ERITROTSITLARNING CHOʻKISH TEZLIGI

ERITROTSITLARNING CHOʻKISH TEZLIGI

ERITROTSITLARNING CHOʻKISH TEZLIGIqon plazmasidagi oqsil komponentlarining oʻzaro nisbati va turli kasalliklarda eritrotsitlar soni va hajmi oʻzgarishlarini aniklaydigan diagnostik koʻrsatkich. Bunda qon biror antikoagulyant (mas, natriy sitrat) bilan aralashtirilib, millimetrlarga boʻlingan shisha kapillyar nayga olinadi. Qon ikki qism: pastki qism (choʻkmasi) — shaklli elementlarga, ustki qism — plazmaga ajraladi. Bir soatdan soʻng nayning pastki qismida choʻkkan eritrotsitlarning balandligi oʻlchanadi. Eritrotsitlarning choʻkish tezligining erkaklar uchun 3—10 mm soat, ayollar uchun 3—14 mm soati normal hisoblanadi. Eritrotsitlarning choʻkish tezligining kuchayishi yalligʻlanish bilan kechadigan jarayon (mas, pnevmoniya, sil, revmatizm, sepsis), shuningdek, toʻqimalarning yemirilish kasalliklari (miokard infarkti, oʻsmalar va boshqalar)da kuzatilib, bunda qon plazmasidagi fibrinogen, gammaglobulin va boshqalar miqdori koʻpayadi. Homiladorlik davrida ham Eritrotsitlarning choʻkish tezligi ortadi.

Ensiklopediya.uz
ERITROTSITLARNING CHOʻKISH TEZLIGI