Erkaklar tashqi kiyimlari O zbekiston bo yicha
2. Вавилова Е. В. Экономическая и социальная география мира. Учебное пособие. – М. , 2006.
Turkiya erkaklar kiyimlari
· Geografik o‘rni va chegaralari.
- Geografik o‘rni va chegaralari.
- Tabiiy sharoiti va resurslari.
- Tarixi.
- Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari
- Aholisi va mehnat resurslari.
- Xo‘jaligiga umumiy ta’rif.
- Sanoati.
- Qishloq xo‘jaligi.
- Transporti.
- Tashqi iqtisodiy aloqalari.
- Turkiya O‘zbekiston munosabatlari.
- Iqtisodiy rayonlari.
Tayanch so‘z va iboralar: yassi tog‘lik; tekislik; pasttekislik; ko‘rfaz; allyuviy; plato; qora tuproq; O‘rta dengiz iqlimi; aholi; aholining tabiiy o‘sishi; urbanizatsiya; metallurgiya; tog‘-kon sanoati; yengil sanoat; ekstensiv xo‘jalik; tranzit.
Geografik o‘rni va chegaralari. Turkiya hududi dunyoning ikki qismida: Yevropa va Osiyoda joylashgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Uning asosiy qismi Anatoliya (hamma maydonning 97%) Osiyoda joylashgan, shuning uchun Turkiya odatda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari guruhiga kiritiladi. Yevropa qismi-bu eng cheka Bo‘lqon yarimorolining janubiy-sharqida joylashgan (3%).
Turkiyaning geografik o‘rni Yevropani Osiyo bilan Qora dengiz bo‘yi mamlakatlarini O‘rta dengiz bilan birlashtiruvchi muhim chorrahalar yo‘lida joylashganligi bilan xarakterlanadi. Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlarini Qora dengizni Dunyo okeani bilan bo‘g‘lovchi muhim xalqaro yo‘l hisoblanadi. Turkiya orqali Yevropani Osiyoning ko‘pgina mamlakatlari bilan birlashtiruvchi temir yo‘l va shasse magistrali o‘tadi. Turkiya shimolda Qora dengiz suvlari bilan, g‘arbda Egey dengizi, janubda O‘rta dengiz suvlari bilan yuvulib turadi. O‘zining konfiguratsiyasiga ko‘ra kenglik yo‘nalishda cho‘zilgan to‘g‘ri to‘rtburchakni eslatadi. G‘arbdan sharqqa uzunligi 1600 km, shimoldan janubga 550 km, janubda Suriya (chegara uzunligi 822 km) va Iroq bilan (331 km), sharqda Eron bilan (449 km), shimoliy-sharqda Armaniston(268 km), Gruziya (252 km) va Ozarbayjon (Naxachivan oblasti- 9 km) bilan, shimoliy- g‘arbda Bolgariya (240 km) va Gretsiya (206 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi 2627 km, sohilbo‘yi uzunligi 7200 km, mamlakatning umumiy maydoni 779,452 km 2 (quruqlik maydoni -770760 km 2 ). Turkiya Respublikasining poytaxti – Ankara. U NATO a’zosi.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Relyefi. Turkiya to‘g‘li mamlakat. Ularning dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 1000 m. Uni maydonining katta qismini Anatoliya yassi tog‘ligi tashkil qiladi, shimolda Pontiya tog‘lari, janubda esa Tavr tog‘lari ko‘tarilib boradi. Bu esa uni dehqonchilik qilish imkonini cheklaydi.
Pontiya tog‘ligi 1000 km masofada Qora dengiz sohiliga parallel cho‘zilgan. Sharqda ular Kavkaz chegaralarigacha, g‘arbda Sakarya daryosi tekisligiga yetib boradi. Pontiya tog‘lari uzliksiz zanjir hosil qilmaydi va u chuqur tog‘ oralig‘i vodiylari bilan yoki sohilbo‘yiga parallel cho‘zilgan bir qancha botiqlar zanjiri bilan ajraladi.
Shimolda Pontiya tog‘lari Qora dengiz tomon pasayib boradi, 5-10 km li tor sohilbo‘yi palasasi qoldiradi. Faqat Qizil Irmak, Yashil-Irmak va Sakarya daryolari bo‘yida sohilbo‘yi tekisligi 50-60 km gacha kengayadi.
Pontiya to‘g‘larining o‘rtacha balandligi 2500 m, tog‘ tizmasining sharqiy qismida balandlik ortib boradi. (Kachkar tog‘i 3937 metr) yon bag‘irlari juda tik, ochiq vodiylarning yo‘qligi bu tog‘larda yurushini qiyinlashtiradi. Pontiya tog‘lari g‘arbga tomon passayib boradi. 900 metrgacha, maksimal balandlik 2000 metrdan oshmaydi.
Janubda O‘rta dengiz sohilbo‘yida murakkab tog‘ tizmasi Tavr cho‘zilgan. U uch qismga bo‘linadi: G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy Tavr.
G‘arbiy Tavr –tog‘ tizmasi Anatolya pasttekisligi va ko‘rfazi tomon pasayadi. Eng baland tog‘ tizmasi (Bedag 3086 m, Elmali 3073 m) chuqur vodiylar bilan ajralgan. G‘arbiy Tavr tizmalari orasida, asosan uning shimolida bu rayonga “Turkiya ko‘llar mamlakati” nomini beruvchi ko‘llar va chuqur botiqlar guruhi joylashgan (chuchuk ko‘llar: Beyshexer, Egridir, Sugla; tuzli ko‘llar: Adjigel, Akshexir; Isparta botig‘i va boshqalar).
Markaziy Tavr bir muncha balandligi bilan va relyefining alp tipi bilan ajralib turadi. Bu yerdagi tizmalarning balandligi 3000 metrdan oshadi. G‘arbda va janubi-g‘arbda markaziy Tavr O‘rta dengiz sohiliga yaqin keladi, dengizga keskin pasayadi. Faqat ba`zi bir joylarda tor allyuvial tekisliklar bor, bu Anamura, Alanie, Silifke va Finike rayonida kuzatiladi. Mersin shahrida tog‘lar shimoli- sharqqa keskin burilib, o‘zidan janubda keng alluvial Adan tekisligini qoldiradi. Adan tekisligining janubi-g‘arbiy dengiz bo‘yi qismi Chukorova, shimoli-sharqiy qismi Yukariva deb nomlanadi.
Tavrning shimoli- sharqiy davomi Binbonga va Taxtali tizmalari bilan band, yana Antitavr nomi bilan mashur. Bu tizmalar janubi- g‘arbdan shimoli-sharqqa tomon pasayib, Uzunyayla yassi tog‘i bilan tutashadi.
Sharqiy Tavr janubda Murat daryosidan va Van ko‘lidan mamlakatning sharqiy chegarasigacha cho‘zilgan. Sharqiy qismi ancha baland, bu yerda tog‘ cho‘qqilari 4000 metrga yaqin keladi. Tizma chuqur Evfrat va Tigr daryolari daralari bilan ajralgan. Bu muhim aloqa yo‘li hisoblanadi. Sharqiy Tavrdan janubda Diyarbakir botig‘i joylashgan.
Tog‘lar oralig‘idagi Anatoliya yassi tog‘ligi Ichki va Sharqiy Anatoliyaga bo‘linadi.
Ichki Anatoliya yassitog‘likning ancha past qismi hisoblanadi. Ular bir qator suvsiz botiqlardan tashkil top`gan. Bu yerda balandlik g‘arbdan sharqqa 800-1200 metrdan 1500 gacha ortib boradi. Mana shunday platolardan birida, balandlik 850 m, Turkiya poytaxti Anqara joylashgan. Yassi tog‘likning janubiy qismida bir qator qadimgi vulqonlar ko‘tarilib boradi. Ichki Anatoliyaning markazi va janubida ko‘plab ko‘l va botiqlar bor, asosan tuzli. Yassi tog‘likning markazida balandligi 1000 metrli qismida Turkiyada ikkinchi o‘rinda turuvchi Tuz ko‘li joylashgan. Suvning o‘ta sho‘rligi bilan mashhur. Yozda ko‘l qurib, tuz qatlami bilan qoplanadi.
Sharqiy Anatoliya shimolda Pontiya tog‘i va janubda Tavr tog‘i orasida joylashgan. G‘arbda uni ichki Anatoliyadan Akdag tizmasi ajratib turadi. Sharqiy Anatoliya baland tog‘lar bilan band, o‘rtacha 1500 dan 2000 metrgacha. Tog‘lar orasida chuqur botiqlar bor. Armaniston chegarasiga yaqin Katta Ararat tizmasi ko‘tarilib boradi. Bu yerda Turkiyaning eng baland nuqtasi 5165 m. Katta Ararat bilan bir qatorda Kichik Ararat ko‘tarilib boradi. (3925 m). Sharqiy Anatoliyada 1720 metr balandlikda tog‘lar bilan o‘ralgan Van ko‘li joylashgan.
Marmar dengizi janubiy sohilida tekisliklar zanjiri cho‘zilgan. Chuchuk ko‘llar: Apolont, Iznuk, Manyas, Sapandja joylashgan.
Foydali qazilmalari . Turkiya tabiiy resurslaridan turli xil foydali qazilmalarning katta zahirasi aniqlangan. Foydali qazilmalardan toshko‘mir va qo‘ng‘ir, ko‘mir, neft, turli ruda qazilmalari: temir, go‘rg‘oshin, rux, magniy, simob, surma, molibden bor. Xrom zahirasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu yerda boy volfram va mis konlari mavjud.
Norida qazilmalardan selitra, oltingugurt, marmar, dengiz ko‘pigi, osh tuzi bor. Tuz ko‘li Turkiyaning tabiiy tuz bilan ta`minlaydi.
