Dunyo tillari to’g’risida qiziqarli faktlar
KIY [kij — tayoq, hassa] — bilyard o‘yinida soqqalarni urib dumalatish uchun qo‘llaniladigan, uchi ingichka uzun tayoq.
Kursy
Bugungi kunda hech bo‘lmasa, bir chet tilini bilish — sizning ustunligingiz emas, balki zaruratga aylandi. Agar keyinchalik aksioma sifatida idrok etilsa, unda aynan qaysi tilni tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, ko‘pchilik uchun bu noaniq bo‘lib qolmoqda. Mazkur masalani to‘g‘ri hal etishga «www.kursy» saytimiz yordam beradi.
Qanday tillar ommaviy hisoblanadi?
Bugungi kunda eng ommaviy tillar bu jahon tillari deb ataladigan tillar — ya’ni, xalqaro darajada hamkorlik munoabatlarida muloqot qilinadigan tillardir. Yetakchi uchlikda birinchi o‘rinni, albatta, sayyoramizda rasmiy biznеs-tili— ingliz tili egalaydi. Undan keyingi o‘rinda tеxnika va moliyaviy nеmis, shuningdek, Fransiya yoki fransuzlar bilan ishlaydiganlar o‘rganishga intiladigan fransuz tili turadi (ma’lumki, mazkur mamlakat fuqarolari o‘z madaniyatlari va ona tiliga juda hayajon bilan munosabatda bo‘ladilar va ingliz yoki nemis tilidan ko‘ra, fransuz tilida muloqot qilgan hamkorlarni juda yuqori baholaydilar). Ko‘pchilik shunday o‘ylaydi va bu juda to‘g‘ri. Biroq har doim ham ko‘pchilikning fikri ish beruvchilar fikriga mos kelavermaydi. Doim ommaviylik samaradorlikka sinonim bo‘la oladimi?
Ingliz tilining dolzarbligiga gumon qilishning hojati yo‘q – barcha ma’lumotli zamonaviy inson bu tilni bilishi shart deb hisoblanadi. O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida hamkorlik munosabatlari mustahlanishi bilan ko‘plab yutdoshlarimiz nemiz tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratmoqdalar. Fransuz tilini o‘rganishga qiziqish masalasiga kelsak, uning ommaviyligi ko‘proq – tilni yoqtirish, mamlakat tarixini bilishga intilish yoki aytaylik, fransuz kompaniyasiga ishlash sababli individual zarurat bilan asoslanadi. Yetakchi uchlikka o‘z ommaviyligi bilan bir xil darajada bo‘lgan ispan va italyan tillari kiradi.
Dunyo tillari to’g’risida qiziqarli faktlar
Bugungi kunda dunyoda 6 mingdan ko’proq turli tillar mavjud. Ularning ichida eng murakkablari, eng keng tarqalganlari va boshqa yana ko’p “eng falon”lari uchraydi. Bu maqolada biz ayrim til rekordlari va qiziqarli faktlar bilan sizlarni tanishtiramiz.
Birlashgan Millatlar Tashkilotida atigi oltita rasmiy til mavjud: ingliz, fransuz, arab, xitoy, rus va ispan tili.
Murrey daryosining o’zanida yashovchi Avstraliyalik aborigenlarning tilida 1 soni“enea” deyiladi, 2 soni “petjeval” deyiladi, 5 soni esa sakkizta turli ibora bilan aytish mumkin, masalan “petjeval petjeval enea”.
Dunyodagi eng hajmli so’z “mamihlapinatapai” so’zi. U tahminan “buni qilishga moyil bo’lmagan lekin ikkala tomon uchun zarur narsani amalga oshirishni ikki tomondan biri taklif etishini kutish ilinji bilan bir biriga qarab turish” ma’nosini anglatadi.
Arab tilida so’zning boshida, o’rtasida va oxirida yozilishi turlicha bo’lgan 28 harf, ivritda – 5 harf, grek tilida bitta harf bor. Qolgan tillarda bunday harflar yo’q.
Sanalarning belgilashdagi AD bilan BC qisqartmalari Anno Domini (Iso Masih tug’ilishidan buyon) va Before Christ (Iso Masih tug’ilishidan avval) ma’nosini bildiradi.
Kubada “yangi rus”lar “masetos” deyiladi.
“Absurd” so’zi lotinchadan tarjima qilinganida “garangdan” ma’nosini anglatadi (ab surdo).
“Quyosh tutilishi” lotin tilida “defectus solis” bo’ladi.
Rojdestvo bayramining inglizcha qisqartma nomlanishi “Xmas” birinchi o’rinda lotincha “Iks” harfi emas, grekcha “xi” harfini ishlatiladi. U o’rta asrlardagi qo’lyozmalarda “Xristos” so’zining qisqartmasi sifatida ishlatilgan.
