Darslikka qo’yiladigan talablar
oliy ta’lim tizimini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash mavjud bo‘lgan zarur o‘quv adabiyotlarini xarid qilish, yangilarini yaratish va belgilangan tartibda nashr qilish (foydalanilayotgan adabiyotlarni qayta nashr qilish) hamda oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlariga joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
Oliy ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarini yaratishga qanday talablar qo‘yildi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilab borish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘kuv adabiyotlarini yaratishga qo‘yilgan talablar tasdiqlandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
oliy ta’lim tizimini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash mavjud bo‘lgan zarur o‘quv adabiyotlarini xarid qilish, yangilarini yaratish va belgilangan tartibda nashr qilish (foydalanilayotgan adabiyotlarni qayta nashr qilish) hamda oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlariga joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
o‘quv adabiyotlarini xarid qilish hamda yaratish va nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish aniq hisob-kitoblarga asosan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan Davlat byudjyeti mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi;
o‘quv adabiyotlarini xarid qilish, yaratish va nashr qilish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari hamda homiylar mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bo‘yicha quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
tayanch oliy ta’lim muassasasida xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha rektor boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar, tegishli fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, axborot-resurs markazi rahbari, oliy ta’lim muassasasining mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlarining vakillari hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari kiritiladi;
komissiya tomonidan muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘n kun muddatda professor-o‘qituvchilar tarkibidan mutaxassislar guruhlari belgilanadi;
bir oy muddatda mutaxassislar guruhlari mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda tegishli o‘quv faniga oid zamonaviy, ilg‘or nazariy va amaliy bilim, uslubiyot, ma’lumot, ilmiy va texnologik yangiliklarni o‘z ichiga olgan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni izlab topadi va aniqlaydi;
fanlar bo‘yicha mutaxassislar guruhlari aniqlagan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar o‘n besh kun muddatda komissiya tomonidan jamlanadi, umumiy ro‘yxatga kiritiladi va belgilangan talablarga javob berishi tahlil qilinadi, zarur hollarda umumiy ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritiladi va rektor tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga belgilangan tartibda taqdim etiladi;
Markaz tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatlarini ikki oy muddatda umumlashtiradi, umumlashtirilgan ro‘yxatda bilim va ta’lim sohalari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari bo‘yicha takrorlanadigan xorijiy adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, bir xil fanlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari tomonidan ro‘yxatga kiritilgan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda optimallashtiradi va yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatni xamda tayanch oliy ta’lim muassasalaridan Markazga taqdim etilgan ro‘yxatlarni belgilangan tartibda Vazirlikka taqdim etadi;
Vazirlik, Markaz tomonidan taqdim etilgan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarning umumlashtirilgan ro‘yxatini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tarjima va tahrir qilish hamda ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshiradigan mutaxassis va professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida xorijdan keltirilgan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni tarjima qilish, tahrir qilish va ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshiradigan mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lashda quyidagi mablag‘lardan foydalanish nazarda tutiladi:
oliy ta’lim muassasasining byudjyet va byudjyetdan tashqari mablag‘lari;
homiylik xayriyalari, grantlar, jumladan xalqaro grantlari;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa mablag‘lar.