Iqlimi va ichki suvalri. Turkiyaning tog‘li relyefi iqlimining xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Mamlakat hududi subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Biroq tog‘li relyef va havo massalarining juda murakkab sirkulyatsiyasi iqlim rayonlarining xilma-xil bo‘lishiga sharoit yaratgan.
Turkiyaning Qora dengiz sohili bo‘yi mo’tadil-iliq iqlim bilan farq qiladi. Katta namlik bilan, yil mavsumlarida yog‘in miqdorining bir tekis taqsimlanganligi bilan, issiq yoz va salqin qish bilan xarakterlanadi. Sohilbo‘yida yanvarning o‘rtacha harorati +5ºC +7ºC, iyulniki +22ºC +24ºC. Pontiya tog‘lari qishda Qora dengiz bo’ylarini mamlakatning ichki sovuq havo massalari ta`siridan himoya qiladi, Qora dengiz esa sovuq sharqiy shamollarni yumshatadi. Undan tashqari Qora dengiz sohilining sharqiy qismi sovuq shamollardan Kavkaz tog‘lari bilan himoyalanadi.
Yog‘in Qora dengiz sohiliga bir muncha ko‘p tushadi. Bu esa Pontiya tog‘lariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Sohilning sharqiy qismiga bir yilda 2500 mm gacha yog‘in tushadi. Sohilning g‘arbiy rayonlarida yog‘in kam – 700-800 mm. Pontiya tog‘larining janubiy yonbag‘ri sharqiy shamollarga ro‘para yonbag‘rlariga nisbatan quruqligi bilan farq qiladi. Sharqiy yonbag‘rlardagi kuchli yog‘inlar yilning hamma mavsumida mamlakatda hukmronlik qiluvchi shimoli-g‘arbiy shamollarini olib keladi.
Egey dengizining bir muncha keng sohili va tor O‘rta dengiz sohilbo‘yi tipik O‘rta dengiz iqlimi bilan farq qiladi. Uning uchun issiq, quruq yoz va iliq yomg‘irli qish xosdir. Eng issiq oyning o‘rtacha harorati Adanada +28ºC, eng sovuq oyning o‘rtalarida +10ºC ga yetadi. Sharqiy, tog‘li rayonlarida yoz salqin, qishda muzlaydi. Egey dengizi sohiliga bir yilda tushadigan yog‘in miqdori 500-800 mm, Tavrning g‘arbiy qismiga 1000-1500 mm, sharqiy qismiga 500 mm gacha tushadi. G‘arbiy Anatoliyaning shimoliy qismi Marmar dengizi ta’sirida bo‘lib (suvning yuqori qismining harorati yozda +25ºC, qishda +8ºC), qishloq xo‘jaligi uchun qulay iqlim sharoiti yaratadi. Marmar dengizi sohili va orollar Istambul aholisining sevimli dam olish joyidir. Bahorda Qora dengiz bo‘yi hali salqin bo‘lsa, Marmar dengizida cho‘milish mumkin.
Anatoliya yassi tog‘ligining iqlimi keskin kontinental quruq, qish bu yerda sovuq va qAQSHatqichdir. Qishda harorat ba’zan –20 ºCga tushib ketadi., yozda esa +30 ºCga ko‘tarilib ketadi. Kunduzgi va tungi haroratlar farqi ham katta. Yoz kunlari harorat soyada +35ºCga yetishi mumkin, tunda +5ºCga tushib ketadi. Dengiz yaqin bo‘lishiga qaramay, bu yerda uning ta’siri sezilmaydi. O‘rtacha yillik yog‘in miqdori yassi tog‘lik markaziga tomon 450 mm dan 200 mm gacha kamayadi. Yog‘in asosan bahorda tushadi.
Sharqiy Anatoliyaning iqlim sharoiti qurg‘oqchil. Qish bu yerda uzoq va sovuq, ba’zan harorat –30ºC gacha tushadi. Kuchli qorbo‘ronlar bir necha oylab yo‘llarni yopib qo‘yadi, qish vaqtlari ba’zi aholi punktlari mamlakatning boshqa rayonlaridan ajralib qoladi. Yoz qisqa va issiq. Harorat kunduzi +30ºC darajadan ko‘tariladi, tunda kamdan-kam +10º C dan oshadi.
Diyorbakir botig‘ining iqlimi issiq, quruq. Bahorda bu yerda janubdan Suriya cho‘llaridan kuchli shamollar esadi. Ular chang va qum olib keladi. Ba’zan u hosilni butunlay nobud qiladi.
Ichki suvlari. Turkiya hududi Anatoliya yassi tog‘ligidan tashqari qalin daryo tarmog‘i bilan qoplangan. Lekin hamma daryolar tog‘ xarakterida, sharsharalar hosil qilgan. Shuning uchun kemalar qatnamaydi. Suvlardan sug‘orish maqsadida foydalaniladi.
Daryolar oqimi notekisligi bilan farq qiladi. Yomg‘irli mavsumda va qorlarning erish davrida ko‘p daryolarda oqim kuchayadi va toshqin xavfini oshiradi, quruq yozgi va kuzgi mavsumda keskin kamayadi, eng kichiklari butunlay qurib qoladi. Turkiya tog‘laridan Janubi-G‘arbiy Osiyoning yirik daryolari boshlanadi. Yefrot sharqiy Anatoliyadan boshlanadi va va Arman tog‘laridan boshlanuvchi Tigr daryosi.
Yefrot daryosi – Turkiya, Suriya va Iroqdan oqib o‘tadi. Murat va Qorasu daryolari qo‘shilgan joydan boshlanadi. Mesopotamiya tekisligidan oqib o‘tadi va pastki oqimda Tigr daryosi bilan qo‘shilib, Shatt-al-Arab daryosini hosil qiladi. Uzunligi 3065 km, xavzasining maydoni 673 ming km 2 .
Tigr daryosi Turkiya va Iroq hududlaridan oqib o‘tadi. Uzunligi 1850 km, xavzasining maydoni 375 ming km 2 . Arman tog‘laridan boshlanadi, Jazira platosi va Mesopotamiya tekisligini kesib o‘tadi. Yefrot va Tigr daryolari orasidagi hudud qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biridir.
Ko‘llari . Turkiyada ko‘llar ko‘p. Ularning eng yirigi Van va Tuz ko‘llaridir. Van ko‘li – suvi oqib chiqib ketmaydigan ko‘l. Turkiyaning sharqida Arman tog‘ligining 1720 m balandlikda joylashgan. Maydoni 3,7 ming km 2 , chuqurligi 245 m. Van ko‘lining sohilbo‘ylarida Syunxan va Namrut vulqonlari joylashgan, suvi sho‘r (19,1‰). Baliqchilik sanoati, tuz sanoati rivojlangan va kema qatnaydigan ko‘l.
Tuz ko‘li– suvi oqib chiib ketmaydigan ko‘l. Anatoliya tog‘ligidagi 899 m balandlikda joylashgan, uning maydoni 1600-2500 km, chuqurligi 2 metr. Yozda qurib, tuz bilan qoplanadi.
Tuproqlari. Turkiyaning boy geologik o‘tmishi, yerining juda notekisligi va iqlimining g‘oyat hilma-xilligi iqlimiy va fizik tarkibiga ko‘ra turlicha tuproq yuzaga kelishining muhim sharti bo‘lgan.
Turkiya hududi asosan tog‘ tuproq (toshli tuproq)dan iborat, u jami maydonining salkam 80%ini tashkil qiladi; tog‘ tuproq ko‘pincha qattiq jinslardan tashkil topadi, juda sershag‘al bo‘ladi va ekin ekish uchun yaroqli emas.
Turkiyaning tog‘ tuprog‘i vertikal zonaga, unda o‘suvchi o‘simliklarning xarakteriga va tuproq hosil qiluvchi jinslarning tarkibiga qarab bir necha turlaga bo‘linadi.
Tog‘-o‘tloq tuproq baland tog‘li vohalarda keng tarqalgan. Bu tuproqning quyi chegarasi dengiz bo‘yi rayonlarida dengiz sathidan 600-1800m balandlikdan, markaziy rayonlarda esa 2000-2100 m balandlikdan o‘tadi. Tog‘-o‘tloq tuproqni qoplagan o‘t-o‘landan yoz faslida yaylov sifatida foydalaniladi.
Tekisliklar va tog‘ etaklaridagi tuproq orasida qizil tuproq, qoramtir tuproq, qora tuproq, qo‘ng‘ir tuproq, kulrang tuproq va sho‘rxok tuproq ajralib turadi.
O‘simlik va hayvonot dunyosi. Turkiya florasi 6700 o‘simliklar turini o‘z ichiga oladi, ularning katta qismi – murakkab gullilar, dukkuklilar, qo‘shgullilar oilasiga mansub. ⅓ qism o‘simlik turlari Turkiya uchun endemik. Kserofit o‘simliklar orasida endemiklar ko‘p: astragallar, akkantolimonlar, kuzinlar. Relikt (qadimiy) uchlamchi davr endemiklari ham kam emas: balzam daraxti va boshqalar.
Turkiyani o‘simlik qoplami turli-tuman. Ular iqlim sharoiti va joy relyefiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Turkiyaning tabiiy o‘simlik dunyosiga insonlar juda katta o‘zgartirishlar kiritgan: dashtlarning katta maydonlariga ishlov berilgan, Turkiyani aholisi zich joylashgan g‘arbiy Anatoliyadagi o‘rmonlar ayovsiz kesib yuborilgan. Yog‘inning ko‘pligi va illiq iqlim Qora dengiz sohilbo‘yida boy subtropik o‘simliklar uchun sharoit yaratgan. Sohilbo‘yi va Pontiya tog‘ining shimoliy yonbag‘ri arman emani, sharqiy qoraqayin, grab, klyon, platanadan iborat quyuq keng bargli o‘rmonlar biulan qoplangan. Butalardan keng tarqalgani qizil lavrolchasi, samshit. Daraxtlar va butalar chirmoviqlar bilan o‘ralgan: pechak, ilono‘t, yovvoyi uzum-ular o‘tish qiyin bo‘lgan chakalakzorlarni hosil qilgan. Tog‘larning yuqori yonbag‘ri ignabargli o‘rmonlar bilan qoplangan, undan yuqorida alp o‘tloqlari joylashgan.
