI semestrda belgilangan.

Har bir talabaga kurs ishining mavzusini tanlash huquqi beriladi. Bunda talabalarning V

semestrdagi reyting ballari asos qilib olinadi. Dastlab reyting bali yuqori bo’lgan talaba

kurs ishi mavzusini tanlaydi. Kurs ishini bajarishda quyidagi ko’rsatmaga amal qilish

KURS ISHLARINI BAJARISHGA DOIR KO’RSATMA

Kurs ishi yozishga doir uslubiy kursatmalar

Oliy o’quv yurtlarining Tabiiy fanlar fakul’tetlarida tahsil olayotgan talabalar o‘quv

rejasiga muvofiq 2 kursda Fizikaviy kimyo fanidan kurs ishi yozadilar va uni kafedraning

maxsus yigilishida himoya qiladilar. Bunda talaba tanlagan mavzusining asosiy

mazmunini hamda umumiy xulosalarini qisqa vaqt 10 minutgacha ma`ruza qilish orqali

yigilish ahliga ma’lumolarni yetkazadi va tegishli savol javobdan so‘ng baho qo‘yiladi.

Kurs ishi va uning tavsifi

Fizikaviy kimyo fanidan bajariladigan kurs ishining vazifasi – shu fanning biror bir

masalasini mustaqil ravishda yechishdan iboratdir.

Kurs ishini bajarishda talabalar kimyo faniga tegishli adabiyotlardagi materiallarni

mustaqil tanlay bilishi va umumlashtira olishi, tajribani bajarish malakasiga ega bo‘lishi,

talab qilingan taqdirda esa ishning natijalarini amaliyotda tekshirib ko‘rishi lozim.

Fizikaviy kimyo fanidan bajariladigan kurs ishi tadqiqot xarakterga ega bo‘lishi va

talabada ish malakasini shakllantirish lozim.

Kurs ishi referat sifatida yoki mustaqil tajriba ish sifatida ham bajarilishi mumkin.

Talaba tegishli adabiyotdagi materiallarni umumlashtirganda uni yaxshilab tahlil

qilish va bu materiallarni tajriba nihoyasida olgan natijalar bilan taqqoslash lozim.

Kurs ishining oxirida talaba o’zi ishlab chiqqan mavzudan kelajakda o’qituvchilik

va ilmiy faoliyati davomida qanday foydalanish mumkinligini ochib berishi lozim.

Kurs ishini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar

Kurs ishida ishning maqsad va vazifalari ko’rsatilishi, masalaning mazmuni bayon

qilinishi, so’ngra esa umumlashtirish va xulosalar berishi kerak. Matn tushunarli, sodda,

ravon tilda yozilishi, har bir fikr aniq va ravon bo’lishi lozim. Buning uchun yozilgan ishni

bir necha marta o’qib chiqishga, tuzatishga va hatto qayta-qayta kuchirishga to’g’ri keladi.

Kurs ishi matnini to’liq tuzatib, tahlil qilinganidan so’ng, uni chiroyli xusnizxat

ko’rinishida ko’chirish yoki kafedra yig’ilishi xulosasiga ko’ra bosmadan chiqarish

Har bir betda, shuningdek, satrlar orasida ham kengroq joy qo’yish kerak

(O’qituvchining tegishli tuzatish va maslahatlari uchun).

Kerak bo’lganda kurs ishida rasmlar, sxemalar, diagrammalar va jadvallar berilishi

mumkin. Bularni bevosita matnda alohida qog’ozga chizib, keyin maxsus qoldirilgan

joylarga yelimlanadi (rasm va jadvallarni ishning oxirida ilova tarzida ham berish

Kurs ishining oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati berilishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat alfavit tartibida yoki nash yili bo’yicha tuziladi. Unda

muallif familiyasi, ismi va sharifi, kitob yoki maqolaning nomi, nashr qilingan yili va

betlari ko’rsatiladi. Barcha adabiyotlar raqamlanadi va kurs ishi matnida shu raqamlarga

ilova qilinadi. Kurs ishida mundarija bo’lishi va unda har bir bob yoki bo’lim qaysi betdan

boshlanishi ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Muqova betida talabaning ismi-sharifi, otasining

ismi yuqorida, muqovaning o’rtasidan sal yo’qoriroqda katta harflar bilan kurs ishining

nomi, pastda esa ilmiy rahbarning ismi-sharifi yoziladi.

