Elektr toki kuchi birligi — Amper

Elektr toki kuchi birligi — Amper

Elektr toki kuchi birligi — Amper

Tok kuchi va qarshilik uchun «Xalqaro birliklar» deb atalgan birliklar 1893-yilda Chikagoda o‘tkazilgan Xalqaro Elektr Kongressida tasdiqlangan va «Xalqaro amper« va «Xalqaro om« larning ta’riflari 1908-yildagi London kongressida qabul qilingan edi.

Garchi 8-O‘TXK da ham elektr sohasiga tegishli «Xalqaro birliklar« ning «Mutloq birliklar« bilan almashtirilishi yakdil ma’qullangan bo‘lsa hamki, bu faqat 9-O‘TXK (1948) da O‘TXI taklif etgan quyidagi ko‘rinishda qabul qilindi (1946, 2 -Rezolyutsiya; PV, 20, 129-137):

Amper — vakuumda bir-biridan 1 metr masofa uzoqlikda joylashgan cheksiz uzun va o‘ta kichik ko‘ndalang kesimga ega ikki parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har 1 metr uzunligida 2·107 Nyuton o‘zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchiga teng.

Bundan kelib chiqadiki, tarqalish muhitining magnit singdiruvchanligi nomi bilan ham ataladigan, magnit doimiysi — μ0 ning qiymati μ0=4π·10–7 Genri taqsim metrga aniq teng. μ0=4π·10–7 H/m.

1946-yildagi asosiy matnda ko‘rsatilgan «MKS kuch birligi» so‘zi bu joyda 9-O‘TXQ tomonidan tasdiqlangan «nyuton» so‘zi bilan almashtirildi. (1948, 7-Rezolyutsiya; CR, 70).

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

SI ning asosiy birliklari
Elektr toki kuchi birligi — Amper

Manba:orbita.uz