DZIMMU — yapon imperatorlarining afsonaviy ajdodi, quyosh maʼbudasi Amaterasu avlodi. Rivoyatlarga koʻra, mil. av. 660-y. D. taxtga oʻtirgan kun (11 fev.) hukumat qaroriga binoan 1873 — 1948-y. larda va 1967-y. dan imperiya (saltanat)ga asos solingan sana sifatida bayram qilinadi.