Eng kitobxon millat bo‘la olamiz(mi)
Yakunda 1-2-3-o`rinlarni egallagan o`quvchilar “Eng yaxshi kitobxon o`quvchi” tanlovi g`olibi deb topildi va tashkilotchilarning esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Eng yaxshi kitobxon o`quvchilar aniqlandi
Barcha ta`lim muassasalarida hozirgi zamon yoshlarini kitob mutolaasiga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish, kitob orqali bolalarimizning dunyoqarashini kengaytirish, o`quvchilarni ko`proq kutubxonalarga jalb qilish, ma`naviy tushunchalarni boyitib borish, adabiy merosga bo`lgan mehrni shakllantirish maqsadadida har yili o`tkaziladigan mazkur tanlovning ilk bosqichida 250 mingga yaqin o`quvchilar ishtirok etdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Tanlov uch bosqichda 5-9 sinf o`quvchilari o`rtasida tashkil etildi. Dastlabki maktab bosqichidan tumanga va undan yakuniy viloyat bosqichiga chiqqan o`quvchilar o`zlarining mutolaa qilgan kitoblari ro`yxatini tuzib chiqdilar.
Tanlov shartlariga binoan o`quvchilar tahsil olayotgan ta`lim muassasasidagi kutubxona haqida so`zlab berish barobarida hakamlarning o`zbek adabiyotiga oid savollariga javob berdilar. Kitobxonlar o`zlari o`qigan asarlarda ilgari surilgan g`oyaning dolzarbligi, mazmun-mohiyati va o`quvchi-yoshlarning tarbiyasidagi o`rni haqida gapirib berdilar. Shuningdek, ular bolalar qalbida kitobga nisbatan mehr va muhabbat uyg`otish uchun nimalar qilish kerakligi xususida o`z konsepsiyalarini ko`rsatib berdi.
Yakunda 1-2-3-o`rinlarni egallagan o`quvchilar “Eng yaxshi kitobxon o`quvchi” tanlovi g`olibi deb topildi va tashkilotchilarning esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Eng kitobxon millat bo‘la olamiz(mi)!?
GfK xalqaro tadqiqot instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2016 yili dunyoning eng kitobxon millati xitoyliklar bo‘lishdi. So‘rovnomaga javob bergan xitoyliklarning 70 foizi har kuni yoki har haftada aqalli bir marta kitob o‘qishini ta’kidlagan. Ikkinchi o‘rinni rossiyalik (59 %), uchinchi o‘rinni ispaniyalik (57 %) kitobxonlar egallashdi. Ushbu institut tomonidan avvalgi yillarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, hindistonliklar (haftasiga 10,7 soatni kitob o‘qishga sarflaydilar), tailandliklar (9,4 soat) va xitoyliklar (8 soat) eng ko‘p kitob o‘quvchi davlatlar reytingida peshqadam edilar.
Bizda-chi? Aholimizning qancha qismi har kuni yoki haftasiga aqalli bir marta kitob o‘qiydi? Haftasiga qancha soatni kitob o‘qishga sarflaymiz? Menimcha, umumiy aholiga nisbatan natijalarimiz qoniqarli chiqmasa kerak…
Jamiyatimizda kitobxonlikning yuksalishiga to‘sqinlik qiluvchi bir qancha sabablar mavjud:
– kitob mahsulotlarining nisbatan qimmatligi (rivojlangan davlatlarda oylik daromad miqdoriga nisbatan kitobga sarflanadigan mablag‘ foizi kam);
– har tomonlama professional nashriyot va matbaa korxonalarining kamligi (qog‘oz va matbaa mahsulotlari va texnikasini erkin import qilish, o‘zaro raqobatning o‘sishi kitoblarning narxi va sifatiga ijobiy ta’sir etadi);
– imlo bilan bog‘liq muammolar «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida»gi Qarorga ko‘ra, yangi alifboga bosqichma-bosqich o‘tilib, bu ish 2010 yilning 1 sentabriga qadar to‘liq tugallanishi kerak edi. Amalda esa hamon kirill yozuvidan foydalanyapmiz. Orada kirill va lotinda o‘qiydigan avlodlar orasida tafovut paydo bo‘lgan)…
“Ochiq kutubxona” tashkil etamizmi?
