Email. Korxonalar uchun

Email. Korxonalar uchun

Email. Korxonalar uchun

Korxonalar uchun undan ham ko`proq imkoniyatlar bor. Email manzil 2 turda bo`ladi. Biror xodim uchun mazil va bo`lim uchun manzil. Keling shundan boshlan tushuntiraman.

5. Xodim manzili — ko`p tizimlar aynan xodim uchun ochilgan manzilga tolov qabul qilishadi. Bu bitta xodim uchun ochilgan manzil. Bunga turli qo`shimcha nom (Alias) larni ulashingiz mumkin.

6. Bo`lim manzili — info@, finance@, support@ kabi manzillar shular jumlasidan.

Faraz qiling sizning moliya bo`limingiz bor. Ular uchun moliya@ deb manzil yasadingiz. Rahbar sifatida o`zingizni va Alisher ismli moliyachingizni qo`shdingiz. Oradan 1 yil o`tib, moliyachingiz almashdi. Endi nima qilasiz. Yangi xodim Botir moliyaga javob beradi. Siz endi Botirni moliya@ guruiga qo`shasiz, Alisherni esa olib tashlaysiz. Endi Botirga barcha eski xatlar ko`rinadi, Alisherda esa hammasi o`chib ketadi. Shu bilan siz ma’lumotlarni to`liq saqlanishini va faqat kerakli odamlar ishlatishini ta’minlaysiz.

Bu qilish mumkin bo`lgan bitta xolat xolos, bunday imkoniyatlar juda ko`p.

7. Guruh/Alias — yana shunday imkoniyat borki. Bitta manzilga kelgan xatni birnecha boshqa manzillarga yuborish mumkin. Bu ko`pincha yangilik va shunga o`xshash xabarlarni yetkazishga ishlatiladi.

Faraz qiling siz maktab direktorisiz. Siz barcha ustozlarga xabar yuborishingiz kerak. Siz 100 ta xodim email manzilini yozib chiqmaysiz, aksincha, ustozlar@ manziliga xat yuborsangiz, bu xat barcha ustozlarga shaxsiy xat bo`lib yetib boradi.

Bu bilan siz xat yuborishda vaqt tejaysiz va vaqti-vaqti bilan yangi ustozlarni qo`shish, ketganlarni chiqarib tashlashni ham boshqara olasiz. Eski xatlar yangi kelganlarga ko`rinmaydi.

Manba:

Boshqalar
Email. Korxonalar uchun