Kurs ishlari kafedra yigilishida himoya qilinadi. Ilmiy rahbar kurs ishi bilan tanishib

taqriz yozadi va uni himoya vaqtida o’qib beradi.

Kurs ishining bahosi himoyadan so’ng e`lon qilinadi.

Kurs ishini bajarish

Talaba taklif etilgan laboratoriya ishini tanlab olgandan so`ng adabiyotdan shu

moddaning analiz qilish usullari asosida adabiyot yig’adi va ularning ichidan o`zi uchun

eng qulayini va laboratoriya imkoniyatidan kelib chiqqan holda tanlab oladi. Kerakli

laboratoriya asboblarini to`playdi va reaktivlar hamda idishlarni yig’adi. Tajribani amalga

oshirish jarayonida bajaradigan hisoblashlarni o`qituvchiga ko`rsatadi. Tegishli

ko`rsatmalarni olganidan so`ng laboratoriya ishini bajarishga kirishadi. Ishni bajarish

davomida talaba kurs ishini yozadi. Kurs ishini yozish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Ishda bajarilishi talab qilinadigan moddaning fizikaviy va kimyoviy xossalari,

tabiatda, atrof-muhit ob`ektlarida tarqalganligi, qo`llanilish sohalari yoritiladi va umumiy

tavsif beriladi. Adabiyotlardan olingan ishning bajarish usullarini fizik-kimyoviy tavsiflari

Tajribani amalgan oshirish usuli to`liq bayon qilinadi va zaruriy hisoblar keltiriladi.

Tajriba natijalarini matematik statistika usulida qayta hisoblash amalga oshiriladi.

Kurs ishi 100 ball hisobidan baholanadi.

Baholashda quyidagi mezonlarga e`tibor qilinadi:

Talaba adabiyotdagi tajribani bajarish usullarini olib, mukammal o`rgangan va

ulardan eng qulayini tanlab olgan, nazariy qismlarini to`g’ri izohlagan va hisoblashlarni

bexato amalga oshirgan yoki juda kam miqdordagi ayrimgina kamchiliklarga yo`l qo`ygan

bo`lsa 86-100 % da “a`lo” baholanadi.

Talaba adabiyotdagi tajribani bajarish usullarini olib, mukammal o`rganmagan

(ayni modda uchun), ammo qulay usulni tanlab olgan, nazariy qismlarni izohlashda va

natijalarni hisoblashda ayrim kamchiliklarga yo`l qo`ygan bo`lsa, 71-85% da yaxshi

Talaba adabiyotdagi tajribani bajarish usullarini olib, mukammal o`rganmagan,

analiz usulini ham yaxshi tanlay olmagan bo`lsa va nazariy qismini izohlashda hamda

natijalarni hisoblashda ayrim xatolarga yo`l qo`ygan bo`lsa 55-70% da “qoniqarli” baho

Talaba ayni modda uchun tajribani bajarish usullarini noto`g’ri tanlagan, nazariy

qismini izohlashda va hisobot natijalarini hisoblashda qo`pol xatolarga yo`l qo`ygan

bo`lsa, 55% dan kam, ya`ni qoniqarsiz baholanadi.