Hozir kitobxonlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Bir ma’lumotni qidirish uchun soatlab ensiklopediya titkilashga hojat yo‘q. Internetga kirib, istalgan ma’lumotni soniyalar ichida topish mumkin. Elektron kutubxonalar tashkil etilishi bilan kitoblarni ham qisqa muddatda qo‘lga kiritish va mutolaa qilish osonlashdi. Avvalgidek kutubxonaga borish, a’zo bo‘lish, kitobga buyurtma berish, topib olib kelgunlarigacha kutish, rasmiylashtirish kabi vaqttalab dahmazalarga hojat qolmadi.
Albatta bu jarayon kutubxonalarga boruvchilarning kamayishiga ham sabab bo‘ldi. Nima qilish kerak? Agar kitobxon kutubxonaga kelmasa, kutubxona kitobxonlarga borishi kerak. Dunyoning eng katta kutubxonalari kitob fondlari elektronlashtirilib, onlayn o‘qish imkoniyati taqdim etilgan. Yaqinda Turkiyadagi barcha qo‘lyozma asarlardan nusxa ko‘chirish bepul bo‘lganligi xabari tarqatildi. Kutubxonalar va jamoat tashkilotlari shahar va qishloqlarning gavjum joylarida, transport bekatlarida mutlaqo bepul xalq kutubxonalarini tashkil etmoqdalar.
O‘tgan yili ozarboyjonlik hamkasblarim ajoyib yangilikni yetkazishdi. Qardoshlarimiz davlat kutubxonasidan ayri holda, turli qog‘ozbozlikdan xoli, haftaning 7 kuni, 24 soat faoliyat yuritadigan xalq kutubxonasini ochibdi. Kutubxona Boku shahrining Xoqoniy ko‘chasida, soya-salqinda joylashgan. Xiyobonda kitob javonlari o‘rnatilgan. O‘qish va muloqot uchun qulay kursilar joylashtirilgan. Kechasi fonus yorug‘ida mutolaa qilish mumkin.
“Men o‘qidim, sen ham o‘qi” shiori ostida faoliyat yurituvchi bu mo‘’jaz ziyo maskaniga Ozarboyjon milliy kutubxonasi dastlab 1500 kitob taqdim etgan. Hozirda kitoblar soni 4000 ga yetibdi.
Kutubxonadagi turli mavzulardagi kitoblarni istalgan payt borib o‘qish, uyga vaqtincha yoki doimiy olib ketish mumkin. Uyga olish uchun siz ham kutubxonaga bir kitob taqdim etishingiz kerak. Shuningdek, o‘qib bo‘lingan kitoblarni ham ochiq kutubxona fondiga hadya qilish mumkin.
Bu maskanda mualliflar, olim va yozuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, imzo kunlari tashkil etilar ekan.
Menimcha, bizda ham bu loyihani qo‘llab ko‘rsa bo‘ladi. Hozir aksar taraqqiy etgan davlatlarda xalqni bosma kitoblar o‘qishga qaytarish maqsadida mana shunday bukkrossing harakati kengaymoqda.
Bizga kitoblar shahri kerakmi?
So‘nggi yillarda yurtimizda katta kitob majmualarining ochilishi barchani quvontirmoqda. Mana shu kitob do‘konlarini sifatli va kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirish davr talabidir. Kitobxon do‘konga kirib adashib qolishi kerak, kunlab qolib ketishi kerak, kerakli barcha adabiyotlarni topa olishi shart. Avvallari choyxonalar jamiyatning kitobga bo‘lgan ehtiyojini ham qondiradigan maskan bo‘lgan ekan. Aynan choyxonalarda navoiyxonlik, bedilxonlik, sa’diyxonliklar bo‘lganini manbalarda ko‘p o‘qiymiz. Hozirgi zamonaviy kitobxonalarga borish ham aholining kundalik hayot tarziga aylanishi kerak.
