Energetiklar bizni haqiqatdan energiya bilan ta’minlaydimi? haqida malumot

Energetiklar bizni haqiqatdan energiya bilan ta’minlaydimi? haqida malumot

Turli energetik ichimliklar tarkibida bir-biriga o‘xshash ingrediyentlar uchraydi. Ularning qaysi biri haqiqatdan organizmni tetiklashtiradi, qaysilari esa umuman foydasizligi haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

energetiklar

Kofein

Kofein — ko‘plab energetik ichimliklarning ingrediyenti hisoblanib, haqiqatda markaziy asab tizimi va yurak qon tomir faoliyatini stimullaydi.

Taurin

Taurin — bu inson va hayvonlarning to‘qimalarida uchraydigan organik aminokislota bo‘lib, u organizmda o‘zi sintezlanishi ham mumkin, go‘sht va baliq mahsulotlari orqali ham kirishi mumkin. Ichki a’zolarning normal ishlashi uchun kerakli bo‘lsa ham taurinning hech qanday energetik xususiyatlari tasdiqlanmagan.

Guarana

Janubiy amerikaning «liana» nomli yer mevasi kofeinga juda boy hisoblanadi. Agar energetiklar tarkibida «guaran» tutadi deb yozilgan bo‘lsa, «juda ko‘p kofein» mavjud deb hisoblash mumkin.

Glyukuronolakton

Glyukuronolakton – bu moda odam organizmida sintezlanadi ham va smola tarkibida ham mavjud. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlariga bu ingridiyentni qo‘shishiga qaramasdan enegetik effekti isbotlanmagan.

B guruhi vitaminlari

B vitamini energetiklar tarkibida turli shakllarda uchraydi (nikotin kislota, foliyev kislota, riboflavin yoki sianilkobalamin). Bu vitaminlar energiya almashinuvda muhim rol o‘ynaydi. Muammo shundaki, ularni iste’mol qilganda olinadigan effekt, faqat B gipovitaminoz holati mavjud bo‘lgandagina seziladi. Ya’ni B guruhi yetarli bo‘lgan kishi uchun bu xususiyat umuman foydasiz.

L-karnitin

Bu tabiiy aminokislota jigar va buyrakda sintezlanib, chidamlilikni oshiradi, charchoqni kamaytiradi. Ammo energetiklar tarkibida bu modda sezilarli effekt ko‘rsata oladigan miqdorda bo‘lmaydi.

Shakar

Energetiklar tarkibida shakarning ko‘pligi ish faoliyatini keskin ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Negaki glyukoza tana hujayralari uchun energiya manbai hisoblanadi. Ammo ortiqcha miqdorda shakarni iste’mol qilish «glyukoza zarbasi» effektini berishiga – energetik sakrashdan so‘ng tez orada toliqish hissini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Xulosa

Agar tetiklanishni istasangiz bir chashka achchiq kofe ichishni tavsiya etamiz. Bu energetikda kofein ortiqcha bo‘lmaydi, shakarni esa ta’bga qarab qo‘shishingiz mumkin. Zero, avvalgi maqolalarimizning birida shakarni «Qonuniy narkotik» deya atagan edik!

© Gepamed.uz

Kasalliklar
Energetiklar bizni haqiqatdan energiya bilan ta’minlaydimi?