DevOps haqida so’ragan edingiz.

DevOps haqida so’ragan edingiz.

DevOps — bu Development Operations so’zining qisqartmasi .

Dasturiy ta’minotning ishlab chiqish jarayonlarini boshqarishga qaratilgan ishlab chiqishga alohida usul orqali yondashuv hisoblanadi. DevOps bu kasb emas qizig’i. 2008-yildan boshlab IT ga kirib kelgan bu atamaning paydo bo’lishiga sabab bu ishlab chiquvchi guruhlar (dasturchilar) va testlovchilar, dizayner va oxirgi nuqta bo’lmish foydalanuvchilar o’rtasidagi son sanoqsiz tushinmovchiliklar desak ham bo’ladi.

Mahsulot dizaynerlari va dasturchilar kelishib ishlashlari mumkin lekin bu mahsulot foydalanuvchilar uchun yoqmasligi mumkin, aynan shunday muammolarni bartaraf qilish uchun Mahsulot menejerlari ham kerak bo’ldi . Ular haqida oldingi maqolalarimizda ma’lumot bergandik. DevOps esa mahsulotning foydalanuvchi talablaridan boshlab to uni ularga yetib borguniga qadar bo’ladigan barcha etapdagi ishlarni boshqarishadi o’z navbatida ishchi guruhlarni bir oqimda ishlashlarini ta’minlaydi.

DevOps birinchi navbatda mahsulotni foydalanuvchilarga yetib borishini ish jarayonlarini samaradorligini ta’minlasa Agile kabi ishlab chiqish metodologiyalarini qo’llash orqali vaqt, resurslar tejalishi , barcha mahsulotga o’z hissalarini qo’shishlari mumkin bo’lgan shaxslarni bu ishlarini yuqori darajada bajarishlarini ham belgilaydi.

DevOps injener aynan shu ishlarni quradigan shaxslar hisoblanadi. Ularga hozirgi kunda mehnat bozorida talab juda yuqori. Chunki har qanday kompaniya mahsulot ishlab chiqish jarayonini unumdor qilishni va bu bilan xaridorlarni talablarini qondirish payida bo’ladi. DevOps esa shu natijaga erishishda yordam beradi.

O’rtoqlar «Bo’ldi endi men DevOps bo’larkanman !» deyishga shoshilmang. Avvalo bu soha vakili nimalarni bilishi kerak bir ko’rib chiqaylik. Buning uchun DevOps ish prinsipiga qarang, rasmda biz sizga DevOps da bo’ladigan operatsiyalarni aks ettirdik:

devops haqida soragan edingiz 660f6bef15ba7

Ko’rib turganingizdek bular; 

  • Rejalashtirish 
  • Ishlab chiqish
  • Yig’ish
  • Sinovdan o’tkazish
  • Taqdimotga tayyorlash
  • Foydalanuvchilarga taqdim etish

Monitoring

kabi amallarni qayta qayta qo’llash orqali yuqoridagi natijalarga erishiladi. Demak DevOps injener ayanan shu zanjirdagi barcha qismlarida kerakli balki keragidan ortiq bilim va tajribaga ega bo’lishi kerak. DevOps sifatida xozirda bir necha yillik tajribasi bor dasturchilarni ishga olishadi lekin siz biror bir DevOps kursida o’qish orqali ham bu soha vakili bo’lsangiz bo’ladi.

Afsuski O’zbekistonda bunday kurslar yo’q , Rus yoki Ingliz tilida biror onlayn kursda o’qishni maslahat bera olamiz. Eslatib o’tish kerak DevOps kurslari o’rtacha 1-1.5 yil bo’ladi chunki o’zingiz ko’rib turganingizdek bu soha vakili juda tajribali dasturchi degani…

Umumiy Dasturlash
DevOps haqida so’ragan edingiz.

Оставьте комментарий