Papua Yangi Gvineya aholisi deyarli 700 tilda muloqot qiladilar (bu dunyo tillarning tahminan 15 foizini tashkil etadi). Ushbu tillar orasida qishloqlararo muloqot uchun ishlatiladigan mahalliy shevalar mavjud.
1940 yilda Dmitriy Nikolaevich Ushakov redaksiyasi ostida chop etilgan izohli lug’atda “Figli-migli” so’zi izohlab berilgan: «. rus tilida har qanday hazillar, takalluf ko’rsatgan, tinmay ko’z qisgan holda biror maqsadni ko’zlab xushomadgo’ylk qilish”ni anglatadi deyilgan.
Burjbelgilarining nomlanishi lotin tilida quyidagicha aytiladi: Dalv – Akvarius, Baliq – Pistses, Oven – Aries, Sigir – Tavrus, Egizaklar – Gemini, Qisqichbaqa- Kantser, Sher – Leo, Sunbula – Virgo, Tarozi – Libra, Chayon – Skorpius, O’qotar – Sagittarius, Tog’ echkisi – Kaprikornus.
“Ermitaj” fransuz tilidan tarjima qilinganida “yolg’iz qolish joyi”ni anglatadi.
“Zolushka” multfilmi polyak tilida “Kopciusezek” deyiladi.
“Simpozium” lotin tilidan tarjima qilinganida “birgalikda (xudo yo’liga) ichkilik ichish”degani demakdir.
Barcha alifbolarda bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng qadimiy harflardan biri –“O” harfi.
Dunyodagi eng uzun palindrom (ya’ni, o’ngi ham teskarisi ham bir hil o’qiladigan) so’z finn tilining “saippuakivikauppias” so’zi. U “shoyi sotuvchi savdogar” ma’nosini bildiradi
Rus tiliga Nikolay Mixaylovich Karamzin “sanoat” so’zini, Mixail Evgrafovich Saltykov-Shedrin- “landavur” so’zini, Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy esa – “xaspo’shlanmoq”so’zini olib kirib kelganlar.
Afrika qit’asida mingdan ortiqroq turli tillar mavjud. Shimoliy Afrikadagi berberlar qabilasining tilida esa xatto yozuv shakli ham yo’q.
Akan qabilasida xafta kunining nomlari quyidagicha aytiladi: djuda, beneda, munuda, yauda, fida, meneneda va kvasida.
Xitoy yozuvida “qiyinchilik, ko’ngilsizlik” ma’nosini anglatuvchi ieroglif bir tom ostidagi ikki ayol shaklida namoyon bo’ladi.
Almost (deyarli)– ingliz tilida alifbo tartibi bo’yicha joylashgan so’zlar ichidagi eng uzuni.
Fors tilidan kelib chiqqan “pijama” bilan “chemodan” so’zlarining o’zagi bir hil (“pi-joma”,“jomadon”).
Kyurasao orolining nomlanishi ispan tilidan so’zma-so’z tarjima qilinganida “qovurilgan ruhoniy” (cura asado) ma’nosini bildiradi.
Rus tiliga “bezdar”” (ist’edodsiz) so’zini shoir Igor Severyanin olib kirgan.
Qadimiy Misrda o’rikni “quyosh tuhumi” deyilgan.
Salom so’zi filippin tilida “mabuxay” deb jaranglaydi.
“Fudziyama” yapon tilidan tarjima qilinganida “qiya tog’” ma’nosiga ega.
14 asrga qadar Rossiyada barcha beadab so’zlar “be’mani fe”llar” deb atalgan.
Ingliz tilida month (oy), orange (apelsin) , silver (kumush) va purple (qirmizi) so’zlari bilan qofiyadosh so’zlar yo’q.
Kxmerlar alifbosida 72 harf, Bugenvil oroli mahaliy aholisining aifbosida esa – atigi 11harf bor.
Xitoy tilida “tetiklik” bilan “choy” so’zlari bir xil ieroglif bilan belgilanadi.
Shashlik gruzincha “Mtsvadi” deyiladi, armancha – “xorovats”.
19 asrda “Ayvengo”ni ruscha tarjimalarida ruscha – “Ivangoe” deyilib kelgan.
NUJ (noma’lum uchuvchi jism) ispancha OVNIS (“objeto volador noidentificado”) deyiladi.
Kichik diniy unvon – shogird, gruzincha “mtsyri” deyiladi.
Asl rus so’zlari “a” harfidan boshlanmaydi degan qoida bor.