4. Jadval, grafik va diagrammalar ustida ishlash

Fizikaviy kimyodan talabalar bilimini mustahkamlashda jadval, grafik va

diagrammalarning tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har bir talaba semest

davomida fanning o’quv – uslubiy majmuasida keltirilgan jadval, grafik va

diagrammalardan birini banerda tayyorlab keladi hamda guruh talabalari oldida uning

Quyida jadval, grafik va diagrammalarning nomlari havola qilinadi.

1-rasm. Qaytmas jarayonlarning maksimal ishi.

2-rasm.Qaytar jarayonlarning maksimal ishi.

4-rasm. Kimyoviy rеаksiya issiqlik effеktining hаrоrаtgа bоg’liqligi.

5-rasm.Issiqlik sig’imining hаrоrаtgа bоg’liqligi.

6-rasm. C = aT + bT

tеnglаmаsidаgi hаrоrаtgа bоg’liqlik koeffitsiyentlаr.

7-rasm.Kalorimetrlardan birining tuzilishi va ishlash prisipi.

8-rasm. Karno sikli.

9-rasm. Gazlarning diffuziyasi.

C dаgi аbsоlyut (mutlоq) entrоpiyalаr.

11-rasm. Fazaviy o’tishlar.

12-rasm. Suvning holat diagrammasi.

13-rasm. Oltingugurtning holat diagrammasi.

14-rasm. Karbonat angidridning holat diagrammasi.

15- rasm. Оltingugurt erkin enеrgiyasining hаrоrаtgа bоg’liqligi.

16-rasm. Suyuq hоlаtdа chеksiz eriydigаn vа qаttiq hоlаtdа o’zаrо erimаydigаn ikki

kоmpоnеntli sistеmаlаrning hоlаt diаgrаmmаsi.

17-rasm. Kоngruent suyuqlаnаdigаn ikki kоmpоnеntli sistеmаning hоlаt

O sistеmаsining fаzаviy diаgrаmmаsi.

19-rasm. Hоlаt diаgrаmmаlаrini tuzish prinsipi.Termik tahlil.

22-rasm. Uch kоmpоnеntli sistеmаlаrdаgi muvоzаnаt.

24-rasm. Umumiy bug’ bosimi hamda alohida komponentlarning parsial

bosimlarining ideal eritma tarkibiga bog’liqligi.

25-rasm. Raul qonunidan manfiy (а) va musbat (б) chekinadigan sistemalarning

26-rasm. Turli konsentratsiyadagi eritmalar ustidagi erituvch to’yingan bug’

bosimining haroratga bog’liqligi.

27-rasm. Umumiy va parsial bug’ bosimining tarkibga bog’liqligi.

28-rasm.O’zaro cheksiz eriydigan suyuqliklarning qaynash diagrammasi.

29-rasm. Ideal ikki komponentli sistemaning qaynash diagrammasi.

30-rasm. Raul qonunidan chekinadigan ikki komponentli sistemaning holat

31-rasm.Qaynash haroratining eritma tarkibiga bog’liqligi.

32-rasm. To’yingan bug’ bosimining eritma tarkibiga bog’liqligi.

33-rasm.Oddiy haydash jarayonida suyuq va bug’ fazalar tarkibining o’zgarishi.

34-rasm. Rektifikatsion kolonna.

35-rasm. Azeotrop eritma tarkibining tashqi bosimga bog’liqligi.

36-rasm. Erishning yuqori kritik nuqtasiga ega bo’lgan suyuqliklar.

37-rasm. Erishning pastki kritik nuqtasiga ega bo’lgan suyuqliklar.

38-rasm. Erishning yuqori va pastki kritik nuqtasiga ega bo’lgan suyuqliklar.

39-rasm. Erishning kritik nuqtasiga ega bo’lmagan suyuqliklar.

41-rasm. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar uchun ekvivalent elektr o`tkazuvchanlik (λ)

ning konsentratsiyaga bog`liqligi.

42-rasm. 1/2 valentli va ko`p valentli elektrolitlar uchun ekvivalent elektr

o`tkazuvchanlikning c

43-rasm. Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash.