Yoz issiq va quruq bo‘luvchi Pontiya tog‘larining janubiy yonbag‘rida quyuq o‘rmon qoplami yoqolib, o‘rnini alohida daraxtlar va butalar egallagan, Pontiyaning g‘rbiy qismi tizmaning janubiy yonbag‘rida esa butunlay o‘simliklardan mahrum. Tog‘ yonbag‘rining quyi qismi Ichki Anatoliya uchun xos bo‘lgan o‘simliklar bilan band.
O‘rta dengizbo‘yida tog‘larning 500-600m gacha bo‘lgan qismida makvis o‘simligi keng tarqalgan – qattiq bargli doimiy yashil butazorlarda yertut daraxti, lavr, mirt, pista va oleandrlar o‘sadi. Ko‘p butalar gulining tarkibida hushbo‘y efir moyi bo‘lib, bu yerlardan kuchli yoqimli hid taraladi. 600m dan balandda bargi to‘kiladigan butalardan makvis, shiblyak bilan almashinadi. Quruq iqlim va yozning issig‘i kamayuvchi 2000m gacha bo‘lgan balandda kichik o‘rmonlar yana paydo bo‘lib, Livan kedri, oqqarag‘ay, qoraqarag‘ay, archalar uchraydi. Bargli daraxtlarga quyuq emanzorlar va yovvoyi mevali daraxtlar (zaytun, bodom, pista, grek yong‘og‘i, olxori, olma, gilos va boshqalar) xos. 2000m dan balandda tog‘ o‘tloqlari bo‘lib, yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
O‘rta dengizi sohilidan ichkarida joylashgan botiqlar quyoshda qovjiragan sariq dasht kenglilaridan iborat bo‘lib, ular orasida bog‘larning yashil maydonlari dog‘ singari ajralib turadi. O‘rta dengizning sohilbo‘yi tekisliklari (Antaliya, Chukurova va boshqalar) issiq dengiz subrtopik iqlimi, unumdor tuproqlari bilan qadimdan dehqonchilikning yirik rayoni bo‘lib kelgan. Bu yerga paxta shuhrat keltirgan, shuning uchun Chukurova vodiysini ba’zan ikkinchi Misr deb atashadi. Shuning uchun bu yerda sitruslar, hattoki banan yetishtiriladi.
Hayvonot dunyosi turli-tuman, bu esa mamlakat ayrim rayonlari geografik sharoitlarining g‘oyat xilma-xilligi bilan izohlanadi.
Yovvoyi qo‘ylar, kiyiklar, ohular, antilopalar, yovvoyi eshaklar, to‘ng‘izlar va tog‘ echkilari – tog‘dagi hayvonot dunyosining eng xarakterli vakillaridir. Turkiyada yirtqich hayvonlardan qoplon, silovsin, sirtlon, bo‘ri, tog‘-toshlarda va o‘rmonda yashovchi qunduz, bo‘rsiq va ayniqsa qashqir ko‘p uchraydi. Bo‘ri, tulki, quyon kabi hayvonlar keng tarqalgan. Ularning Kichik Osiyoda mahalliy turlari ham bor.
Parrandalar dunyosi juda xilma-xildir. Katta yirtqich qushlardan burgut, kalxat, sariqsar, lochin, quzg‘unlar yashaydi. Markaziy Anatoliyaning hamma yerida oq layulak uchraydi.
Baliqlar dunyosi ham g‘oyat xilma-xil bo‘lib, suv xavzalari (dengizlar, ko‘llar, daryolar)ga va ularning xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Qora dengiz, Marmar, Egey dengizlari va O‘rta dengiz xavzalarida asosan zog‘orabaliq, osyotr, seld, skumbriya, kefal, anchous kabi baliqlar bor. Turli-tuman suv jonvorlari orasida omarlar, krevetkalar, midiyalar va ustritsalar e’tiborga loyiqdir. Ustritsalar asosan Bosfor va Dardanelda uchraydi.
Tarixi. Hozirgi Turkiya hududida m.a. 1900-yilda Xett davlati, m.a. XII asrda Frigiya, m.a. VII asrda Lidiya davlatlari vujudga keladi. M.a. VI asrda bu hududlar forslar davlati, m.a. 333- yildan makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olinadi. M.a. II asrda Rim imeriyasi tarkibiga kiradi. V asrda hozirgi Turkiya hududlari Vizantiya imperiyasi tarkibiga kiradi. XI asrda Turkiya hududlarini saljuqiylar egallab, Egey dengizidan Turkistongacha bo‘lgan hududlarda ulkan imperiya tashkil qilinadi. XIII asrning oxirida Saljuqlar davlati bir nechta kichik davlatlarga bo‘linib ketadi. XIV asrda Usmoniylar barcha kichik davlatlarni birlashtirishga erishadi. 1453-yilda Vizantiyaning poytaxti Konstantinopol (Istanbul) zabt etiladi. Sulaymon davrida (1530-1566)usmoniylar Janubiy Yevropa, O‘rta Sharq va Shimoliy Afrika (Marokashdan tashqari)ni bo‘ysundiradilar. XVII asrning boshlarida Usmoniylar davlati o‘z qudratni yo‘qota boshlaydi va Bolqon hamda Arabiston yarimorollaridagi ozodlik kurashlariga yetarli qarshilik ko‘rsata olmaydi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Usmoniylar imperiyasi hudud jihatidan ancha qisqaradi. I jahon urushidan so‘ng Usmoniylar davlati barcha mustamlakalardan ayriladi. Sulton Mahmud VI tomonidan imzolangan Serv shartnomasidan (1920) norozi bo‘lgan Mustafo Kamol 1918-yilda Turkiyaga bostirib kirgan yunon qo‘shinlariga qarshi kurashni boshlaydi. 1923-yilda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani Respublika deb e’lon qiladi va 1938-yilga qadar mamlakatni boshqaradi. Ikkinchi jahon urushi davrida Turkiya o‘z neytralitetini e’lon qiladi. 1959-yilda Kipr mojarosi natijasida turk – yunon munosabatlari yomonlashadi. 1974-yilda Turkiya qoshinlari tomonidan Kiprning bir qismining bosib olinishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtiradi. Iqtisodiy inqiroz natijasida 1971 va 1980-yillarda harbiylar hokimiyatni egallashadi. Hozirgi kunda Turkiya hukumatining asosiy muammolaridan biri mustaqil Kurdiston davlatini tuzishga harakat qilayotgan kurdlar masalasidir.
Hozirgi kungi Turkiya davlati 1913-yili Usmoniylar imperiyasidan vujudga kelgan edi. An’anaviy qoloq diniy urf-odatlar o‘rniga yangi tizimli qonun ishlab chiqildi. Turkiya 1945-yil 24-oktabrda BMTga va 1952-yilda NATOga a’zo bo‘ldi. 1974-yili Turkiya kiprlik turklarni muhofaza qilish uchun Kiprga hujum qildi. Natijada orolning 37%i Turkiyaga o‘tdi.
Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Rasmiy nomi – Turkiya Respublikasi yoki Turkiya deyiladi. Boshqaruv shakli: respublika. (parlamentar demokratiya). Poytaxti Anqara. Ma’muriy bo‘linishi:81 il (provinsiya)dan iborat. Mustaqillik kuni 1923-yil 29-oktabr. Milliy bayrami: Mustaqillik kuni 29-oktabr (1923-yil). Amaldagi konstitutsiya 1982-yil 7-noyabrda qabul qilingan. Saylov huquqi umumiy va 18 yoshdan. Davlat rahbari: Prezident Abdullo Gul (2007). Prezident Parlament tomonidan 7 yillik muddatga saylanadi. Bosh vazir va uning o‘rinbosari prezident tomonidan tayinlanadi. Vazirlar Kengashi Bosh vazir tavsiyasiga ko‘ra Prezident tomonidan tayilanadi. Qununchilik hokimiyati, Bir palatali Turkiya Buyuk Millat Majlisi 550 a’zodan iborat bo‘lib, ular xalq tomonidan 5yillik muddatga saylanadi. Sud tizimi boshida konstitutsiyaviy Sud (sudiyalari prezident tomonidan tayinlanadi), Appelatsiya va Davlat Kengashi sud (sudiyalari Oliy Sud va prakurorlar tomonidan saylanadi) turadi. Siyosiy partiyalar: Demokratik so‘llar partiyasi, Demokratik xalq partiyasi, Adolat va Taraqqiyot partiyasi, Respublikachi Xalq partiyasi SNR, To‘g‘ri yo‘l partiyasi, Vatan partiyasi.
Aholisi va mehnat resurslari. Turkiya aholi soni jihatidan Janubi-G‘arbiy Osiyodagi eng yirik davlat hisoblanadi. Asosiy etnik guruhlardan turklar 55 mln kishi hisoblanadi (80% dan ko‘proq). 1923-yidagi Lazan tinchlik shartnomasiga muvofiq Turkiya qo‘shni davlatlar bilan aholini almashtirish to‘g‘risidagi konvensiyaga imzo chekdi, shunga qaramay kichik turk guruhlari hanuzgacha bu davlatlarda yashamoqdalar. Turklar tarkibidagi kichik etnik guruhlar yuryuklar va taxtajlar saqlanib qolgan (Anatoliyaning janubi- sharqi va g‘arbiy qismida). Turklardan keyin ikkinchi yirik xalq kurdlar (20%, 10 mln. kishi) mamlakat sharqida yashab, o‘ndan ko‘p illarni egallaydi. Arablar 1 mln. kishi, janubi-sharqiy illarda, asosan Xatay ilida joylashgan. Qora dengiz sohilida va markaziy Anatoliyada yashovchi cherkaslar, lazlar va ajarlarning ko‘p qismi turklar bilan aralashib ketishgan.
