Erkaklar va ayollarda buyrak kasalliklari haqida to’liq ma’lumot oling

Erkaklar va ayollarda buyrak kasalliklari haqida to’liq ma’lumot oling

Mundarija скрыть
Erkaklar va ayollarda buyrak kasalliklari haqida to’liq ma’lumot oling
Erkaklar va ayollarda buyrak kasalliklari — siydik tizimining ushbu a’zolari normal faoliyatiga to’sqinlik qiladigan turli patologiyalarni o’z ichiga oladi. Buyrak kasalliklarining har birini o’ziga xosligi, turli klinik ko’rinishi va davolash usullari mavjud. Aslida ko’plab buyrak kasalliklari asimptomatik, ya’ni alomatlarsiz kechadi va bemorlar o’z salomatliklari bilan mavjud muammolar haqida bilishmaydi. Shuning uchun, buyrakning asosiy kasalliklari qanday bo’lishini tushunish, ularning alomatlari va davosini bilish muhimdir.
BUYRAK KASALLIKLARI
Ko’pincha bemor o’zida buyrak kasalligining o’tkazib yuborilgan bosqichi mavjudligini tasodifan bilib qoladi, u shifokor huzuriga mutlaqo boshqa muammodan shikoyat qilib kelgan bo’ladi. Shifokorlar buyraklarni hatto o’zaro «soqov a’zolar» deb ham atashadi, chunki kasallikning dastlabki belgilari ayrim holatlarda buyrak ishdan chiqganidagina paydo bo’ladi.
Albatta, shifokorlar kasallik mavjudligidan qon tahlilini ko’rish vaqtida shubha qilishlari mumkin, ammo buning uchun bu tahlil nefrologning qo’liga tushishi kerak, bu esa juda kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi. Aksariyat hollarda bemorlar bunday turdagi shifokor mavjudligini birinchi marta miokard infarkti tashxisi bilan kasalxonaga tushganda bilishadi.
Gap shundaki, buyraklar normal ishlamay qo’yganda, qonda kalsiy miqdori keskin ravishda oshadi, kalsiy esa qon tomir devorlarida cho’kib, to’planish xususiyatiga ega. Buning natijasida qon tomir bo’shlig’i torayadi. Shu sababli, buyrak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarning ko’proq qismi 30-40 yoshida vafot etadi. Bunday holatda o’lim sababi yurak-qon tomir kasalliklari hisoblanadi.
Buyrak patologiyasi bilan og’rigan bemorlarda kasallik o’z vaqtida aniqlansa, davolash ham samarali, ham arzonroq bo’ladi, shuning uchun yiliga bir marta buyraklar ultratovushli tekshiruvini o’tkazish, tegishli tahlillar topshirib turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan shaxslar, xususan gipertonik bemorlar, qandli diabet bilan kasallanganlar, semizlik va aterosklerozdan aziyat chekadiganlar bunga qat’iy rioya qilishlari kerak.
Shuni esda tutish kerakki, quyidagi omillar buyrak kasalligining boshlanishiga turtki bo’lishi mumkin:
-Tana vaznining keskin pasayishi, bunda sabab bo’lib buyrakni o’rab turgan yog’li kapsulaning kamayishi xizmat qiladi.
-Semizlik. Ortiqcha yog’ buyrakka bosim o’tkazib, uning ishini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, sezmizlikda qon tomirlar tonusi yomonlashadi.
-Qandli diabet.
-Zararli odatlar (chekish va spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilish). Spirtli ichimlik suvsizlanishiga olib kelishi natijasida qon quyuqlashadi, tamaki tutuni esa eng kuchli kanserogendir. Bularning hammasi buyraklarning ishiga salbiy ta’sir qiladi.
-Yuqori qon bosimi buyrak tomirlariga zarar yetkazadi va ularning faoliyatini buzilishiga sabab bo’ladi.
O’z sog’lig’ingizga nisbatan ogoh bo’lsangiz, buyrak kasalligi mavjudligini quyidagi keng tarqalgan belgilar orqali shubha qilish mumkin. Shunday qilib, buyrak faoliyatidagi buzilish alomatlari:
-Ko’z ostida xaltalar paydo bo’lishi bilan kechadigan yuzning shishishi, oyoqlarning shishishi. Kechga kelib shishlar qaytadi. Teri quruq, rangsiz, ehtimol sarg’aygan bo’ladi.
-Pielonefrit va gidronefrozga bel sohasifagi og’riqlar ishora qilishi mumkin.
-Tez charchash, kuchsizlik, isitma, bosh og’rig’i — bu alomatlarning hammasi buyrak kasalligidan shubha qilishga undaydi.
-Shifokorga borish uchun o’rinli sabab bo’lib siydikning hidi, rangi, miqdori buzilishi xizmat qiladi.

Malumotlar
Erkaklar va ayollarda buyrak kasalliklari