Yaponiyada “metro”so’zi “past”, “tuproq”, “temir” ma’nosini anglatuvchi uch ieroglif yordamida yoziladi.
Esperanto sun’iy xalqaro til 1887 yilda Varshavalik vrach Lazar Zamengof tomonidan yaratilgan.
Dal “atmosfera” horijiy so’zini ruscha “kolozemitsa” yoki “mirokolitsa” so’zlariga almashtirishni taklif etgan.
Suaxili – bu afrika qabilalari, arab va portugal tillarining aralashib ketishi natijasida paydo bo’lgan til.
Tarkibida birdona ham unli harf bo’lmagan eng uzun inglizcha so’zlar – “rhythms” (ritmlar) va “syzygy” (sizigiya, ya’ni “qo’shilish”).
Eskimoslar tilida qorning nomlanishi uchun 20 tadan ortiq so’zdan foydalaniladi.
Aleksandr Makedonskiy otining laqabi – “Butsefal” so’zma so’z tarjima qilinganida “buqa kallali” ma’nosini anlatadi.
Ingliz tilidagi eng qadimiy so’z – “town” (kichik shahar).
Xitoy tilida “r”va “l” tovushlarining farqi yo’q.
“Saxara” arab tilida “sahro” degani.
“Somon yo’li” Ukrainada Chumatskiy Shlyax deyiladi.
Serb alifbosi vukovitsa deb nomlanadi.
Gavayi alifbosida atigi 12 harf bor.
Vikinglar alifbosi “futark” deyiladi.
Ingliz tilida 600 000 dan ortiqroq so’z bor.
Mikki-Mausning lotincha ismi – Mikael Muskulus.
Lotin alifbosida “W” lotin harfi yo’q.
Xitoy yozuvida 40000 ortiq timsollar mavjud.
Ernest Vinsent Rayt ismli yozuvchining “Gedsbi” (Ernest Vincent Wright, “Gadsby”) romani bor. (Uni Frensis Skott Fitsdchjeraldning “Buyuk Getsbi” romani bilan adashtirmang) Jami 50000 ortiqroq so’zdan iborat bo’lgan ushbu romanda bir dona ham “E” harfi (ingliz tilidagi eng ko’p ishlatiladigan harf) ishlatilmagan.
Dunyodagi eng ko’p tillar tarqalgan joy qaysi? Rekordchi mamlakat — Papua-Yangi Gvineya. Bu yerda yetti yuzdan ortiqroq papuas, melaneziya tillari va shevalarda muloqot qilinadi. Bunday sharoitda bu tillarning qaysi biri davlat tili bo’lishi kerakligi to’g’risida kelishib olish amri mahol. Shuning uchun ham, bu yer dadavlat tili yo’q, hujjatlarni yuritish uchun esa ingliz tili va uning mahalliy ko’rinishi — pidchin-inglish (papuascha “tok-pisin”)dan foydalaniladi.
Yevropa tillari bilan yelkama-yelka
O‘tgan galgi maqolada o‘zbek tiliga o‘zlashgan sharqona so‘zlar haqida so‘z yuritgandik. Bu safar ham mazkur mavzuni davom ettirgan holda endi Yevropa tillariga yuzlandik. O‘zbek tilidagi o‘zlashgan so‘zlarning aksariyatini arab, fors-tojik tillaridan o‘tgan so‘zlar tashkil etsa-da, Yevropa xalqlari tillari xazinasidan olinganlari ham anchagina. Ularni ruscha-baynalmilal yoki xalqaro so‘zlar deb ataymiz.
Tilimizga lotin, ingliz, rus, nemis, fransuz, italyan va boshqa yevropa tillaridagi so‘zlar bir necha ming yillik dovonlarni oshib kirib kelgan. Shuning uchun mazkur maqolada o‘zbek tilining besh jildli izohli lug‘ati yordamida yuqorida nomlari qayd etilmagan tillarga oid ayrim so‘zlarni bir yerga jamlashga harakat qildik. Ular orasida biz kundalik hayotda qo‘llaydigan so‘zlar talaygina.
Shu o‘rinda bir gap. O‘zbek tili faqat boshqa tillardan so‘z oladi, degan fikrning noto‘g‘riligi o‘zingizga ham ayon. Bugun o‘zbek tili asosini tashkil etuvchi turkiy so‘zlarning anchasi boshqa tillar lug‘atini bezab turibdi. Birgina misol. Quyidagi so‘zlarning bari turkiy tildan rus tiliga tuhfa qilingan: chugun, tovar, kirpich, utyug, aliy, bumaga, topor, yarlik, bara, karakuli, arik, djugara, xirman, dengi, altin, izumrud, jemchug, bazar, kazna, chulok, karman, tulup, sarafan, kaftan, yapancha, tyubeteyka, xalat, kolbasa, kavardak, shurpa, plov, kumis, ayran, jir, arbuz, vishnya, uryuk, ayva, kumach, churek, xalva, alcha, injir va boshqalar.
