Email

Email

Email

Email haqida yozganimdan keyin ko`pchilik manga
«Email nima uchun kerak?» degan savollar berishdi. Albatta, bizning madaniyatdan chiqishga ulgurgan va eskirgan texnologiyaga o`xshaydi. Keling shu haqida gapirib bersam.

Email uchun ko`pchilik jamoat saytlarini ishlatishadi, masalan gmail.com, mail.ru, yahoo.com, outlook.com, yandex.uz, yandex.ru va boshqalar. Email elektron xatlar uchun ishlatiladi. Shaxsiy va korxona uchun turlari mavjud.

Shaxsiy foydalanish uchun ochiq email xizmatlaridan foydalansangiz bo`ladi. Faqat asosiy email’ni ochishda, uning qo`shimcha imkoniyatlarini ham qarab chiqing. Qanday qo`shimcha qiymatlar bor?

1.
Spam filter — juda muhim narsa. Sizga bekorchi emaillar kelmasligini ta’minlaydi. Ko`p korxonalar o`zlari uchun email server ko`ratishadi. Ammo Spam filter bo`lmagani uchun ortiqcha (minglab) xatlar orasidan keragini topishga qiynalishadi.

2.
Alias — bitta email qutida birnecha manzildan xabarlarni qabul qilish. Bu korxona uchun ochilganida yaxshi ish beradi. Mison uchun men saidolim@yordam.uz ishlataman deylik. Bu emailga men saidolim.djuraev@yordam.uz, sd@yordam.uz kabi nomlarni ham ulay olaman. Buning foydalari ko`p, o`zim ishlatadiganlarimdan biri ijtimoiy tarmoqlarda sd@yordam.uz bilan ro`yxatdan o`taman. Shunga kelgan xatlarni qaysi Alias ga kelgani bilan saralab ola olaman.

3.
Filter — saralash. Ko`p vaqt email bilan ishlataningizdan keyin, sizning loyihalaringiz, uy yumushlaringiz, maktab va ta’lim kabi turli sohadagi turli joylardan xatlar kelishni boshlaydi. Masalan, manda farzandlarim maktablaridan keladigan emaillarni Filter qilib, alohida papkaga saralab qo`yganman. Agar aynan maktabga aloqador narsalarni ko`rib chiqishim kerak bo`lsa, maktab nomli papkani ochaman va faqat maktanga doir xatlarni ko`ra olaman. Huddi shunday ijtimoiy tarmoq, MyGov va Soliq kabi papkalarni ham yasab qo`yish mumkin.

4.
Vaqtinchalik email — ba’zida dasturingizni yasashda email manzil bilan test qilishingiz kerak bo`ladi. Iloji bo`lsa doim har xil email manzili bo`lishi kerak. Lekin barcha xatlar sizning manzilingizga kelishi kerak. Shugna siz qo`shimcha «vaqtinchalik» emali yasab, ishlatishingiz mumkin. MailRu buni Anonimayzer deydi.

5.
Avto-xabar — siz ta’tilga chiqdingiz. Endi 1 hafta xatlaringizni tekshira olmaysiz. Ammo barcha hamkorlarga buni aytish qiyin. Shunda siz avto-xabarni yoqib qo`ysangiz bo`ladi. Sizga kimdur xat yuborsa, avtomat ravishda «Uzr okajon, men dushanbagacha ta’tilda bo`laman. Dushanba soat 9:00 dan keyin maktublaringizni ko`ra olaman», -degan mazmunda maktub ketadi.

Buning qulay tomoni, sizga xat yozgan odam agar ishi zaril bo`lsa, boshqa odam orqali ishini bitiradi.

6.
Rejalashtirilgan maktub — siz ustozsiz. Har bir o`quvchingizga uning nazorat ishidan olgan bahosi va izohlaringizni yozib chiqmoqdasiz. Lekin barcha maktublar Dushanba kuni soat 8:30 da yuborilishi kerak. Buning imkoni bor. Telegramdan avval bor edi 🙂

Xat yuborish vaqtida «kechiktirib yuborish»ni tanlaysiz va sana/vaqt ni belgilaysiz. Saqlangan xat siz aytgan vaqtda yuboriladi.

7.
Kechiktirilgan maktub — ma’lumki email yuborilganidan keyin qaytarib yoki o`chirib bo`lmaydi. (Telegramda sizda ham oldin xabar yozib, keyin o`chirib tashlaydigan o`rtoqlaringiz bormi?) Yuborib bo`lib esa, xato qilganingizni yoki file ni yuklamaganingizni bilib qolasiz. Yana bir maktub yasab, qolib ketgan matn va file larni yuborish kerak bo`ladi.

Kechiktirish esa, siz sozlashlar orqali 10-15 soniyaga xatni ketishini kechiktirasiz. Yuborishingiz bilan biror xatosi sezsangiz, darxol oxirgi xabarni bekor qilib, kerakli narsalar bilan to`ldirib, keyin yuborsangiz bo`ladi. Manda bu ko`p bo`lib turadi. Rosa yordam beradigan narsa.

Bonus: File saqlash imkoniyati — kompyuter doim ham yoningizda bo`lmasligi mumkin, shu sababli ko`pchilik ishchi fayllarini emailda saqlashadi. Ammo Google Drive va Cloud Mail kabi file saqlash imkoniyati ham bor.

Manba:

Boshqalar
Email