Oliy ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash hamda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilab borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bo‘yicha yaratilishi zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini shakllantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
oliy ta’lim muassasalari davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq yaratilishi zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlarining ro‘yxatini shakllantiradi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga kiritadi;
Markaz oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatlarini o‘quv reja va fan dasturlariga mosligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi, bilim va ta’lim sohalari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari bo‘yicha takrorlanadigan adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, bir xil fanlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari tomonidan ro‘yxatga kiritilgan turli o‘quv adabiyotlarini tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda optimallashtiradi va maqbul holatga keltirilgan o‘quv adabiyotlarining ro‘yxatlarini tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘z tavsiyalari bilan yuboradi;
o‘quv adabiyotlari ro‘yxatlarini shakllantirgan oliy ta’lim muassasalarining rektorlari Markaz tomonidan tahlil qilingan tegishli o‘quv adabiyotlari ro‘yxatlarini Vazirlik tomonidan belgilanadigan yagona shakldagi jadval ko‘rinishida ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va Markazga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarini yaratishga qo‘yilgan talablarga ko‘ra, o‘quv adabiyotlarini yaratishda:
mamlakatda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining ta’lim turlari (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura) o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlik ta’minlanadi hamda fanlar mavzularining asossiz takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
fanlarda mavzular izchilligiga, oddiydan murakkabga, xususiydan umumiylikka o‘tib borish tamoyillariga amal qilinadi.
Yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim olish, mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma-bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o‘kuv adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini o‘quvchi va talabalarda shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi ta’minlanadi.
Ta’lim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qat’i nazar, barcha o‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
muayyan fanning mohiyati, mazmuni va mavzularini fan dasturida belgilangan hajmlarda izchillik bilan yoritilishi, o‘quv materiallarining mazkur fan orqali ta’lim oluvchilarga berilishi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan tartibda tizimli bayon qilinishi;
yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar va hokazo)dan tashkil topishi, illyustratsiyalarga boy, zamonaviy ko‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy faoliyatga qaratilgan bo‘lishi;
bilimlarning mutlaqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;
nazariy va amaliy ma’lumotlar maqbul, puxta, ravon, ijodiy va qiziqtiruvchan shaklda ifoda qilinishi, zarur hollarda fanga oid keng qamrovli misol va masalalar, uzoq va yaqin o‘tmishdagi boy intellektual merosimiz namunalari bilan boyitilishi;
jahon ilm-fani, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlarini inobatga olishi, uning ahamiyatini ifodalashi, soha va fanga oid milliy va xorijiy tajriba va ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda bayon etilishi;
asosiy tushuncha va xulosalarning ta’riflari nihoyatda aniq va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishilishi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va o‘qitishning interfaol uslublarini tatbiq qilishga ko‘mak berishi;
bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, qiziqish uyg‘otish va mustaqil fikrlashga yo‘naltira oladigan xususiyatlarga ega bo‘lishi;
bilim oluvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otishi;
ta’lim oluvchilarning bilimi, uquvi va ko‘nikmalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ta mas’uliyatliligini anglatishga qaratilishi;
vatanparvarlik hissi, ma’naviy-axloqiy sifatlar shakllantirilishi, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashga e’tibor berishi.
Darslikka qo’yiladigan talablar
Barcha fanlardan o’zbek tilida referatlar mega to’plami, arxiv mutlaqo bepul.
Elektron darslikka qo‘yiladigan didaktik va psixologik talablar
Подробности Автор: AIM EDITOR Родительская категория: Рефераты Категория: Информатика (Рефераты) Опубликовано: 10 Июль 2017 Просмотров: 2392
3.5 1 1 1 1 1 1 1 1 1 1 Rating 3.50 (1 Vote)
Elektron darslikka qo‘yiladigan didaktik va psixologik talablar
Asosiy savollar:
1. Elektron darslikka qo‘yiladigan didaktik talablar.
2. Elektron darslikka qo‘yiladigan psixologik talablar.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: didaktik talab, psixologik talab, psixologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik va ergonomik talablar.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Elektron darslikka qo‘yiladigan didaktik talablardan chiqariladigan xulosalar va ularning mazmunini ajratish.
2. Elektron darslikka qo‘yiladigan psixologik talablardan chiqariladigan xulosalar va ularning mazmunini ajratish..
Скачать Файл:
Ushbu ma’lumotni yuklab olish uchun ro’yxatdan o’ting. Ma’lumotlar mutlaqo bepul. Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь или войдите на сайт.
Please register or login to download this file.
Qiziqarli malumotlar
Darslikka qo’yiladigan talablar