Hukmron dini – Islim, sunniy oqimida (99,8%).. Turkiyada din davlatdan ajralgan holda, shuning uchun din maktablarda fan sifatida o‘qitilmaydi, lekin o‘quv qo‘llanmalarda Islom keng targ‘ib qilinadi (0,2% nasroniy, yahudiy).
Aholining o‘rtacha zichligi 1 km 2 da 85 kishi, lekin aholi notekis taqsimlangan. Aholi eng zich joylashgan Marmar, Egey va Qora dengiz sohilbo‘yi rayonlarda kuzatiladi.
Qora dengiz sohil bo‘yidagi viloyatlarda 1 km 2 ga 150 kishidan to‘g‘ri keladi. Markaziy, asosan, Sharqiy Anatoliyada aksincha, aholi siyrak joylashgan (1 km 2 ga 15-20 kishi). Yog‘in ko‘p tushadigan hosildor vodiylar bundan mustasno.
Mamlakat uchun tabiiy o‘sishning yuqoriligi xosdir – 1,24%. Bu esa aholining yosh tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Aholining 25,5%i 14 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil qiladi. 15–65 yoshlilar hissasi 67,7%. Lekin bu munosabat o‘z navbatida boshqa muammoni keltirib chiqaradiki, mehnatga yaroqli aholining 20% i ishsizlar. 65 yoshdan katta bo‘lganlar hissasi kam – 6,8%, bu o‘rtacha umr ko‘rish sur’atining pastligiga bog‘liq. O‘rtacha umr ko‘rish erkaklarda 69,68, ayollarda 74,61 yosh. Har bir oilaga 1,92 ta bola to‘g‘ri keladi.
Mamlakat urbanizatsiya darajasi yuqoriligi bilan xarakterlanadi (shahar aholisi 70% dan ko‘p). Aholisi 1 mln. kishidan ortiq bo‘lgan 5 ta shahar hisobga olingan. Istambul (10 mln. kishi), Anqara (4 mln. kishi), Izmir, Adana va Bursa. Keyingi yillarda shaharlarning qiyofasi o‘zgarib, ko‘rkamlashib boryapti. Tor ko‘chalar o‘rnini keng prospektlar, eski binolar o‘rnini yangi zamonaviy inshootlar egalladi.
Aholi ro‘yhati Turkiyada 1-marta respublika tashkil topgandan keyin (1927) o‘tkazilgan. O‘shanda aholi 13,6 kishini tashkil qilgan. 1935 yilda esa 2-aholi ro‘yhati o‘tkazildi, shundan keyin har 5 yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
1945 yildan 1975 yilgacha bo‘lgan davrda mamlakt aholisi 2 martadan ortiq miqdorda ko‘paydi 18,8 mln. kishidan 40,2 mln. kishiga. Hozirda esa Turkiya aholisi 70,5 mln. kishini tashkil qiladi. Turkiya aholisi tez o‘sayotgan mamlakatlar toifasiga kiradi. Bu esa tug‘ilish sur’atining yuqoriligi bilan izohlanadi. Tug‘ilish sur’ati har 1000 kishiga 16,62 ta, o‘lim har 1000 kishiga 5,97 ta(tug‘ilgan har 1000 boladan 39,69tasi o‘ladi).
Turkiyada erkaklar ayollarga nisbatan ko‘p, lekin shahar va qishloqlarda bu munosabat turlicha. Agar shaharda erkaklar ayollarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, qishloqlarda esa aksini ko‘rish mumkin. Bunga asosan qishloqdagi erkaklarning shaharlarga kelib ishlashi sabab bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda ishsizlik sonining o‘sishi bilan Turkiyada tashqi migratsiya kuchayib bormoqda. Masalan, 2 mln. turklar GFR da va Yevropaning boshqa mamlakatlariga, shuningdek, Yaqin Sharq mamlakatlariga ishlash maqsadida ketganlar.
Savodlilik (umuman) – 85%:
Mehnatga yaroqli aholi 23 mln. kishi:
qishloq xo‘jaligida – 38%;
xizmat ko‘rsatishda – 38%;
To‘liqsiz ish kunida ishlaydiganlar – 5,6%.
Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Hech vaqt qaram bo‘lmagan buyuk Turkiya davlati(XV-XVI asrlar) XIX asr oxiriga kelib G‘arbiy Evropa davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi.
1918-23-yillardagi burjua milliy inqilobidan keyin Kamol Otaturk rahbarligida islohotlar amalga oshirildi. Bunda davlatni kapitalistik yo‘nalishga bosqichma-bosqich olib borish ko‘zda tutilgan edi. Turkiyaga II Jahon urushidan keyin AQSH va NATO mamlakatlarining ta’siri kuchaydi. 70-80-yillarda olib borilgan davlat sektoriga tayangan holda sanoatlashtirish siyosati mamlakatda sanoat tarmog‘i bazasini yaratishga olib keldi. Ya’ni, energetika, tog‘-kon, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, avtomobilsozlik va boshqalar.
80-yillarda Turkiya qiyin iqtisodiy inqirozdan chiqish yo‘llarini izlayotgan bir vaqtda, o‘z kreditlarining talabi ostida rivojlanishning yangi strategiyasiga o‘tdi:
a) Davlat boshqaruv tizimini qayta ko‘rib chiqish va iqtisodiyotga davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan bosqichma-bosqich voz kechish;
b) Iqtisodiyotni butunlay bozor munosabatlariga o‘tkazish; uning raqobat qonunlariga bo‘ysunishi;
c) Chet el tovarlari va mablag‘larini erkin harakatlanishi uchun mamlakatni ochib berish;
d) Import o‘rnini bosa oladigan eksport uchun yo‘naltirilgan sanoat turlariga o‘tish;
Biroq Turkiyaning yangi iqtisodiy modeli davlatning rejalashtirishini inkor etmaydi. So‘nggi yillarda mamlakatning iqtisodiy o‘sishidagi ko‘rsatkichlari kuzatilmadi, lekin jahon xo‘jaligida jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha 50-o‘rinda (jon boshiga 6800 dollar), ichki tizimda siljishlarga erishdi. 90-yillarning oxirida milliy mahsulot ishlab chiqarishda sanoatning hissasi 25% ni, qishloq xo‘jaligi esa 18% ni tashkil etdi.
Sanoati. Tog‘ kon sanoati. Qazib chiqarish sanoati mahsulotlari sanoat sektorda 2-darajani egallaydi. Qazib chiqarichni rivojlantirishda o‘sishlar, foydali qazilmalar eksportining kengayishi sezilarli darajada emas. Bu tarmoq toshko‘mirga (3 mln. tonna), qo‘ng‘irko‘mirga (45-55 mln. tonna), temir rudasiga (4 mln. tonna) bo‘lgan ehtiyojning o‘sishini qondirmayapti.
Neft gazib chiqaish sekinlik bilan o‘syapti (4 mln. tonna).
Qayta ishlovchi sanoat. Qayta ishlovchi sanoat 90-yillarning oxirida sanoat mahsulotlarining ⅔ qismidan ko‘prig‘ini berdi. Ishlab chiqarishning asosiy qismi yengil va oziq-ovqat sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi (35%). Oziq-ovqat sanoati hamma qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari qiymatining 18% ini beradi. To‘qimachilik eng rivojlangan tarmoq bo‘lib, bu yerda yirik milliy xususiy sarmoyalarning o‘rni juda katta. Bu tarmoq mahsulotlari katta miqdorda eksport qilinadi, jumladan Yevropa mamlakatlariga, AQSH, Rossiyaga. Turkiya 90-yillarda Yevropa itiffoqining to‘qimachilik, tayyor kiyim-kechaklarga bo‘lgan import ehtiyojini ⅓ qismini qondirdi. Eksport ummumiy hajmida to‘qimachilik va kiyim-kechak deyarli ⅓ qismini tashkil etadi.
Qurilish bilan bog‘liq sanoat, shuningdek, qora va rangli metallurgiya, kimyo- formasevtika, avtoyig‘uv tarmoqlari rivojlantirildi. Sanoat tarmoqlari ichida zamonaviy mashinalar va jihozlar ishlab chiqarish nisbatan past darajada. Ular asosan import hisobiga qondiriladi.
Sanoat mahsulotlarining ba’zi turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha (sement, qora metallar, televizorlar) Turkiya mintaqadagi qo‘shni davlatlardan sezilarli darajada o‘zib ketgan (jumladan, Misr, Suriyadan), YI dagi kam rivojlangan mamlakatlarga ba’zi mahsulotlar bo‘yicha yaqinlashgan va hatto o‘zib ketgan.
Energiyaning muhim manbai neft bo‘lib qolmoqda. O‘zidagi talabni 12-14%ni qondiradi. Neftni qayta ishlash davlat korxonasida amalga oshiriladi, quvvati 30 mln. tonna Batmanda, Kirikkala, Izmir, Aliagda, shuningdek Mersindagi zavod. Yirik neftkimyo kompleksiga “Pethim” (Yarimja)ga qo‘shimcha ikkinchi neftkimyo kopleksi Aliagda qurildi. Natijada neftkimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 1/5ga o‘sdi.
80-yillarda mamlakatda tabiiy gaz qazib chiqarish boshlandi. Gazga bo‘lgan ehtiyoj Anqara, Istambul, Izmir gaz zavodi mahsulotlari hisobiga, hamda Izmir va Aliagdaga neftni qayta ishlovchi zavodlardagi siqilgan yo‘lovchi gazlar hisobiga qondirilmoqda. 1987-yildan boshlab SSSRdan gaz sotib ola boshladi (1991-yil Rossiyadan, shartnoma 2012-yilgacha cho‘zildi.