AQShning Portlend shahriga borganimda “Powell’s kitoblar shahri” deb nomlanuvchi majmuani ko‘rib, hayratlangandim. Butun bir kvartalni egallagan, 3 qavatdan iborat ushbu ziyo saltanati AQShdagi eng katta kitob do‘konidir. “The Washington Post” gazetasining yozishicha, “Powell’s kitoblar shahri” ingliz dunyosidagi eng yaxshi va eng katta kitob do‘konlaridan biridir. Bu yerdan istalgan mavzudagi yangi va eski kitoblarni topish mumkin. Istalgan kitobni olib, shu yerning o‘zida xohlagancha o‘qish mumkin.
Do‘konda 4 milliondan ortiq kitob sotiladi, kuniga 3000 eski kitob sotib olinadi. Kitoblar mavzusiga ko‘ra, 9 ta zal, 3500 ta bo‘limga ajratilgan. Har bir zalda kitobni elektron tarzda qidirish uchun kompyuterlar o‘rnatilgan. Telefonlar uchun ham maxsus ilova dasturi mavjud bo‘lib, u orqali ma’lum kitobni qaysi bo‘limdan topishni aniqlash mumkin. 50 nafardan ortiq xizmatchilar sizga kitob topishda yordam berishadi. Do‘konni aylanib chiqishga yarim kun ketdi, shunda ham barcha bo‘limlar bilan tanishib chiqishga imkon bo‘lmadi. Asosiy va o‘zimga qiziq bo‘lgan bo‘limlarni ko‘rib chiqdim.
Islom bo‘limida 1000 ga yaqin kitob mavjud. Bo‘limda Imom Termiziy rivoyat qilgan ushbu hadis yozib qo‘yilgan: “Agar siz faqirlarni sevsangiz va ular bilan yaqin bo‘lsangiz, Qiyomat kuni Alloh ham sizni O‘ziga yaqin qiladi” (1376-hadis ma’nosi). Jaloliddin Rumiy uchun ham alohida bo‘lim ajratilgan. Sayohatlar bo‘limidan O‘zbekiston haqida ham uchta kitob topdim. Lug‘atshunoslik, ensiklopediyalar, bolalar uchun kitoblar bo‘limida ko‘proq qoldim. Bolalarning intellektual shakllanishi uchun ajoyib kitoblar mavjud ekan.
Ba’zi kitoblar ikki xil: arzon va qimmat variantda chop etilarkan. Qimmatroq variantining muqovasi qattiq, yaltiroq, qog‘oz sifati ham a’lo. Arzonroq variantdagi kitobning muqovasi yumshoq, qog‘ozi sariq, lekin hamyonbop — qimmat versiyadan 2 barobar arzon. Bizdagi nashriyotlar ham ushbu tajribani amalda qo‘llab ko‘rishsa, kitobxonlikni rivojlantirishga yana bir turtki bo‘lardi.
«Bir mamlakat — bir kitob»: hatto qamoqxonalarda ham o‘qishmoqda
Yaqinda Qozog‘iston Respublikasining poytaxti Ostona shahrida «O‘qiyotgan dunyoda kitobxon millat» xalqaro simpoziumida ishtirok etdim. Butun dunyodan 400 nafar ziyolilarni jamlagan ushbu anjumanda «Mutolaa va tafakkur», «Bolalar va yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish», «Biz nega o‘qiymiz?» kabi mavzularda qiziqarli ma’ruzalar, «Milliy axborot siyosati va xalqaro hamkorlik jarayonida milliy kutubxonalar», «Kutubxonalar va muzeylar: ularning jamiyatdagi roli», «Bolalar adabiyoti va zamonaviy ta’lim: tendensiyalar va istiqbollar», «Jahon axborot tarmog‘idagi manbalar integratsiyasi» mavzularida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston Respublikasi Milliy akademik kutubxonasi direktori o‘rinbosari Aliya Kojabekovaning aytishicha, Qozog‘istonda 2007 yildan beri «Bir mamlakat — bir kitob» aksiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda ekan. Bunda bir yil davomida butun mamlakat bo‘yicha bitta kitob targ‘ib qilinadi va hamma o‘sha kitobni o‘qiydi, muhokama qiladi. Abaydan boshlangan loyiha orqali 11 yildan beri qozoq ziyolilari asarlari xalqqa tanitib borilmoqda. Yozuvchi-shoirlar, olimlar, jamoat arboblaridan iborat komissiya har yili o‘qiladigan muallif va uning kitobini belgilab beradi. Dastlabki yili bu loyihada 70000 kishi ishtirok etgan bo‘lsa, so‘nggi yilda 3 million kishi qatnashibdi.