RUMIN TILIGA MANSUB SO‘Z
Rumin tili — roman tillarining bolqon-roman guruhiga mansub, Ruminiya Respublikasining rasmiy tili. Roman tillari ichida ispan, portugal, fransuz va italyan tillaridan keyingi keng tarqalgan beshinchi til. Unda so‘zlashuvchilarning umumiy soni 25 millionga yaqin. Dastlabki davrlarda kirill alifbosidan foydalanilgan, 1860-yilda u lotin alifbosi bilan almashtirilgan.
BRINZA [brinza — pishloq] — asosan qo‘y sutidan, shuningdek, sigir, echki sutidan yoki ularning aralashmasidan tayyorlangan sho‘rtang pishloq.
VENGER TILIGA MANSUB SO‘ZLAR
Venger tili — fin-ugor tillari oilasining ugor guruhiga mansub til, Vengriya Respublikasining rasmiy tili. Leksikasida ko‘pgina turkiy va nemis tillaridan o‘zlashgan so‘zlar bor. XVII asrdan venger adabiy tili shakllana boshlagan. Venger tilida 14 million kishi so‘zlashadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.
GULYASH [hulaṣ] — mayda bo‘laklarga bo‘lib qovurilgan go‘shtga guruch, makaron yoki karam garniri qo‘shib tayyorlangan taom.
GUSAR [huszar] — Chor Rossiyasida va ayrim Yevropa mamlakatlarida: yengil qurollangan otliq askar.
FORINT [forint] — Vengriya davlatining asosiy pul birligi.
FIN TILIGA MANSUB SO‘ZLAR
Fin tili — fin-ugor tillari oilasidagi boltiqbo‘yi-fin guruhiga mansub til, Finlandiya Respublikasining rasmiy tili (shved tili bilan birga). Unda so‘zlashuvchilarning umumiy soni 5,5 million kishidan ortiq. XIX asrning 70-yillariga kelib hozirgi adabiy fin tilining asoslari yaratildi. 1919-yilda fin tili Finlandiyaning rasmiy tili deb e’lon qilindi. Mazkur tilning yozuvi XVI asrdan lotin grafikasi asosida.
KAMBALA [kampela] — ikki ko‘zi boshining bir tomonida bo‘lgan yalpoq dengiz balig‘i.
RUNLAR, runik yozuv [run — maxfiy narsa, sir] — Skandinaviya xalqlarining va boshqa ayrim xalqlarning tosh, metall buyumlar va shu kabilarda saqlanib qolgan qadimgi yozuvlari (ba’zi harflarning o‘xshashligiga qarab, qadimgi turkiy yozuv ham “runik yozuv” deb yuritiladi).
SAUNA [sauna — fin hammomi] — hammomning quruq, issiq havoli turi; fin hammomi.
TUNDRA [tunturi — o‘rmon(daraxt)siz baland tog‘, tepalik] — shimoliy yarimsharning yuqori kengliklaridagi o‘ta sovuq iqlimli o‘rmonsiz, yo‘sinlar, siyrak mayda o‘simliklar bilan qoplangan yerlar.
GRUZIN TILIGA MANSUB SO‘ZLAR
Gruzin tili — Kavkaz (iberg-kavkaz) tillari kartvel guruhiga mansub, Gruziya Respublikasining davlat tili. Unda 4 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Gruzin tilida gruzin alifbosiga asoslangan yozuvdan foydalaniladi.
BORJOM[I] [Gruziyaning Borjomi shahri nomidan] — shifobaxsh mineral suv.
KEFIR — sigir sutidan maxsus tomizg‘i bilan ivitilgan chuchuk qatiq.
LARI — Gruziya Respublikasining asosiy pul birligi (1995-yildan).
TAMADA [tamadoba — to‘y, ziyofatga kattalik (boshchilik) qilish] — o‘tirishlarda, ziyofatda ichkilik quyib, qadah so‘zi (tost) aytuvchi; soqiy, kosagul.
UKRAIN TILIGA MANSUB SO‘ZLAR
Ukrain tili — hind-yevropa tillari oilasidagi slavyan guruhiga mansub sharqiy slavyan tillaridan biri, Ukraina Respublikasining davlat tili. So‘zlashuvchilarning umumiy soni — 46 million. Ukrain shoiri va rassomi Taras Shevchenko umumxalq so‘zlashuv tili negizida umummilliy adabiy ukrain tiliga asos solgan. Ukrain tiliga qadimgi rus yozuvi (kirillitsa) meros bo‘lib o‘tgan.
