DISLOKATSIYALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DISLOKATSIYALAR haqida malumot bilib oling.

DISLOKATSIYALAR (lot. dislocatio siljish) — 1) kristallarda — kristall panjara nuqsonlari; bunda chiziqlar boʻylab yoki ularga yaqin joylarda atom qatlamlarining toʻgʻri joylashishi buzilgan boʻladi. Tugallan-magan va burama Dislokatsiyalar eng oddiy D. Kristall ichidagi bir qatlam tugallanmagan (a rasm) yoki kristall tekisligi burama chiziqdan iborat boʻlganda (b rasm) kuzatiladigan dislokatsiya (siljish) hisoblanadi. Baʼzan ikkala Dislokatsiyalar ham bir paytning oʻzida sodir boʻlishi mumkin. Kristallar ichida atom qatlamlaridan biri uzilgan boʻlsa, tugallanmagan Dislokatsiyalar vujudga keladi. Burama Dislokatsiyalarda kristall ichida bironta atom qatlamlari uzilmaydi, lekin bir-biri b-n shunday jipslashib ketadiki, kristall burama chiziq boʻylab bukilgan bitta qatlamdan iboratday boʻlib qoladi. Dislokatsiyalar kristallning mustahkamligiga, elektr oʻtkazuvchanligiga, optik, magnit va b. xossalariga kuchli taʼsir qiladi. Nuqsonlar kristallar xossalarining oʻzgarishiga sabab boʻladi;

2) geologiyada — Yer poʻstidagi endogen (tektonik harakatlar, magmatik, metamorfik jarayonlar) va ekzogen (muzliklar harakati, koʻchki, karst, daryo eroziyasi va b.) jarayonlar natijasida togʻ jinslari dastlabki yotish holatining oʻzgarishi. Dislokatsiyalar burma hosil qiluvchi (plikativ) va uzilish (dizyunktiv)ga boʻli-nadi, goho yana inyektiv Dislokatsiyalar ajratiladi (yana q. Tektonik deformatsiya).

Ensiklopediya.uz
DISLOKATSIYALAR