— Informatsion qamrov kuchaygan zamonda bunga osonlikcha erishib bo‘lmaydi, — deydi Aliya Kojabekova, — Mamlakatdagi har bir kutubxona yil kitobini targ‘ib etishga hissa qo‘shmoqda. Turli konferensiya, tadbirlar, ma’ruzalar, tok-shoular, teatr postanovkalari, tanlovlar tashkil etamiz. Asarning elektron versiyasini turli formatlarda (matnli, ovozli) tayyorlaymiz. Maxsus mobil ilova tashkil etganmiz. Shahardagi barcha avtobus bekatlarida ilova QR-kodlarini joylashtirganmiz. Respublika radiosida har hafta 1 soat jonli efirda kitobxonlikni targ‘ib qilamiz. Yil kitobi bo‘yicha fleshmoblar o‘tkazamiz. Dastlabki yillari bu aksiya faqat kutubxonalar doirasida bo‘lgan edi. Hozir uning qamrovi butun mamlakatga yoyildi. Hatto qamoqxonalarda ham o‘qishmoqda.
O‘ziborar kutubxona
Menga Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi milliy kutubxonasi tashkil etgan «adabiy piknik» tajribasi ham ma’qul keldi. Kutubxona direktori o‘rinbosari Mariya Andreyevaning aytishicha, respublikaning ko‘p hududlarida internet mavjud emasligi sababli kutubxonalarga ehtiyoj katta. “Adabiy piknik” loyihasi orqali ular ulus(tuman)lardagi qishloqlarga ko‘chma kutubxonalarni olib borib, adabiy tadbirlar o‘tkazishmoqda ekan.
— Ochiq osmon ostidagi kitob muzeyida o‘quvchilar orasida eng yaxshi kitobxon, eng yaxshi yosh shoir, yozuvchi va tarjimonlar tanlovlarini, yangi kitoblar taqdimotini, asarlar muhokamasini o‘tkazamiz. Yana respublikamiz ziyolilari, davlat va jamoat arboblari tomonidan o‘qilishi shart bo‘lgan 100 ta kitob ro‘yxati tuzib chiqilgan. Ushbu kitoblarning barchasi elektronlashtirilgan va kutubxonamiz saytida taqdim etilgan. Hozirda Saxa Respublikasi Rossiyadagi eng kitobxon regionlar beshligiga kiradi, — deydi Mariya Andreyeva.
Eng kitobxon shahar bo‘lish sari
Astananing diqqatga sazovor joylari va deyarli barcha transport bekatlarida «Astana – Bilimland» onlayn-loyihasi ijtimoiy reklamasini ko‘rib quvondim. Bu loyiha «WikiBilim» fondi tomonidan Astana shahri hokimiyati ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lib, qozoq tilidagi barcha adabiy va ilmiy adabiyotlarni elektronlashtirib, xalqqa bepul taqdim etishni maqsad qilgan.
Hozirda 10000 dan ortiq kitob (1500 audiokitob, 400 audioertak) raqamlashtirilib, E-PUB formatda tayyorlanibdi. 150000 so‘z va birikmalardan iborat qozoq tili universal lug‘ati ham loyihaga biriktirilgan. Asar mualliflari va huquq egalari bilan uni bepul havola etish bo‘yicha kelishuvlar olib borilmoqda ekan.
Loyiha tashkilotchilarining aytishicha, «Astana – Bilimland» xizmatidan foydalanish uchun internetga ulangan mobil qurilma bo‘lsa kifoya. Bekatlardagi bannerlarda joylashgan QR-kodni faollashtirish orqali kitobni telefonga saqlab olish mumkin. Shuningdek, mobil ilovani o‘rnatib, kitoblarni audio formatda eshitish va internet yo‘q bo‘lgan paytda ham foydalanish mumkin.
Yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydimi?
Ko‘pincha katta avlod vakillaridan “yoshlar kitob o‘qimay qo‘ydi” degan tanbehni eshitamiz. Yaqinda bosma kitoblarni elektron kitoblardan judayam qizg‘onuvchi bir ziyoli akamiz e’tirof etib qoldi: “Metroda, avtobusda yoshlar telefoniga termulib, nuqul o‘yin o‘ynaydi, deb o‘ylarkanman. Keyin kuzata boshladim. Telefonida kitob o‘qib ketadigan yoshlar ham ko‘p ekan”.
Ba’zi katta yoshli ziyolilar orasida internet va elektron kitoblardan hayiqish hali ham mavjud. Mutolaaning shakli o‘zgangani bilan sifati o‘zgargani yo‘q. Aksincha, keyingi yillarda informatsiya miqdori keskin ortib, mutolaa ham ortayotganini statistika ko‘rsatmoqda. Dunyodagi eng katta kitob sotuvchi kompaniya — Amazonning xabar berishicha, hozirda dunyoda bestseller bo‘lgan kitoblarning 25 foizi hali nashriyotlar tomonidan chop etilmasdan turib mualliflar bevosita internetga joylagan asarlardir. Avval internetda mashhur bo‘lgan kitoblar bosma holida ham chop etilib, bestseller bo‘lmoqda. Dunyoda kitobi eng ko‘p sotilgan mualliflardan biri Paulo Koelo ta’kidlaganidek, “Kitoblarimning internetda elektron versiyasi tarqatilishi ularning bosma nashrini bestseller qildi”.
Bundan ikki yil avval Android tizimida ishlovchi telefonlar uchun nashriyotlarning yangi chiqqan kitoblarini sotib olib, o‘qishga mo‘ljallangan Kitobim mobil-ilovasini chiqargandik. Avvaliga rosa ikkilandik. Yoshlar elektron kitobni sotib olishmasa kerak deb hadikka tushdik. Ma’lum bo‘ldiki, O‘zbekistonda elektron kitoblarni sotib olib, o‘qish an’anasi shakllanibdi. Albatta, bu borada hali hal qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar oldinda.
O‘zbek tilidagi birinchi elektron kutubxona – www.ziyouz.com 2004 yili tashkil etilgan bo‘lib, hozirda portalda 9000 dan ortiq elektron kitoblar mavjud. Ularning ko‘p qismi noyob nashrlardir. 2016 yili Ziyouz portaliga 3,5 million kishi tashrif buyurdi, kitob va maqolalar 20 million marta o‘qildi. Android telefonlari uchun ham 20 dan ortiq kitob ilovalari chiqarilgan. Ularning har birini 50000 dan ortiq foydalanuvchi ko‘chirib olgan.
Ziyouz portali tomonidan kitobxonlikni targ‘ib etish bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar qilindi. Portalda doimiy ravishda kitoblar targ‘ibot qilinadi, mashhur kishilarning kitob mutolaasi bo‘yicha tavsiyalari berib boriladi. Yaqinda “Ziyolilar: kim nima o‘qiyapti?” deb nomlangan so‘rovnoma o‘tkazdik. Yurtimiz ziyolilaridan ayni kunlarda qanday kitob o‘qiyotgani so‘raldi va 120 dan ziyod javob olindi. Atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillari – millatimiz ziyolilarining javobini yoshlarga taqdim etdik. Endi “Yoshlar nima o‘qimoqda?” deb nomlangan so‘rovnoma o‘tkazmoqchimiz.
Yoshlar o‘qiyapti! Elektronmi, bosma kitobmi, muhimi — mutolaadan chekinmasak bo‘lgani! Shundagina eng kitobxon millatlardan biriga aylanishimiz muqarrar!
Elektron kitoblar, qog‘ozli kitoblar va audiokitoblar
Hurmatli kitobsevarlar, Kitobxon.com – elektron kitoblar kutubxonasiga xush kelibsiz! Mazkur sayt orqali Siz elektron va audio kitoblarni yuklab olishingiz hamda pochta orqali etkaziladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin.