Elektroenergetika. Elekto energetika 80-yillarda intensiv rivojlandi. Qurilgan elektr stansiyalarning quvvati so‘nggi 10 yillikda 6 mln. dan 16 mln. kvt / soatga o‘sdi (GESlarda 34,5%). Yaqin Sharqdagi eng yirik IES “Afshin – Elbiston”, “Keban” va “Karakaya” GESlarining quvvati oshirildi. 1990-yilda Turkiyada yirik to‘g‘on qurilishi nihoyasiga yetdi. Yefrotdagi “Otaturk” to‘g‘oni bir yilda 8,9 mlrd. kvt./soat elektro-energiya ishlab chiqaradi.
Elektro-energiya bir yilda 125,3 mlrd. kvt./soat ishlab chiqarildi. Shundan 119,5 mlrd. kvt./s iste’mol qilindi, qolgan qismi qo‘shni Sharqiy Yevropa mamlakatlariga (Bolgariya, Ruminiya, Albaniya) va Gruziyaga eksport qila boshladi.
Qora metallurgiya. So‘nggi yillarda Turkiya rivojlangan mamlakatlardan ekologik xavfli qora metallurgiyani rivojlantirishni hamda Yevropa va qo‘shni mamlakatlar bozorlariga kirib borishni o‘zlashtirib oldi 90-yillar oxirida po‘lat ishlab chiqarish 12 mln. tonnani tashkil etdi. 6 mln. tonna Iskanderon, Iregli, Karabyug korxonalarida ishlab chiqarildi. Qolgan qismi Izmirdagi 15ta xususiy mini-zavodlarda ishlab chiqarildi.
Po‘lat va prokat Turkiya eksportida to‘qimachilikdan keyin 2-o‘rinda turadi. Asosiy metallurgiya bazasi Zanguldak-Eregli toshko‘mir xavzasida (Qora dengiz sohilbo‘yi) va qo‘ng‘ir ko‘mir konlarida va G‘arbiy Anatoliyadagi issiqlik elektr markazlarida joylashgan. Seydi-shexirda alyuminiy sanoat korxonasi bo‘lib, quvvati 200 ming tonnaga teng.
Mashinasozlik. Mashinasozlkda transport vositalari ishlab chiqarish yetakchi o‘rinni egallaydi. Turkiyaning avto va traktor yig‘uvchi sanoatida mahalliy yirik sarmoyalar bilan birgalikda “ Ford”, “Mercedes”, “Reno”, “FIAT”, “Daimler-Bens”, “British motor”, “Craisler” va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 19ta so‘ngi yig‘ishni amalgam oshiruvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatadi (Istambul, Bursa, Adapazari, Izmir, Izmid, Oksaroy, Mersin).
Turkiyada temir yo‘l transport jihozlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilingan. Yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqaruvchi korxonalari mavjud. Bular SIDEMASH (Sivas), ADMASH (Adapazari) lokomativ ishlab chiqaruvchi, ELMASH (Eskishehir) zavodlari bor.
Kemasozlik sanoatini kengaytirish va modernizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. Kemasozlik sanoat korxonalari davlat va xususiy sektorda 10 ta. Ulardan 8tasi – Pendik, Gyoljyuk (suv osti kemalari), Jamialt, Toshkizak, Isteniye, Halich, Haskey va Alaybeylar davlatga qarashli. Istambuldan 40km janubi-shrqda Tuzli kemasozlk korxonasi qurildi. so‘ngi 10yil ichida Turkiya o‘zining aviasozlik korxonasini tashkil qildi(Eskishehir, Kayseri). Myurtedda “F-16” yig‘iladi. Vertolyot yig‘uv zavodlariga ega.
Yengil sanoat. To‘qimachilik sanoati Turkiyada eng rivojlangan tarmoqlardan biridir. Bu tarmoqning davlat sektoridagina emas, xususiy sektorda ham ishlab chiqarish yuksak darajada to‘plangan, yirik milliy xususiy kapitalning o‘rni kuchli. Bu tarmoq mahsulotining katta qismi eksport qilinadi. eng katta ip-gazlama korxonalari Kaysari, Nazilli, Izmir, Malatya va boshqa shaharlarda joylashgan.
Qo‘l hunarmandchiligi va gilamdo‘zlik Turkiyada an’anaviy tarmoq hisoblanadi. Yuzlab ustaxonalar va fabrikalar asosan qo‘l mehnati bilan yuqori sifatli gilamlar ishlab chiqaradi. Isparta, Kaysari, Kula, Ushoq ustoxonalarining gilamlari ayniqsa mashhur.
Istambul shaharida sanoatning tarmoq korxonalari – plastmassa, sun’iy tola, o‘g‘it zavodlari barpo etilgan. Adapazari shahrida oziq-ovqat sanoati, rezina va yog‘ochsozlik sanoati rivojlangan. Izmirda oziq-ovqat sanoat korxonalarining ko‘pchiligi joylashgan. Bu yerda lok-bo‘yoq zavodlari ishlab kelmoqda. Ularning eng kattasi “Durmush yashar” zavodi yiliga 50 ming tonna lok-bo‘yoq ishlab chiqaradi. Bursa shahrida to‘qimachilik, oziq-ovqat va yog‘ochsozlik sanoat tarmoqlari barpo etilgan. Anqara va uning atrofidagi mayda shaharlarda kimyoviy zavodlar, oziq-ovqat sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Samsun viloyatida yetishtiriladigan xushbo‘y tamaki navlari Samsun, Istambul va Anqaraning tamaki fabrikalariga yetkazib beriladi. Tamakining katta qismi eksport qilinadi. O‘rta Turkiya mamlakatda yetishtiriladigan paxtaning 50%ga yaqinini beradi va uning katta qismi mahalliy fabrikalarda, shu jumladan Adana, Mersin va Tarsus to‘qimachilik fabrikalarida qayta ishlanadi. Adana shaharida oziq-ovqat sanoatining bir qancha o‘nlab tarmog‘i bor. Mersinda oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sanoat korxonalari joylashgan.
1930-yillarda yosh Turkiya Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lida to‘qimachilik sanoatini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Bu maqsad uchun mamlakatda mavjud ko‘pgina to‘qimachilik fabrikalarini birlashtirgan davlat sanoat xoldingi “Syumerbank” tashkil etildi. Jihozlarni modernizatsiyalash, zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, zarur mutaxassislarni tayyorlash vazifasi qo‘yildi. Bo‘lajak yuzlab mutaxassislar to‘qimachilik sanoati rivojlangan mamlakatlarga zamonaviy to‘qimachilik jihozlarida ishlashni o‘rganish uchun tajriba orttirishga jo‘natildi. Davlat tarmoqni butunlay o‘zining homiyligiga oldi.
30 yil mobaynida Syumerbank Turkiyaning to‘qimachilik sanoatida davlatning qo‘llab-quvvatlashiga tayangan holda yetakchilik qildi.
Ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari avvalo ichki bozor ehtiyojlarini qondirib va import o‘rnini bosa olishi maqsadi qo‘yildi. Ommaviy to‘qimachilik ishlab chiqarishi va tayyor kiyim-kechaklar savdosi asosan, Istambulda jadallashdi. Dastlab faqat to‘qimachilik mahsulotlari savdosi bilan shug‘illanuvchi mayda va o‘rta firmalar asosida asta-sekin kiyim-kechaklarning ma’lum bir turini yoki boshqa to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan to‘qimachilik ishlab chiqarish kompaniyalari o‘sdi. Bu bozorni to‘lishiga imkon berdi, Turkiya 60-yillarning o‘rtalariga kelib tayyor kiyim-kechaklar importidan butunlay voz kechdi.
Yana paydo bo‘lgan xususiy to‘qimachilik fabrikalari Izmir, Oydin, Denizli, Bursa, Adanada joylashdi. O‘sha vaqtda Istambul ishlab chiqarish kabi tayyor to‘qimachilik mahsulotlari savdosida ham o‘zining yetakchiligini saqlab qoldi.
70-yillar o‘rtalarida faqat import o‘rnini bosa olishga qaratilgan iqtisodiy siyosat strategiyasi jahon bozorining yangi sharoitlariga javob bera olmay qoldi. 70-yillardagi neft inqirozi iqtisodchilarni mamlakatning xorij valyutasi oqimi bilan ta’minlovchi shunday sanoatning rivojlanishi zaruratiga alohida e’tibor qaratishga majbur qildi.
Eksportga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish modelini o‘zlashtirish eksport ishlab chiqarishni qidirish imkoniyatlari to‘qimachilik sanoatining butunlay yangi konsepsiyasini shakllanishiga olib keldi.
Qisqa vaqt ichida mamlkatda ip yigiruv fabrikalarining soni keskin oshdi, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ko‘plab korxonalar paydo bo‘ldi. Eksportni kengaytirishga yo‘naltirilgan hukumatning samarali choralari bilan birgalikda to‘qimachilik sanoatining xom ashyo va ishlab chiqarish negizini kengayishiga hamda to‘qimachilik tarmog‘ining eksport imkoniyatlarini asta-sekin o‘sishi uchun sharoit yaratdi. Birinchi o‘n yillikda eksportga yo‘naltirilgan siyosat natijasida tayyor kiyimlar eksporti 1980-yilda $130mln. dan 1990-yilda $2,8mld. ga oshishiga yoki 22 marta ko‘payishiga imkon berdi.
90-yillar oxirida Turkiyaning to‘qimachilik sanoati mamlakatning butun iqtisodida faxrli sohaga aylandi. To‘qimachilik tarmog‘i mahsulotlari xissasiga sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari umumiy hajmining 9%i va qayta ishlovchi sanoat mahsulotlarining 12%i to‘g‘ri keladi. To‘qimachilik va tayyor kiyimlar ishlab chiqarish umumiy iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishining ⅓ qismini beradi; tarmoqga qayta ishlovchi sanoatda band ishchi kuchining ¼ qismi jalb qilingan.