BUBLIK [буба — shish, bo‘rtiq; suv ko‘pigi] — teshik kulcha.
JABRA [жабри — jag‘, jabra] — suvda hamda quruqlikda yashovchi ba’zi hayvonlarning nafas olish a’zosi.
JGUT [жгут — eshilgan pilik] — qon to‘xtatuvchi elastik rezina naycha yoki bint.
KROT [ruscha, ukraincha крот] — yer qazib, yer ostida yashovchi, hashoratxo‘r sutemizuvchi hayvon.
KRUPA [крупа — uvoq, burda; do‘l] — po‘sti tozalangan, oqlangan don; yorma.
ISLAND TILIGA MANSUB SO‘ZLAR
Island tili — hind-yevropa tillari oilasining german tillariga mansub g‘arbiy skandinav tillaridan biri, Islandiyaning davlat tili. Island tilida umumiy 320 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi. Island tili deyarli shevalarga ega emas. Unda boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar kam. XI asr oxiri va XII asr boshlaridan lotin alifbosi asosidagi yozuvda.
AKULA [hakall — baliqning bir turi] — dengizda yashaydigan yirik yirtqich baliq; nahang.
GEYZER [geysir — buloq, chashma] — vaqti-vaqti bilan yerdan favvora kabi otilib chiqadigan bug‘ va issiq suv.
POLYAK TILIGA MANSUB SO‘ZLAR
Polyak tili — hind-yevropa tillari oilasining g‘arbiy slavyan tillari guruhidagi til, Polsha Respublikasining rasmiy tili. So‘zlashuvchilarning umumiy soni 45 million kishidan ortiq. Yozuvi lotin grafikasi asosida.
BO‘LKA [bulka — kichikroq yumaloq non] — so‘zlashuv tilida: bug‘doy unidan tayyorlangan, ko‘pincha g‘isht shaklidagi uzunroq non.
KARETA [kareta] — usti va yonlari yopiq to‘rt g‘ildirakli yengil arava.
KARTECH [kartecza] — 1. Ichi yumaloq petra bilan to‘ldirilgan, yaqin masofadagi dushmanni qirish uchun mo‘ljallangan artilleriya snaryadi. 2. Ov miltig‘i uchun mo‘ljallangan yirik sochma o‘q, yirik pitra.
KIY [kij — tayoq, hassa] — bilyard o‘yinida soqqalarni urib dumalatish uchun qo‘llaniladigan, uchi ingichka uzun tayoq.
KOSTYOL [kosciol] — polyaklarning katolik ibodatxonasi.
PAN [pan — janob] — 1. (tarixiy) Rossiya imperiyasi g‘arbida va Polshada katta yer egasi, pomeshchik. 2. Sharqiy Yevropaning bir qator mamlakatlarida erkaklarga hurmat yuzasidan murojaat qilganda, “janob”, “taqsir” ma’nolarida ishlatiladigan so‘z.
POLKOVNIK [polkovnik] — podpolkovnikdan yuqori, general-mayordan quyi ofitserlik unvoni va shunday unvonga ega bo‘lgan harbiy kishi.
POVIDLO [povidla] — mayda to‘g‘ralgan yoki qirilgan, ezilgan xo‘l yoki rezavor mevani shakar bilan qaynatib tayyorlangan quyuq shirin taom, quyuq shinnining biri turi.
ZLOTIY [zloty] — Polsha Respublikasining pul birligi.
ISPAN TILIGA MANSUB SO‘ZLAR
Ispan tili — hind-yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub til, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning rasmiy tili. Unda 437 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. U jonli lotin tili asosida shakllangan, ko‘p dialektli, tarkibida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar anchagina. Yozuvi lotin alifbosi asosida. Ispan tili — BMTning olti rasmiy va ish yuritish tilidan biri.
ALLIGATOR [el lagarto — kaltakesak] — timsohlar turkumiga kiruvchi sudralib yuruvchi.
ANAKONDA [anaconda] — bo‘g‘ma ilonlar oilasiga mansub eng yirik ilonlar turi.
ANANAS [ananas] — 1. Ananaslar oilasiga mansub o‘tlar turkumi. 2. Shu o‘simliklardan ba’zisining yirik, cho‘zinchoq, xushbo‘y va shirali mevasi.
EMBARGO [embargo — taqiqlash, man qilish] — 1. Chet el tovarlarini yoki valyuta boyliklarini kiritish yoki shunday narsalarni mamlakatdan olib chiqib ketishni davlat tomonidan taqiqlash. 2. Chet davlatga qarashli kemalarning mamlakat portlariga kirishini davlat tomonidan taqiqlash yoki boshqa davlatga qarashli kemalar, yuklar, qurol-yarog‘larni vaqtincha to‘xtatib turish.