Elektron kitoblar kutubxonasida adib va mualliflarning o‘zbek va rus tillarida nasriy va nazmiy asarlari – badiiy, ilmiy-tarixiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, monografiya va boshqa yo‘nalishdagi, bolalar va o‘quvchi yoshlar, talabalar va o‘qituvchilar uchun darslik, qo‘llanma, lug‘at va metodik tavsiyalar janrlar, toifalar va mualliflar bo‘yicha joylashtirilgan.
Elektron kitoblar bazamiz doimiy ravishda o‘zbek va jahon adabiyoti mualliflarining yangi badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlari, ma’lumotnoma, o‘quv qo‘llanma va hujjatli asarlari bilan to‘ldirilib borilmoqda.
Sayt orqali Siz bugungi kunda:
- elektron kitoblarni sotib olish va o‘qish (saytdagi onlayn-o‘qish, Android yoki Windows ilovalari orqali);
- MP3 formatida audio kitoblarni sotib olish va yuklab olish;
- O‘zbekiston bo‘yicha pochta orqali etkazib beriladigan qog‘ozli kitoblarga buyurtma berish imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Saytda o‘zingiz uchun sevimli, zarur va foydali bo‘lgan asarlarni albatta topa olasiz. Kitobxon.com – bu Sizning elektron kutubxonangizdir!
Noshir tashkilotlarni va barcha ijodkorlarni hamkorlikka chorlaymiz!
Hamkor mualliflar va nashriyotlarga minnatdorlik bildiramiz!
Janr va bo‘limlar
Badiiy adabiyot
- Bolalar adabiyoti
- Detektivlar
- Sarguzashtlar
- Fantastika, mistika, fentezi
- Romanlar, hikoyalar
- Ertaklar
- Drama va Tragediya
- She`rlar, nazm
- Klassika
- Qo´rqinch va Trillerlar
- Komediya, yumor va satira
- Qissalar, dostonlar
- boshqalar
Ma`lumotga oid adabiyot
- Yo´lko´rsatkichlar
- Lug´atlar
- Ensiklopediyalar
- Yo´riqnomalar
- Ma`lumotnomalar
- Aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar
- boshqalar
Uy va oila
- Sihat-salomatlik
- Sport, fitnes
- Ro´zg´orshunoslik
- Ishtiyoq-qiziquv
- Bolalar tarbiyasi
- Pazandalik
- boshqalar
Fan va ta`lim
- Qishloq xo’jaligi
- Irrigatsiya, suv ta’minoti
- Energetika
- Elektrotexnika
- Monografiya
- Arxitektura, qurilish, chizmalar
- G’oya, mafkura
- Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari
- Din asoslari
- Biologiya
- Botanika
- Ximiya
- Fizika
- Geografiya, geologiya
- Matematika, geometriya
- Til va lingvistika
- Tarix
- Huquqshunoslik
- Falsafa
- Sport va fizkultura
- Astronomiya, astrologiya
- Tibbiyot
- Psixologiya
- Zoologiya
- Jamiyatshunoslik
- Filologiya
- Ekologiya
- Informatika, kompyuter, internet, aloqa
- O´quv va metodik qo´llanmalar
- Pedagogika
- Buxgalteriya, moliya
- Iqtisod
- Darsliklar
- Biznes
- Ma`naviyat va ma`rifat
- boshqalar
- Maktab kutubxonasi
- Maktabgacha ta’lim
San`at
Xujjatli adabiyot
- Biografiya, Memuarlar, esse
- Geografiya, Yo´l xotiralari
- Xarbiy mavzu
- Tanqid
- Publisistika
- boshqalar
- Yoshlar ittifoqi
Gazeta va jurnallar
- Pedagog minbari
- Fantik – журнал современной фантастики
- Sharq tabobati
- Mushtum
- Gazeta “Kitob dunyosi”
- Turon tarixi
- Infolib
- O’zbekiston armiyasi
- Vatanparvar
- Inter futbol
- Guliston
- O’zbekiston adabiyoti va san’ati
- boshqalar
Qiziqarli malumotlar
Eng kitobxon millat bo‘la olamiz(mi)