To‘qimachilik va tayyor kiyimlar eksporti (ip-gazlama, jun va sintetik gazlamalar, ip va undan qilingan buyumlar, trikotaj, tikuvchilik mahsulotlari, gilamlar, ro‘zg‘or uchun to‘qimachilik mahsulotlari) umumiy eksport hajming 40%ini tashkil etadi. Turkiya YI mamlkatlariga to‘qimachilik mahsulotlari ekspotriyorlari ichida Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Qishloq xo‘jaligi. Turkiya ekologik iqlimi, yer sharoitlari shaklangan katta qishloq xo‘jaligi imkoniyatiga ega. Mana shunga bog‘liq ravishda Turkiya iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligininh bu jihatlari shu bilan izohlanadiki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda va ekasportda yuqori mavqega ega. Hosildor yerlar, suv manbalari va geografik qulayliklar Turkiyada tarixan aholining asosiy ehtiyojini qondiradi.
Ishlov beriladigan yerlarning katta qismi xususiylashtirilgan (90%). Davlat yer fondiga barcha o‘rmonlar, ishlov beriladigan yerlarning 10%i va bo‘sh yerlar kiradi.
Yirik yer egalari va mayda dehqonchilik xo‘jaliklari tashkil etilgan (60% xo‘jaliklarda 5 ga dan yer to‘g‘ri keladi). Agrar munosabatlarda
hozirgacha kuchli feodal sarqitlari saqlanib qolgan. Qishloqlarda siyosiy vaziyatni qayta ko‘rib chiqish va agrar qarama-qarshiliklarni yumshatish maqsadida bir muncha kam yerli tumanlarda 1984-yilda sug‘oriladigan yerlarda yer bilan ta’minlash qonuni qabul qilindi (qishloq xo‘jalik yerlarining 1/5 qismi sug‘oriladi). Natijada kam yerli va yersiz dehqonlar yangi tumanlarga ko‘chib kelishdi. Suvga, yoqilg‘i, o‘g‘itlarga davlat subsidiyalari faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek bug‘doy, asosan texnika ekinlariga davlat harid narxlari belgilangan.
Turkiya qishloq xo‘jaligining asosi dehqonchilik bo‘lib, u tarmoqni ⅔ qism mahsulotini beradi. Ishlov beriladigan yerlar maydoni 26 mln. ga yoki hamma yerlarning 33%i. Turkiya lalmi dehqonchilik mamlakati bo‘lib, faqat yerlarning 1/10 qismi sun’iy sug‘oriladi.
Dehqonchilikda maydon jihatidan ekinlari, ya’ni g‘alla va arpa birinchi o‘rinda turadi (82%). Makkajo‘xori, tariq, sholi, javdar, suli yetshtirish ham ahamiyatga ega.
Texnika ekinlargan paxta, qand lavlagi, zaytun, tamaki 15% maydonda yetishtiriladi. Lekin iqtisodiyotda ularning roli katta bo‘lib, mahalliy sanoatni hom-ashyo bilan ta’minlaydi va meva, yong‘oqlar bilan birgalikda eksport asosini tashkil etadi.
Paxta asosan Egey rayonida va Chukurova vodiysida yetishtiriladi. Turkiyaning shimoli-g‘arbida yetishtiriladigan tamaki dunyodagi eng oliy navlar jumlasiga kiradi. Qand lavlagi ham ichki ehtiyojlardan ortib, eksport qilinadi.
Bog‘dorchilik, uzumchilik, sitrus mevalar va yong‘oq yetishtirish muhim eksport ahamiyatiga ega. Turkiya bu tarmoqlari bilan O‘rta dengiz bo‘yi mamlakatlari ichida o‘z mavqeiga ega.
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining 2-muhim tarmog‘idir. U ekstensiv asosda rivojlangan (tarmoq mahsulot qiymatining 34%ini beradi) (ekstensiv-qoloq).
Mayda shoxli mollar ko‘paytiriladi. Turkiyada 30 mln. bosh qo‘y, 8 mln. echki bor. Angor echkisi eksport ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori sifatli jun beradi. Bursa rayonida ipakchilik rivojlangan.
Transporti. Turkiyaning Yevropa, MDX mamlakatlari va Yaqin Sharq mintaqasi orasidagi qulay geografik o‘rni u orqali tranzit yuk tashishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu birinchi navbatda neftni Kaspiy dengizi havzasi va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan O‘rta dengiz portlariga tashishga tegishli. Tranzit neft marshuruti masalasi global geosiyosiy muammoga aylanib bormoqda. Ichki yuk tashishning asosiy qismi avtotransport orqali amalgam oshiriladi. Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 354.421 km, qattiq qoplamli yo‘llar 59.000 km. temir yo‘llarning uzunligi 8.697 km. ichki suv yo‘llari 1.200 km ni tashkil etadi. Yirik dengiz portlari: Istambul, Izmir, Samsun, Iskanderon (Turkiyaning harbiy flot bazasi), Trabzon, Mersin. Mamlakatda 120ta aeroporti, 14ta vertalyot maydoni bor.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Bozor iqtisodi dasturini amalgam oshirishda tashqi savdo sohasida birmuncha o‘sishlarga erishildi. Eksport so‘nggi 20 yil ichida XX asrda o‘n martadan ortiqqa oshdi, biroq import deyarli ikki marta eksport qiymatidan ortiq bo‘ldi. Tashqi savdo balansidagi kamomat katta iqtisodiy muammo bo‘lib qolmoqda. Eksportning 80%i qayta ishlash sanoatining mahsulotlaridan tashkil topgan (to‘qimachilik- tikuvchilik mahsulotlari – 27%, qora metallar – 12%). Eksport qiymatining 10%dan ortig‘ini qishloq xo‘jalik mahsulotlari beradi. Turkiya yong‘oq, xo‘l va quruq mevalar, sitruslar, tamakining yiril eksportyori. Asosiy import mahsulotlari: neft, ishlab chiqarish xom ashyosi, mashina va jihozlar. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari (eksportning 60%gacha va importning 50%i), Yaqin Sharq (20%gacha), AQSH (7% va 12%), MDX mamlakatlari (6% va 9%). Rossiya-turk savdo-iqtisodiy hamkorligi rivojlanmoqda, jumladan qo‘shma korxonalar tashkil etishda, asosan gaz yetkazib berish hisobiga Rossiyada ijtimoiy-madaniy ahamiyatdagi turli ob’yektlar va xususiy o’byektlar turk firmalari tomonidan qurilmoqda.
Turkiya O‘zbekiston munosabatlari. Turkiya O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini 1991-yil 16-dekabrda tan olgan. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 4-martda o‘rnatildi. 2001-yil fevral oyidan boshlab R.Uman Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulotda va Muhtor elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi 1993-yil yanvardan o‘z faoliyatini boshlagan 2002-yil fevral oyidan e’tiboran R.Isaev O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Favqulotda va Muhtor elchisidir. Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning shartnoma-huquqiy asosini O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida “Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida”gi shartnoma hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, terorizmga va giyohvand moddalar bilan noqonuniy savdo qilishga qarshi kurash, huquqiy yordam, sog‘liqni saqlash, transport, turizm, madaniyat va boshqa sohalarda imzolangan 70dan ortiq hujjatlar tashkil etadi.
Rasmiy tashriflar va uchrashuvlar. Yuqori darajadagi siyosiy muloqotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1991-yil dekabr oyida Turkiyaga rasmiy tashrifi bilan boshlandi. I.A.Karimov 1994-yil iyun va 1997-yil noyabr oylarida ham Turkiyaga rasmiy tashrif buyurdi va 1998-yil oktabrda Turkiya Respublikasining 75yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etdi.
O‘z navbatida Turkiya Bosh vaziri T.Chiller 1995-yil iyulida, Prezident S.Demirel 1996-mayida O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan. O‘sha yilning oktabrida Prezident S.Demirel O‘zbekistonda o‘tkazilgan turkiy zabon davlatlar rahbarlarining oliy darajadagi IV uchrashuvida va Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi. Shuningdek, Turkiya Bosh vaziri M.Yilmaz 1998-yil aprelida va Prezident S.Demirel 1999-yil may oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Turkiya Prezidenti A.N.Sezer bilan BMT ning “Ming yillik” sammiti doirasida 2000-yil sentabridagi uchrashuvi ikki tomonlama aloqalarda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 2000-yil 16-17-oktabr kunlari Turkiya Prezidenti A.N.Sezer O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi.
Turkiya bilan sport sohasida hamkorlik turli yo‘nalishlarda rivojlanib bormoqda. Jumladan, mamlakatda Kurash federatsiyasi tashkil etilgan va Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga a’zodir. O‘zbekiston sportchilari joriy yilda Turkiyada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasida grek-rim va erkin kurash bo‘yicha jahon chempionati, boks bo‘yicha “A.Komerta” nomli xalqaro turniri va karate bo‘yicha “Bosfor-2003” jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida savdoda eng qulay rejim o‘rnatilgan. 2003-yil yakuniga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida tovar aylanmasi o‘tgan yilgiga nisbatan 42,2%ga o‘sdi va 270,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Bunda eksport 129 mln. AQSH dollarini, import esa 141,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Eksport mahsulotlari: rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar 42%; ip-gazlama, matolar va yigirilgan ip 38%; tirikotaj gazlama 6,9%; xizmatlar 6,7%, paxta tolasi 1,6%; mevalar va yong‘oqlar 1,2%, neftni qayta ishlash mahsulotlari 0,7% iboratdir. Import mahsulotlari: yer usti transporti vositalari uchun butlovchi va ehtiyot qismlar 26,1%, texnik asbob-uskunalar 18,4%, opitk asboblar va apparatlar 5,1%, elektr uskunalari 4,6%, plastmassalar va ulardan tayyorlangan buyumlar 4,4% va boshqalar tashkil etadi. 2004-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida tovar aylanmasi 118,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Bunda eksport 66,1 mln AQSH dollarini, import esa 52,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasida Turkiya investorlari ishtirokida 244ta korxona ish yuritmoqda, ulardan 53tasi 100% Turkiya sarmoyasiga tuzilgan. Turk sarmoyalari ishtirokida tashkil etilgan eng yirik korxonalar quyidagilardir: “Papfen” qo‘shma korxonasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish), “Sharq-Mir Ltd” qo‘shma korxonasi (chakana savdo), “Beta Algoritm” qo‘shma korxonasi (choy qadoqlash), “Dilek Interprayzes” xorijiy korxonasi (qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish), “Aylin gida sanayi kompani” xorijiy korxonasi (oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish), “Demir” xorijiy korxonasi (savdo va xizmatlar).