ESKUDO [ispancha-portugalcha escudo — gerb] — yevro joriy qilingunga qadar Portugaliyaning asosiy pul birligi.
KANAREYKA [Canary — Kanar orollari nomidan] — chumchuqsimonlar turkumiga mansub, yovvoyi holda yashaydigan va sayroqiligi uchun xonadonlarda qafasda ham boqiladigan qushcha.
KOKOS [cocos] — tanasi halqa-halqa, bargi patsimon bo‘ladigan, baland bo‘yli doim yashil palma daraxti hamda uning juda katta yong‘oqqa o‘xshash mevasi.
KOLIBRI [colibri] — uzun qanotli, patlari rang-barang eng kichik qushlardan biri (asosan Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan).
KORRIDA [corrida de toros — buqalar yugurishi, poygasi] — Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Fransiya va Lotin Amerikasida qadimda paydo bo‘lgan buqa jangi (buqa bilan kurash olib boruvchi, uni o‘ldiruvchi kishilar “matador”, “torero” deb ataladi).
MANDARIN [mandarin] — janubiy mamlakatlarda o‘sadigan bir turli sitrus o‘simligi va uning to‘q sariq rangli, terisi yupqa, xushbo‘y mevasi.
MERINOS [merinos] — qo‘yning nozik va oq yungli zoti.
MULAT [mulato] — oq tanli (yevropoid irqiga mansub)lar bilan negrlarning aralash nikohidan bo‘lgan avlod, nasl.
NUTRIYA [nutrial] — suvda yashaydigan, qimmatbaho mo‘ynasi uchun fermalarda boqib ko‘paytiriladigan kemiruvchi hayvon.
PESO [peso — vazn, bo‘lak] — Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida hamda Filippinda asosiy pul birligi.
RANCHO [rancho] — Lotin-Amerikasida hovli-joy; G‘arbiy AQShda chorvachilik fermasi.
SILOS [silos — don saqlanadigan o‘ra] — chorva mollari uchun o‘t, makkajo‘xori, kartoshka, kungaboqar va shu kabilarning ko‘k poyalaridan maxsus yo‘l bilan tayyorlanadigan to‘yimli yem, ozuqa.
TANGO [tango] — to‘rt taktda o‘ynaladigan muloyim raqs va shu raqs musiqasi.
TOMAT [tomate] — pomidor suvi yoki pastasi.
TORNADO [tornado] — Shimoliy Amerikada bo‘ladigan quyun, girdoblarning nomi.
O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
Alisher EGAMBERDIYEV tayyorladi.
Jahon tillari
thumb|right|400px|Dunyo tillari Dunyo tillari yoki jahon tillari — Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari. Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha. Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind, o’nga yaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), pendjav (82), italyan (70), koreys (65) tillari. Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.
Jahon tillari – yer yuzida hozirgi yashayotgan va qad. yashab oʻtgan xalqlarning tillari. J. t. umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb koʻrsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar oʻrtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). J. t. ichida keng tarqalganlari (soʻzlashuvchilar soniga koʻra) quyidagilar: xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis, fransuz, italyan, panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va b. Qardoshligiga koʻra J. t. tillar oiyaasita birlashadi. Bulardan eng keng tarqalgani hind-eepona tillari oilasiga mansub tillardir. Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qad. hind davri — vedalar, sanskrit tili, oʻrta hind davri— pali va prakriti tili, soʻnggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin boʻlgan urdu, bengal, maratha, panjob, gujorat, oriy sindxi, nepal, singal va b. alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi. Bular orasida qad. eron tili — kad. fors, ovasta, skif tillari; oʻrta eron — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazm va b.; soʻnggi eron — fors, pushtu (afgʻon), kurd, osetin, pomir, tojik va b. tillar alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu tillar vakillari mil. av. 3-ming yillikda Gʻarbiy Osiyo va Shim. Qora dengiz va Kaspiy boʻyi hududlariga tarqay boshlaydi. Qad. hind tilidagi matnlarning dastlabkilari mil. av. 1-ming yillikda yozilgan boʻlib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, oʻz navbatida bu tillardan soʻnggi hind tillari — hind, urdu, bengal, maratha, panjob, rajastxon, gujorat, oriy va b. tillar vujudga kelgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining gʻarbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar maʼlum. Bular ulik italiy tillar boʻlib, lotin, falisiy, osk, umbars va b. shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, fransuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-ro-man, rumin, moldovan va b. tillardir. Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hozirgi breton, val (uels-breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, ulik galla va kornuel (korn) tillari kiradi. Qad. hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi. Xoz. german tillari quyidagi guruhchalarga boʻlinadi: 1) shim. german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg , dan, island va fareriya tillari kiradi; 2) gʻarbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, niderland (golland), friz, idish va afrika tillari kiradi. Sobiq sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va b.) ulik tilga aylangan. Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltik, tillari tarkibiga hozirgi latish, litva, shuningdek, ulikpruss va b. tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: sharqiy slavyan — rus, ukrain va belorus; gʻarbiy slavyan — polyak, chex, slovak, lujitsa va ulik polab tillari; jan. slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, Sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, tohar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar koʻhna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi.
