Daydi qizning daftari

Daydi qizning daftari

AnnotatsiyaFikr va mulohazalar
Butun-butun xalqlar va millatlarning urf-udumlari, minglab-millionlab yillik turmush tarzlarining tajovuzkorona poymol etishga urinish insoniyat tarixida hamisha oʻsha tajovuzkorlarning oʻziga bitmas-tuganmas ofatlarni keltirgan va keltiraveradi. Ulugʻ shoirlaru, eʼtiqodi yoʻlida hech narsadan qaytmaydigan sabotli, tanti insonlarning beshigi boʻlib ulgʻaytirgan muqaddas afgʻon tuprogʻining bugungi kunda qonli yoʻrgakka mengzatilishi bejiz emas. Ul diyor endilikda oddiygina afgʻon yurti emas, bizning hujayra-hujayralarimizga tarqagan ogʻriqli jarohatlar, nolalar goʻshasi hamdir.. Bu kitob oʻsha ogʻriqlarning milliondan bir ulushi sifatida muallifning yuragidan otilib chiqib, yurak qoni bilan yozilgandir

Solih Qahhor: Taxmina (Daydi qizning daftari)

Muallif kitobxonlardan tushgan ko‘plab maktublardagi istak va takliflarni, fikr-u mulohazalarni inobatga olgan holda, “Daydi qizning daftari” asarini g‘oyaviy-badiiy jihatdan qayta ishlab uni “Taxmina” deb nomladi.

O‘ylaymizki, qo‘lingizdagi bu kitob taassurotlaringizni yana-da mukammallashtirib, Sizni asar bosh qahramoni Taxminaning ayanchli hayot yo‘li va undagi voqealar sari boshlaydi.

Xususiyatlar
ISBN 978-9943-382-57-2
Muallif Solih Qahhor
Til O’zbekcha
Yozuv Kirillcha
Betlar soni 400
Nashriyot Tafakkur Qanoti
Muqovasi Yumshoq
Qog‘oz formati A5
Chop etilgan yili 2018

Kitoblar, mahsulotlar, jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti, biznes va psixologiya, rus tilida, zamonaviy o’zbek adabiyoti, bolalar adabiyoti, diniy adabiyotlar, fan va o’quv qo’llanmalari, abituriyentlar uchun eng yaxshi kitoblar, eng yaxshi 100 ta kitoblar, badiiy (biografik adabiyotlar), , ingliz tilida juda ko’p narsalar va tez yetkazib berish

Daydi qizning daftari

Dunyodagi har bir insonning o’z baxti, o’z fojiasi bor, bu kunga olib kelgan o’tmishi bor. Ana shu kechmishni o’rganish birovga yo’ ko’rsatadi, birovni qaytaradi. Qanday baxolash, xulosa chiqarish esa har kimning tarbiyasi, dunyoqarashi, axloqiga bog’liq. Solih Qahhorning mazkur asarini yuzakim qarab bir «qo’g’irchoq»ning sarguzashtlari deb baholash ham mumkin. Biroq hukm chiqarishga shoshilmang. Bu asar-ishqiy o’yinlar, jinoyatchilar hayotining tafsilotigina emas, balki achchiq bir hayotning iztiroblari, Shayton bilan Rahmon o’rtasidagi ziddiyatlar talqinidir.

SKU: 6357657 Category: Badiiy adabiyot

O’xshash mahsulotlar

4.33 out of 5

Tunggi qotillik

4.33 out of 5

Komil Sindarov hozirgacha kitobxonlar eʼtiboriga havola etilgan “Qimmatga tushgan xato”, “Temuriylar kutubxonasi siri”, “Kechikka qasos”, “Amirlikning oltin taxti izidan” kitoblari orqali oʻz oʻquvchilarini topishga ulgurdi. Oʻquvchilarga taqdim qilinayotgan ushbu asar xam voqealarning qiziqarliligi, jumboqli holatlar, turfa xil taqdirlar yoritilganligi bilan kitobxonlar qiziqishini orttiradi. Asar qahramonlari – Sanjarbek va Faxriddin oʻz ishiga vijdonan yondashadigan, koʻngliga qarab ish tutadigan tergovchilar. Lekin sezimlarga tayanib ish tutib boʻlmaydi, dalil-isbot bilan ish qilish lozim. Surishtiruv jarayonida jinoyat ishi battar chigallashib boradi. Natijada tergovchilarning ishi ham murakkablashib ketadi. Har kim aybdor boʻlishi mumkin. Biroq haqiqiy jinoyatchini topish shart.

0 out of 5

Qonli yo’rgaklar

0 out of 5

AnnotatsiyaFikr va mulohazalar
Butun-butun xalqlar va millatlarning urf-udumlari, minglab-millionlab yillik turmush tarzlarining tajovuzkorona poymol etishga urinish insoniyat tarixida hamisha oʻsha tajovuzkorlarning oʻziga bitmas-tuganmas ofatlarni keltirgan va keltiraveradi. Ulugʻ shoirlaru, eʼtiqodi yoʻlida hech narsadan qaytmaydigan sabotli, tanti insonlarning beshigi boʻlib ulgʻaytirgan muqaddas afgʻon tuprogʻining bugungi kunda qonli yoʻrgakka mengzatilishi bejiz emas. Ul diyor endilikda oddiygina afgʻon yurti emas, bizning hujayra-hujayralarimizga tarqagan ogʻriqli jarohatlar, nolalar goʻshasi hamdir.. Bu kitob oʻsha ogʻriqlarning milliondan bir ulushi sifatida muallifning yuragidan otilib chiqib, yurak qoni bilan yozilgandir

4.00 out of 5

Jinoyat va Jazo

4.00 out of 5
32 UZS – 35,000 UZS

«Jinoyat va jazo»—1865-1866-yillarda yozilgan Fyodor Mihaylovich Dostoyevskining ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-falsafiy romani. Birinchi marta 1866 yilda „Russian Bulletin“ jurnalida nashr etilgan. Bir yil oʻtgach jurnal nashriga nisbatan biroz oʻzgartirilib alohida kitob nashr etildi. Muallif kitob versiyasiga bir qator qisqartmalar va uslubiy oʻzgartirishlar kiritdi. Jinoyat va jazo gʻoyasi Dostoevskiyda koʻp yillar davomida pishib yetilgan, ammo qahramonning „oddiy“ va „gʻayrioddiy“ odamlar haqidagi gʻoyasi bilan bogʻliq boʻlgan markaziy mavzu faqat 1863-yilda Italiyada shakllana boshladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri asar ustida ishlashni boshlagan muallif, Marmeladovlar oilasi va mahkumning vahiysi sifatida oʻylab topilgan romani mazmuni haqida hikoya qilingan, tugallanmagan „Mast“ romani qoralamalarini birlashtirdi. Ish jarayonida reja kengaytirildi va syujet yaqinlarini qutqarish uchun lombardchi ayolni oʻldirgan talaba Rodion Raskolnikovning jinoyati asosida qurildi.

4.33 out of 5

Dorixonadagi qotillik

4.33 out of 5

Mazkur yangi kitob – “Dorixonadagi qotillik” ham detektiv janrida boʻlib, hayotiy haqiqatlarni oq va qora ranglarda yaqqol tasvirlaydi. Sindarov qahramonlarini yaxshi yo yomon deb ajratmaydi, oʻquvchi mutolaa jarayonida fikrlaydi, mulohaza qiladi, atrofida sodir boʻlayotgan voqealarni jonli tasvirlarda koʻradi va nihoyada, oʻzi xulosa qiladi

Qiziqarli malumotlar
Daydi qizning daftari