Dunyodagi eng yaxshi xakerlar: TOP 5 ta barcha zamon ustalari
90-yillarning o’rtalariga qadar xakerlarning mavjudligi haqida kam odam bilar edi. Odamlarning kichik bir qismi kompyuterlarga ega edi va hukumat tizimlariga buzib kirish haqidagi gaplar ilmiy fantastika kabi qabul qilinar edi.
Garchi ularning tarixi 70-yillarda birinchi shaxsiy kompyuterlar ommaga chiqarilgandan so’ng boshlangan bo’lsada, bosh qahramon Anjelina Joli bo’lgan «Hackerlar» filmining chiqishi bilan dunyo nihoyat «qattiqqo’l» yigitlar borligi haqida bilib oldi.
Hikoya dastlab qayg’uli yakun bilan tugaydi deb hech kim o’ylamagan. Dastlab Tiger team jamoasi AQSh hukumati dasturiy ta’minoti xavfsizligini baholashi kerak bo’lgan bir nechta dasturchilar to’pladi. Bugungi kunda bunday xakerlar «white hat» deb ataladi. Ularning maqsadi xavfsizlik darajasini baholash uchun tizimga hujum qilishdir.
Vaqt o’tishi bilan yomon xakerlar paydo bo’ldi — kulrang va qora xakerlar. Birinchisi o’yin-kulgi uchun, ikkinchisi esa foyda olish yoki tizimni yo’q qilish maqsadida xakerlik qiladi.
Bugun biz xakerlik hujumlari orqali o’z nomini qozongan va butun dunyoga tanilgan 5 xakerlik guru’lari haqida gaplashamiz.
№ 1. Aaron Shvarts
Aaron Shvarts axborot erkinligi uchun kurashgan dasturchi va ijtimoiy faol inson. Dasturlash olamining yosh dahosi Reddit ijtimoiy tarmog‘ining rivojlanishida ham ishtirok etgan. U bir necha yillardan beri barcha turdagi o’quv va axborot materiallaridan ochiq foydalanishni ta’minlash uchun kurashib kelmoqda.
2008 yilda u AQSh federal sudining ommaviy foydalanish xizmatidan juda ko’p hujjatlarni, 2010 yilda esa Massachusetsdagi eng yirik universitet kutubxonasidan 5 millionga yaqin ilmiy maqolani yuklab oladi.
Uning barcha harakatlari jinoyat deb hisoblangan va 2011 yilda Aaron hibsga olingan. Unga jiddiy ayblovlar qo’yilgan, jumladan 50 yillik qamoq va bir million dollar jarima.
2013 yilda dasturchi o’z joniga qasd qildi. U o’limidan so’ng 2015 yilda shaxsiy daxlsizlikka qarshi pozitsiyasi uchun Internet shon-shuhrat zaliga kiritildi.
№ 2. Jinson Jeyms Ancheta
Jinson Jeyms Ancheta — butun dunyo bo’ylab oddiy odamlar va yirik kompaniyalarning 400 000 dan ortiq kompyuterlarini qo’lga oladi va nazorat qiladi. Jinson bu ishlarini barchasini unga yaxshi pul keltiradigan reklama dasturlarini o’rnatish uchun va u keyingi hujumlar uchun boshqa xakerlarga «zombi kompyuterlarni» sotish uchun qilgan.
Oddiy foydalanuvchilarning kompyuterlariga kirish uchun yosh xaker dasturiy ta’minotni o’rnatuvchi sifatida ishga joylashgan.
O’zining xakerlik faoliyatida Ancheta odatiy «botnet» tarmoqlaridan foydalangan, shuning uchun u ulardan foydalanganligi uchun qamoqqa olingan dunyodagi birinchi odam bo’ldi. Qamoq muddati 5 yil edi. Yana Ancheta 75 ming dollar to‘lashi zarur bo’lgan.
№ 3. Kevin Poulsen
Kevin Poulsen yoki Dark Dante 17 yoshida UCLA tarmog’ini buzib kirgan. Ammo xavfsizlik xizmati yosh xakerni qamoqqa jo’nata olmadi, sababi u voyaga yetmagani bo’lgan. Ogohlantirishni olgach, Kevin ozodlikda edi. Hodisadan oldin ham, keyin ham u xakerlik bilan faol shug‘ullangan.
Kevinning asosiy sevimli mashg’uloti telefon tarmoqlarini buzish bo’lgan. Bu ishlariga qo’shimcha: hukumat resurslariga kiberhujumlar (masalan, Pentagon tizimlari — APRANet), telekonferentsiyaga kirish, telefonlarni tinglash va boshqalar kiradi. Qayerda maxfiy ma’lumotlar va qiziqarli «nishon» bo’lsa, o’sha yerda tushunib bo’lmaydigan Dark Dante bor edi. Eng mashhur jinoyatlardan biri Los-Anjelesdagi KIIS-FM radiostansiyasining buzib kirishi bo‘lib, buning natijasida xaker avtomobil va ko‘plab qimmatbaho sovrinlarni qo‘lga kiritadi.
№ 4. Maykl Kals
Maykl Kals bugungi kunda yaxshi fuqaro va xavfsizlik bo’yicha mutaxassis, o’tmishda esa kiberjinoyatchi. 2000-yil fevral oyida u dunyoning eng yirik kompaniyalari: Ebay, Amazon, Yahoo, CNN va Dellga qarshi bir qator DDoS hujumlarini (Denial of service — xizmat ko’rsatishni rad etish) uyushtirgan. U bu hujumni Revolta deb atadi, Revolta so’zi isyonni anglatadi. Xaker Yahoo-ni bir soat davomida to’liq o’chirib qo’yishga muvaffaq bo’ladi va uning uchun juda qiyin bo’lib chiqqan Dell’dan tashqari hamma tizimlar uzoqroq muddatga to’xtatildi.
Mayklning xatti-harakatlari jamoatchilikning noroziligiga sabab bo’ladi va bu ishlar kiberxavfsizlik dunyosida jiddiyroq qonunlarning o’rnatilishiga olib keldi.
Revolta hujumlari paytida Maykl 18 yoshda ham emas edi, shuning uchun unga atigi 8 oy qamoq jazosi berildi.
№ 5. Metyu Bevan va Richard Prays
Metyu Bivan va Richard Prays o’tgan asr oxirida bir nechta harbiy tarmoqlarga buzib kirgan va bir necha yil avval Pentagon tarmog’iga kirib borgan va Koreyadan yadroviy qurolga kirishni istagan 2 nafar britaniyalik o’smirlar edi. O’smirlarning «pranklari» tufayli xalqaro mojaro (urush xavfi) avj oldi. Ammo keyin negadir ulardan barcha ayblovlar olib tashlandi. O’smirlar kiberjinoyatlari maxfiy tizimlar xavfsizligini yaxshilash uchun turtki bo’ldi.
manba : itproger.com
Umumiy Dasturlash
Dunyodagi eng yaxshi xakerlar: TOP 5 ta barcha zamon ustalari