Som-xom tillari (anʼanaga koʻra afrika-osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik akkad, eblait, koʻhna xanaan, qad. yahudiy, qad. oromiy, efiop va b. tillar, shuningdek, xoz. ivrit, arab, amhara, tikrika va b. tillar), barbaraliviya, chad (bular orasida eng koʻp tarqalgan — xausa), kushit (somali, galla va b.), allaqachon ulik tilga aylangan misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi.
Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (venger, xanti va mansi tillari)ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, volga (mari va mordva) tillari, boltiq boʻyifin (fin, eston, kenel va b.) tillari va suomi tillariga boʻlinadi.
Turk, oʻzbek, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasink tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulgʻor (chuvash tili shunga mansub); 2) jan.-gʻarbiy (turk, ozarbayjon, turkman va b. tillar); 3) shim.-gʻarbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq, qozoq tillari va oltoy tillariga birlashib qirgʻizqipchoq guruhini tashkil etuvchi qirgʻiz tili); 4) jan.-sharqiy (oʻzbek va uygʻur tillari); 5) shim.-sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, yaʼni qad. turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va b. yozuv yodgorligi bitilgan tillar).
Buryat, hozirgi moʻgʻullarning oʻz tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va b. tillar moʻgʻul tillarini tashkil etadi. Tungusmanjur tillari tarkibiga manjur, even va b. tillar kiradi. J. t. orasida yapon tili (unga qardosh boʻlgan ryukyusi tili) aniq oʻz oʻrniga ega emas. Baʼzi olimlar bularni (koreys tilini ham) oltoy tillari guruhiga qoʻshadilar. Dravid tillari tarkibiga telugu, tamil, kannada, malayalam, tulu, gondi va b. tillar, shuningdek, bularga qardosh elam tili kiradi. Baʼzi ilmiy farazlarga koʻra, hindevropa, som-xom, kartvel, oʻrol, oltoy, dravid tillari yagona ulkan tillar oilasini tashkil etadi.
Kartvel (jan. Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi. Malayya-polineziya tillari (q. Malayya tili va Polinez tillari) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra,turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari aloxida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi. Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan (q. Niger-kongo tillari). Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. J. t.ning anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qad. yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan. Jan,-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas.
Adabiyot [ править | править код ]
- Atlas narodov mira, M., 1964; Abdurahmonov T. A., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982. [1]
Til oilarining anchasi faqat shaxsiy er nomlari bilan kirma elementlarda saqlangan yoki batamom yoʻqolgan deyishga boʻladi. Ayrim qadimgi tillardan saqlangan yodgorliklarning (masalan, krittegi ieroglif tili) maʼnosi hali hanuz chiqqani yoʻq. Ayrim qadimgi madaniy tillar (shumer, etrus) soʻngi yillarda bir qator tekshiruvlar borligiga qaramasdan, tillarning genealogik guruhlarga boʻlishida hali hanuz aniq oʻrin topmagan. Amerika, Afrika, Janubiy-sharqiy Osiyo, Yangi Gvineya va Okeaniyadagi koʻpgina tillar hali hanuz batamom tekshirilib guruhlarga ajralgani yoʻq.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning maʼlumotiga koʻra, 1992 yilda yer yuzi axolisi 5 milliard-u 200 milliondan ziyod edi. Dunyodagi xalqlar 2976 xil tilda gaplashadi. Shundan 200 tilning har birida bir milliondan ortiq 70 tilning xar birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning xar birida 50 milliondan ortiq kishi soʻzlashadi. Qolganlarining xar birida esa bir milliondan oz kishi gaplashadi. Kavkaz togʻlarining bagʻriga joylashgan Dogʻistonda bir milliondan ortiq xalq boʻlib, ular qirqga yaqin tilda soʻzlashadi.