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida 39ta Turkiya kompaniyalarining vakolatxonalari akreditatsiyadan o‘tgan. Ular ichida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borayotgan kompaniyalar “Bursel Tekstil Sanayi ve Dish Tijaret Anonim Shirketi” (to‘qimachilik), “Aysel Inshaat ve Tijaret Anonim Shirketi” (turizm) va boshqalardir. Turkiya davlatida o‘zbek sarmoyalari ishtirokida tashkil etilgan ikkita korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Iqtisodiy rayonlari. Sanoatlashgan–agrar g‘arb va uning shaharlari. Sanoatlashgan–agrar g‘arb – g‘arbiy Anatoliya viloyatlarini va Turkiya Frakiyasini o‘z ichiga olib, mamlakat hududining ¼ qismidan ko‘prog‘ini egallaydi va aholining deyarli 2/5 qismi yashaydi. Yumshoq dengiz havosi, kuchli qishki yomg‘irlar, daryo vodiylaridagi hosildor yerlar va tekisliklar, foydali qazilmalarning mavjudligi insonlarning turli hil faoliyatiga qulay sharoit yaratgan. Katta Menderes va Kichik Menderes daryo vodiysi o‘zining anjirlari bilan, eksport qilinadigan quritilgan mevalari bilan, Izmir atrofidagi bog‘lari va uzumzorlari bilan, Bakir daryo vodiysi zaytun va tamakisi bilan, Idiz daryo vodiysi danaksiz uzumlari bilan mashhur. Rayonning boshqa daryo vodiylari texnika ekinlari (paxta, tamaki, qand lavlagi) va bog‘lari bilan ajralib turadi.
G‘arbiy Turkiya mineral va energiya resurslariga boy. Sharqda, Qora dengiz sohilbo‘yida mamlakatda yagona toshko‘mir xavzasi joylashgan. Undan tashqari qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudalari, xromitlar, polimetallar, volfram rudasi, borat, asbest, marmar va boshqa foydali qazilmalar topilgan.
G‘arbiy rayon Turkiyaning rivojlangan qismidir, uning sanoatlashgan yadrosidir. Bu yerda ⅔ qism fabrika-zavod ishchilari to‘plangan 69% sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, transport mashinasozligi (Stambul, Bursa, Izmir, Izmitda avtomobil yig‘uv zavodlari, Eskishehirdagi samolyotsozlik, Satmbuldagi kemasozlik zavodi) yuqori darajada rivojlangan. Sanoatining an’anaviy tarmoqlari: to‘qimachilik va oziq-ovqat rivojlangan. Yangi tarmoqlar – kimyo, energetika va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Rayonning yirik sanoat bo‘g‘inlari: Istambul, Izmir, Zanguldak va Izmit.
Rayon qishloq xo‘jaligida ekin maydonlarining 29%i joylashgan. Kungaboqar urug‘ining 90%i, tamaki hosilining 75%, anjir, atirgul, paxta tolasining 50%i, qand lavlagi, kunjut, yillik don hosilining 25%idan kamrog‘i (arpa, sholi, g‘alla) rayonda to‘plangan. Bu yerda zaytun yog‘i va mak yetishtirihning deyarli hammasi joylashgan.
Chorvachilik – dehqonchilikdan keyin qishloq xo‘jaligining 2-tarmog‘i hisoblanadi. Bu yerda mamlakatning 28%igacha yirik shoxli qoramollari to‘plangan. Yirik iste’molchi markazlar atrofida parrandachilik fermalari tashkil qilingan.
Sanoatlashgan-agrar g‘arb yuqori darajada urbanizatsiyalashgan. Rayonda shaharlar ko‘p, shu jumladan 7 ta shahar (Istambul, Izmir, Bursa, Eskishehir, Izmit, Adapazari, Denizli) aholisi 100 ming kishidan ortiq.
Istambul – dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, Usmoniylar imperiyasining dastlabki poytaxti. Istambul o‘zining o‘rta asrlardagi qiyofasini bir muncha saqlab qolgan.
Istambul Turkiyaning asosiy sanoat va savdo-moliya markazidir. Unda mamlakat sanoat mahsulotlarining ¼ qismi ishlab chiqariladi. Bu yerda yengil (to‘qimachilik, teri-poyafzal, shisha) va oziq-ovqat (un tegirmonlari, qandolat, go‘sht-sut, tamaki), shuningdek, og‘ir sanoat (mashinasozlik, kemasozlik) tarmoqlari joylashgan.
Istambul Turkiyaning muhim madaniy markazidir. Unda universitetlar, konservatoriya, ilmiy-tekshirish korxonalari, opera va drama teatri, kinostudiyalar, arxeologik muzey joylashgan.
Istambul Turkiya flotining harbiy dengiz bazasidir. Uning savdo porti orqali import va ekasport yuklari o‘tadi.
Izmir – Egey dengizi sohilboyida joylashgan qadimiy shaharlardan biridir. Izmir iqtisodiy rayonining sanoat va savdo markazidir. Sanoatda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar: un tegirmonlari, yog‘ qadoqlash, paxta tozalovchi, ip-gazlama, tamaki, shuningdek, mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari bor. Izmir porti yuk aylanmasi hajmi jihatidan Istambuldan keyin 2-o‘rinni egallaydi. Lekin Istambul import yuklari uchun asosiy darvoza bo‘lsa, Izmir orqali eksport yuklarining yarmidan ko‘pi o‘tadi. Bu shaharda universitet, iqtisod va savdo Akademiyasi, konservatorita, arxeologik muzey bor.
G‘arbiy rayonda iqtisodiy va madaniy markaz – Bursa joylashgan. Shaharda to‘qimachilik, (jun, ipak, trikotaj), oziq-ovqat (go‘sht-sut, sabzavot, konserva), mashinasozlik (avtomobil ishlab chiqarish va elektr motorlar) sanoati tarmoqlari joylashgan.
Bursadan sharqda sanoat markazi – Eskishehir joylashgan. Unda ko‘plab korxonalar, harbiy (minomyot, samolyot yig‘uv, artilleruya jihozlari zavodi) va fuqaro (lokomotiv quruvchi, sement, qand zavodi, ip-gazlama fabrikasi) zavodlari bor. Shahar temir va shosse yo‘llari, shuningdek savdo markazining muhim bo‘g‘inidir.
Izmit – bu yerda qog‘oz- sellyuloza fabrikasi, avtoshina zavodi, neftni qayta ishlovchi, neft-kimyo, mineral o‘g‘itlar, avtoyig‘uv, kabel ishlab chiqaruvchi, payvandlovchi trubalar korxonalari bor.
G‘arbiy rayonning sanoat shahri Adapazarida qishloq xo‘jaligi mashinalarini yug‘uvchi, lokomotiv va vagon yig‘uvchi, shisha-keramika va yog‘och mahsulotlari yig‘uvchi korxonalarga ega.
Zanguldak – sanoat aglomeratsiyasining markazi; ko‘mir shaxtalari va metallurgiya kombinati bor.
Agrar sanoatlashgan markaz yoki O‘rta Turkiya. Markaziy Anatoliyaning 14 viloyatini o‘z ichiga oladi va 4 tadan viloyatlari Qora dengiz va O‘rta dengiz sohillarida joylashgan. Rayonning umumiy maydoni 300 ming km 2 , ya`ni mamlakat hududining 2/5 qismi. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i qishloq xo‘jaligidir. Bu rayonga Turkiya ekin maydonlarining yarmidan ko‘prog‘i (52%), mayda va yirik shoxli mollarning 40%ini tashkil etadi. Ichki viloyatlarda dehqonchilikning asosini don xo‘jaligi, chekkalarda esa texnika va bog‘-poliz ekinlari tashkil qiladi. Rayon o‘zining ichki ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki donning katta qismi g‘arbiy iqtisodiy rayonga chiqariladi. Texnika ekinlari, mevalar va uzumning katta qismi eksport qilinadi. Shuningdek, qo‘y junlari, angor echki junlari, tirik molar eksport qilinadi.
O‘rta Turkiyada qisman qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudalari, oltingugurt, xromitlar, ruh rudalari, boksitlar, simob, osh tuzi konlari topilgan va ishga tushirilgan.
O‘rta Turkiyaning sanoati ishlab chiqarish hajmi jihatidan 2-o‘rinni egallaydi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar hamma joyda uchraydi: un tegirmonlari, sabzavot-go‘sht konservalovchi, pishloq, yog‘, shakar, pivo, vino, tamaki korxonalari. Rayonning janubiy shaharida to‘qimachilik sanoati tashkil qilingan. Iskenderondagi yirik metallurgiya zavodidan tashqari Anqara, Kayseri, Konya, Kirikkala, Sivas shaharlarida ham kichik metallurgiya korxonalari bo‘lib, qora metallurgiyaga bo‘lgan mahalliy ehtiyojni qondiradi.
Umuman agrar-sanoat Markaz korxonalarida ishchilarning ¼ qismi to‘plangan va sanoat mahsulotlarining 24%ini beradi.
