DOVIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DOVIY haqida malumot bilib oling.

DOVIY (taxallusi; asl ismi Abdulhodi Abdulahad oʻgʻli) (1893 — Kobul — 1982.19.8) — afgon maʼrifatparvar shoiri, davlat va jamoat arbobi. Ilk sheʼriy kitobi («Toshqin», 1945) pushtu tilida yozilgan. Sadriddin Ayniynshnt «Moziy va hol» («Oʻtmish va bugun») nomli sheʼriga tatabbu sifatida «Jaridalar taʼrifi va foydalari haqida» («Dar taʼrif va favoyide jaroyid», 1914) sarlavhali muxammas yozib, uning birinchi misrasida Mahmudxoʻja Behbudiy (1875—1919) tomonidan Samarqandda nashr etilgan «Oyina» jurnali (1913— 15) haqida ijobiy fikr bildiradi. Maʼrifatparvarlik mavzuidagi «Bad nabud» («Yomon boʻlmasdi», 1917), «To ba kay?» («Qachongacha», 1918) hamda erkparvarlik ruxida yozilgan «Bulbule gereftor» («Tutqun bulbul», 1917) nomli sheʼriy asarlari shuhrat qozongan. Doviy 1920 — 21 y. lar Afgʻonistonning Buxoro Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi vazifasida ishlagan, 1923-y. da esa u Afgʻoniston hukumatining favqulodda hayʼati rahbari sifatida ikkinchi bor Buxoroga kelib, rasmiy kishilar bilan muzokaralar olib borgan. Bu safarlari chogʻida D. Buxoro jadidlari b-n muloqotda boʻlgan. Abdurauf Fitrat (1886—1938) u hakda yaxshi fikrda boʻlgan. Doviy siyosiy, ijtimoiy, adabiy mavzularda yozilgan 20 dan ortiq kitob, risola va tarjimalar muallifi.

Ad.: Inomxoʻjayev R., Afgʻoniston maʼrifatparvarlik adabiyoti ocherklari, T., 1999.

Ensiklopediya.uz
DOVIY