EKINLARNI EKISH

EKINLARNI EKISH

EKINLARNI EKISH — hosil olish uchun oʻsimlik urugʻini tuproqning yuqori qatlamiga joylash; asosiy afotexnika tadbirlaridan biri. Ekinlarni ekish usullari ekinlarning oziqlanish maydoniga, yorugʻlik va namga boʻlgan talabini, ekin parvarishini, birinchi navbatda, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlashni hisobga olgan holda tanlanadi. Sochib ekish — eng oddiy usul; bunda qoʻl bilan sepilgan urugʻ tuproq ustiga tushib, borona yoki mola yordamida turli chuqurlikka joylanadi. Qatorlab ekish (qator oratari 10—25 sm, koʻpincha 15 sm) — asosan, donli ekinlar yetishtirishda qoʻllaniladi. Qatorlab ekuvchi seyalka urugʻni egat tubiga tashlab, yumshoq tuproq bilan koʻmib ketadi, urugʻ bir tekis unib chiqadi. Tor qatorlab ekish (qator oralari 7—8 sm) — donli ekinlar, beda, zigʻir va boshqalar oʻsimliklarni ekishda qatorlab ekishga nisbatan koʻproq qoʻllaniladi. Bunda urugʻlar maydonda bir meʼyorda joylashadi. Keng qatorlab ekish (qator oralari 45 sm dan ortiq) — chopiq qilinadigan ekinlar (makkajoʻxori, qand lavlagi, kungaboqar, marjumak, ildizmevalilar va boshqalar)ni ekishda qoʻllaniladi. Lenta (tasma) shaklida ekishda lentalar orasidagi keng qatorlar tor qatorlar bilan almashinadi (sabzi, rediska va boshqalar shunday ekiladi). Uyalab ekishda har bir uyaga bir necha dona urugʻ tashlanadi. Nuqtalab ekish usulida urugʻ donalab bir-biridan maʼlum oraliqda ekiladi. Qattiq sovuq va qor kam boʻladigan mintaqalarda kuzgi ekinlar uchun egatga ekish usuli qoʻllaniladi; urugʻ egat tubiga ekiladi, egatga toʻplangan qor unib chiqqan nihollarni muzlashdan saqlaydi. Ekinlarni ekish asosan. seyalkalar, baʼzan samolyotlar bilan (mas, saksovul urugʻlari) amalga oshiriladi.

Ensiklopediya.uz
EKINLARNI EKISH