Bu iqtisodiy rayon mamlakatning o‘rta qismini egallab, transport aloqalarida katta rol o‘ynaydi. Kenglik va uzunlik yo‘nalishida rayon hududida temir yo‘llar va yuqori sifatli shosse yo‘llar kesishib, o‘rta Turkiyaning dengiz darvozalariga chiqish yo‘liga ega: O‘rta dengizdagi Mersin va Iskenderon, Qora dengizdagi Samsun va Inebol.
Agar O‘rta Turkiyaning ichki tekislik qismi mamlakatning boquvchisi bo‘lsa, janubiy sohilbo‘yi esa uning asosiy eksportyori va chet el valyutasi keltiradigan qismidir. Bu yer ahamiyati jihatidan (G‘arbiy Anatoliyadan keyin) Turkiya turizmining 2-markazi hisoblanadi.
O‘rta Turkiyada 9 ta shahar bor. Bu Anqara, Adana, Gaziantep, Konya, Kayseri, Samsun, Sivas, Mersin, Marash.
Konya – yirik transport bo‘g‘ini va rayonning don va chorvachilik savdo markazi. Shaharda mahalliy xom ashyoni qayta ishlovchi bir qator mayda va yirik korxonalar bor: go‘sht kombinati, shakar, sut, sement, g‘isht, keramika, chilangarlik zavodlari.
Konya dunyoning qadimiy shaharlaridan biri hisoblanadi. Rayon markazi – Anqara shahri. Anatoliyaning deyarli markazida joylashgan. 1923-yilning oktabrida Turkiya respublikasining poytaxti deb e’lon qilindi. Shahar mamlakatning sanoat, savdo, madaniy markazidir. Anqaradan 70 km sharqda Kizikkala shahri joylashgan. Bu ikkala shahar birgalikda sanoat bo‘g‘inini tashkil etadi.
Kayseri shahri rayonning savdo va sanoat markazidir. Bu shahar qo‘lda to‘qilgan Turkiya gilamlari ishlab chiqaruvchi markazlardan biridir.
Sivas shahrida mebel va gilamchilik ustaxonalari bor.
Adana mamlakatning sanoat markazi, ya’ni ip-gazlama sanoat markazi hisoblanadi.
Mersin O‘rta dengzining port shahridir. Shaharda neftni qayta ishlovchi, avtoyig‘uv, mineral o‘g‘itlar zavodlari bor. Shuningek, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Agrar Sharq iqtisodiy rayoni. Bu rayon 22 ta viloyatni o‘z ichiga oladi. Rayonning eng chekka shimolida choy, sitrus, janubda esa zaytun va uzum yetishtiriladi. Vodiylarda paxta, sholi yetishtiriladi. Yassi tog‘liklarda don ekinlari va sabzavotlar yetishtiriladi. Rayon iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi va chorvachilik asosiy o‘rinni egallaydi.
Rayon o‘zining funduk yong‘og‘i, choy va pista (xandon)si bilan mashhurdir.
Diyorbakir – rayonning ma’muriy, iqtisodiy markazi. Bu yerda oziq-ovqat korxonalari, gilamchilik fabrikalari bor.
Erzurum – rayon shimoliy qismining markazidir. Bu yerda metall va yog‘ochni qayta ishlovchi zavodlari mavjud. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Elyazig sanoatlashgan shahardir. Unda to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, sement sanoat korxonalari bor.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. Алиев М. Г. , Ишанходжаева Д. А. , Хачиев Г. А. Экономи ка и финанс ы регионов мира в цифрах сравнения. – Т. , 2003.
2. Вавилова Е. В. Экономическая и социальная география мира. Учебное пособие. – М. , 2006.
3. Soliyev A . , Muhammadaliev R . . Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asoslari. –T., 2005.
4. Soliyev A., Ahmedov E., Muhammadaliyev R. va b. Mintaqaviy iqtisodiyot. O‘quv qo‘llanma. – T. : Universitet, 2003.
5. Социально – экон омическая география зарубежного мира. Под ред В. В. Вольского –М.: Крон-пресс, 2003.
6. Социально – экономическая география зарубежного мира. – Дрофа , 2001.
7. Энциклопедический справочник Страны мыра. – Смоленск : Русич , 2002.
8. Страны и на роди. Восточная и централная Азия. –М.: Мысль 1982.
9. Страны и народи Юго-Восточная Азия. –М.: Мысль, 1982.
Erkaklar tashqi kiyimlari O’zbekiston bo’yicha
Erkaklar tashqi kiyimlari O’zbekiston bo’yicha – Glotr.uzdagi eng yaxshi takliflar
Internetdagi savdo maydonchamizda siz O’zbekiston bo’yicha taklif qilingan Erkaklar tashqi kiyimlari kategoriyasidagi mahsulotlarni tez, oson va qulay sotib olishingiz mumkin. Saytda xarid qilish uchun maqbul shartlarga ega eng yaxshi takliflar mavjud. O’zbekiston bo’yicha Erkaklar tashqi kiyimlari kategoriyasidagi mahsulotlarini sotadigan kompaniyalar arzon narxlar, tezkor yetkazib berish va xaridorga foydali bo’lgan boshqa imkoniyatlarni taklif qiladi.
Bu yerda siz O’zbekiston bo’yichagi Erkaklar tashqi kiyimlari uchun eng maqbul narxni topasiz, bu sizning xarajatlaringizni iloji boricha kamaytiradi. Bundan tashqari, izohlarning mavjudligi va fotosurat bilan O’zbekiston bo’yichagi kategoriya qisqacha tavsifi sizga taklif qilinayotgan mahsulot haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.
Glotr.uz onlayn-savdo markazi O’zbekiston bo’yichagi Erkaklar tashqi kiyimlari kategoriyasidan biron narsani sotmoqchi bo’lganlar uchun qulay va foydalidir. Loyiha har bir biznes vakiliga maqsadli auditoriyani kafolatlangan ishtirokisiz bepul o’z sahifalarini yaratishga imkon beradi. Bu erda siz fotosurat qo’yishingiz va O’zbekiston bo’yicha Erkaklar tashqi kiyimlari seriyasidagi mahsulotlar narxlarini ko’rsatishingiz, shuningdek boshqa sotuvchilarning o’xshash takliflari to’g’risida ma’lumot olishingiz mumkin.
Glotr.uz yordamida O’zbekiston bo’yicha Erkaklar tashqi kiyimlari kategoriyasidan mahsulotlarni sotish va sotib olguncha siz juda qulay va foydali imkoniyatga ega bo’lasiz.!
Boshqa kategoriyalar
- Yotoq garnituralari
- Emal
- Qisqichlar
- Ko’p simli kabellar va simlar
- Gaz plitalari
- Changyutgichlar
- Ruxlangan quvurlar
- Yengil avtomobillar uchun moylar
- Yorqin shiftlar
- Sayding
- Dazmollar
- Uch qutbli avto ajratgichlar
- Elektr tarmog’i kabellari
- Devorga o’rnatilgan ajratgichlar
- Printerlar
- Shamollatish uskunalari
- Akustika tizimlari
- Smart-soatlar
- Aylantiruvchi nasoslar
- To’liq komplektdagi kompyuterlar
Turk kiyim markalari
Ayol kiyimlarining turk brendlari moda ayollarining ko’pchiligida talab va talabga aylanib bormoqda. Ushbu mahsulot sifatini, zamonaviy va joriy modellarini targ’ib qiladi.
Tashqi kiyim – Turkiya – Belgilar .
Agar siz ayollar kiyimlarini ishlab chiqaradigan barcha firmalar bilan tanishsangiz, unda ular juda ko’p vaqtni ro’yxatga olishlari kerak bo’ladi, lekin biz ayollarning yarmiga talab katta bo’lgan eng mashhurlarni ta’kidlashimiz mumkin.
Turk ayol kiyimlari toifalari ro’yxati
- Ayollar kiyimining turkcha markasi Mix Fox. Liboslar uslubi juda yorqin va to’ydir, 25 yoshgacha bo’lgan qizlar o’rtasida talab.
- Balizza turk brendi. Ipak, mo’yna va rinstones bilan kechki va kokteyl ko’ylaklarini tayyorlashga ixtisoslashgan. Shuningdek, ushbu brendning to’plamlarida ayollik va go’zallikka urg’u berilgan oqlangan liboslar mavjud.
- Turk kiyim markasi Collezione. Ushbu kompaniyaning liboslari sport-yoshlik yo’nalishlariga ega. Zamonaviy va qulay ko’rinishga intilgan o’smirlar uchun sifatli narsalar.
- KoToN ayollar kiyimining turk brendidir. Barcha to’plamlar juda zamonaviy va yorqin. Ushbu brendning liboslari yosh qizlar va moda va ayollarga qarashni yaxshi ko’radigan etuk ayollar tomonidan afzallik beriladi.
- Turkiyaning markasi Colin. Ushbu kompaniya kiyimlari 1983 yildan buyon taniqli va mashhur bo’ldi. Bu sifatli va qulay narx. Bundan tashqari, u mashhur turk kiyim markalaridan biridir. Ularni alohida ta’kidlashni xohlaydigan yoshlar, shuningdek, qulaylik va amaliylikni qadrlaydigan etuk ayollar ko’proq sevadi.
- Turkiyaning “Blue Jeans” brendi. Xalqaro bozorga kirgan brendlardan biri. Asosiy mutaxassislik – jinsi moda . Shu bilan birga, bu markaning jinsi narxi Levi ning narxiga tenglashtirilishi mumkin.
Modani belgilaydigan turk brendlari
Albatta, Turkiyaning kiyim markalari ro’yxati juda katta. Oksxo, Txist, Elfe va boshqalar kabi ayollar moda ixtisoslashgan kompaniyalar bor. Turkiyadagi kiyimlar tovarlariga “Gizia”, ”Kiki Riki”, “Adilisik” ham qo’shilish mumkin.
Qiziqarli malumotlar
Erkaklar tashqi kiyimlari O zbekiston bo yicha