44-rasm. Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash.

45-rasm. Kuchli va kuchsiz kislotani kuchli asos bilan titrlash.

46-rasm. Elektrokimyoviy zanjirda potensiallarning keskin o`zgarishi.

47-rasm. To’g’ri ajratilgan elektrokimyoviy zanjir sxemasi.

48-rasm. Yakobi – Daniel galvanic elementining sxemasi.

49-rasm. Standart vodorod elektrodi.

50-rasm. Xlorkumushli elektrod.

51-rasm. Nolinchi tartibli reaksiyalarda konsentratsiyaning vaqtga bog’liqlik grafigi.

52-rasm. Birinchi tartibli reaksiyalarda lgC ning t ga bog’liqlik grafigi.

53-rasm. Ikkinchi tartibli reaksiyalarda konsentratsiya teskari qiymatining vaqtga

54-rasm. Uchinchi tartibli reaksiyalarda 1/2С

ning vaqtga bog’liqlik grafigi.

55-rasm. Yarim o’tkazgich katalizatorlarda AB +CD=AC+AD

almashinish reaksiyasining borishi.

56-rasm. Potensial energiyaning gomogen gaz fazadagi reaksiya va geterogen –

katalitik reaksiyalar uchun o’zgarish sxemasi.

5. Mavzularga doir masalalar yechish

Fizikaviy kimyo fanini chuqur o’zlashtirishda mavzularga oid masalalarni yechish

alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har bir talaba har semestrda tegishli

mavzularga doir masalalarni mustaqil tarzda yechishi talab etiladi.

Masala yechish uchun tavsiya etladigan mavzular ro’yxati.

Moddalarning agregat holatlari

1. Ideal gaz qonunlqari

2. Gazlar aralashmasi

Kimyoviy termodinamika

1. Termodinamikaning birinchi qonuni.

2. Termokimyo.Gess qonuni.

3. Moddalarning issiqlik sig`imi

4. Termodinamikaning ikkinchi qonuni.Entropiya

5. Kimyoviy muvozonat konstantasi va uning haroratga bog`liqligi

1. Fazaviy o’tishlar.

2. Suyuqlik – bug’ muvozanati.

1. Suyultirilgan eritmalarning bug` bosimi. Raul qonuni.

2. Suyultirilgan eritmalarning muzlash harorati.

3. Suyultirilgan eritmalarning qaynash harorati.

4. Osmotik bosim.

5. Suyuq aralashmalarni haydash va bug` bosimi.

6. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi.

7. Faollik va uchuvchanlik.

Elektrolit eritmalari

1. Suvli eritmalarda elektrolitlarning disssotsilanishi.

2. Kuchsiz elektrolitlarning disssotsilanishi konstantasi.Vodorod ko`rsatkich.

3. Elektrolitlar faolligi.

Elektrokimyo

1. Eritmalarning elektr o`tkazuvchanligi. Tashish soni.

2. Elektrod jarayonlari. Galvanik elementlar.

1. Birinchi va ikkinchi tartibli reaksiyalar kinetikasi

2. Reaksiya tezligiga haroratning ta`siri.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Fizikaviy kimyo

Mazkur o‘quv qoMlanmada termodinamika asoslari, Termodinamika I, П,Ш , qonunlari,Gibbs va gelmgols energiyasi eritmalar, kimyoviy kinetika va kataliz haqidagi ma’lumotlar to*liq yoritib berilgan, shunindek.pedogogik texnologiya elementlardan foydalanib, dars o‘tish usullari, fanga oid tayanch iboralar, glossariylar ham bayon etilgan. Ushbu «Fizikaviy kimyo» fanidan о’quv qo‘llanmasi pedagogika oliy o ‘quv yurtlarining bakalavriat 5140300 «Kimyo» ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan.

Specifications

Search

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Powered by ATM

Qiziqarli malumotlar
Fizikaviy kimyo