Tirik va o’lik tillar [ править | править код ]
Tillar tirik tillar va oʻlik tillar deb ikkiga boʻlinadi. Xalqlar hozir gaplashadigan tillar tirik til xisoblanadi, masalan: ukrain tili, ozarbayjon tili, rus tili va boshqalar. Bizga yozma yodgorliklari yetib kelgan, ammo yer yuzida yashayotgan xalqlarning xar biri xozir muomalada ishlatmaydigan til oʻlik til deb yuritiladi, masalan: lotin tili, qadimgi xind tili yoki, sanskrit, qadimgi slavyan tili, qadimgi xorazmiy tili va boshqalar; Lotin tili koʻp asrlar davomida tirik til boʻlgan: antik davr da rimliklar va Rim imperiyasidagi koʻp xalqlar lotin tilida gaplashganlar. Bu tilda ilmiy va publisistik asarlar yozilgan, ajoyib badiiy asarlar yaratilgan, Bunday asarlar hozir ham turli tillarga tarjima qilinib, nashr etilyapti. Bu tildan hozir ham oʻrta va oliy tibbiyot uquv yurtlarida xabardor qilinadi. Tibbiyotda kishi aʼzolari nomlari, dorilariing nomlari va boshqalar lotincha yoziladi va aytiladi. Bizning davrimizda jahon xalqlarining 30 foizdan ziyodi oʻz yozuvlariga lotin alifbosini asos qilib olganlar. Oʻlik til hisoblanadigan qadimiy xorazmiy tili va yozuvi eroniy tillarning sharqiy turkumiga mansub boʻlib, qadimiy Xorazm aholisi shu tilda gaplashgan. Xorazmiy tili XI asrlarga Kelib istteʼmoldan qolgan va oʻlik til holiga kelgan. Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lugʻaviy va grammatik jihatdan yakdil’igiga qarab bir nNecha til oilalalariga boʻlinadi.
Til oilalari va turkumlari [ править | править код ]
Til oilalari, o’z navbatida turkumlarga boʻlinadi, masalan, tillarning hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini oʻz ichiga oladi.
- Hind turkumi (90 tirik til va 3 oʻliktil).
- Eron turkumi (11 tirik til va 10 oʻliktil).
- Slavyan turkumi (11 tirik til va 4 oʻliktil).
- Boltiq turkumi (litva, latish, latgal tillari va oʻlik pruss Tillari).
- German turkumi (dat, shved, norveg, island, ingliz, golland, nemis, shin yaxudiy tillari).
- Roman turkumi (fransuz, provansal, italyan, ispan, portugal, rumin, moldavan tillari va hamma ti¬rik roman tillari uchun asos til hisoblangan oʻlik lotin tili).
- Kelt turkumi (irland, shotland, Breton, uels .tillari).
- Grek tili.
- Alban tili.
- Arman tili.
- Anatoliy turkumi (oʻlik tillar).
- Toxar turkumi (oʻlik tillar).
Bu til turkumlarining hammasi bir asos tildan hosil boʻlgan. Oʻzbek tili tillarning oltoy oilasining turkiy turkumiga kiradi. Maʼlum tillarning paydo boʻlishi uchun manba boʻlib, oʻzi aloqa vositasi sifatida ishlatilmaydigan boʻlib qolgan til asos til (bobo til) deb yuritiladi. Odatda, bir tilda gaplashadigan xalq qandaydir tarixiy sabablar bilan qabilalarga boʻlinib, turli tomonlarga tarqalgan va bu qabilalarning bir-biridan aloqalari uzilgan. Xar bir qabilaning tili oʻz taraqqiyotida davom etgan.
Tirik til hamma vaqt rivojlanib turadi. Ammo bu qabilalarning turmush sharoitlari har xil boʻlgan. Demaq ularning tillari ham turli yoʻllar bilan rivojlanib borgan. Oradan maʼlum davr utishi bilan bir vaqtlar bir xalqdan paydo bp’lgan qabilalar tilida uzgarishlar roʻy berib, bir qabila kishilari boshiqa bir qabila kishilarining tilini yaxshi tushunmaydigan boʻlib qolgan. Har bir qabilaning tili bir vaqtlar bu qabilalar uchun umumiy boʻlgan tildan sezilarli farq qilib qolgan. Shunday qilib, bir vaqtlar umumiy boʻlgan til qabilalarning yangi paydo boʻlgan tillariga nisbatan asos til hisoblandi.
Havolalar [ править | править код ]
- Реестр языков мира: Lingvarium (rus.)
- Languages of The World (Ingliz tilida) (ingl.)
- Observatoriya Lingvosferi (Ingliz tilida) (rus.)
- Lingvoblog .
- Сайт о языках (rus.) .
Manbalar [ править | править код ]
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Qiziqarli malumotlar
Dunyo tillari to’g’risida qiziqarli faktlar