Darslik 6 sinf
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
6-sinf Tarix 6-“G”
Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi , guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
- Qaysi voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga keltiradi?
- “Piramidalar matnlari” va “Marhumlar kitobi” qaysi xalqqa tegishli ?
- Qadimda Mohenjodaro shahri qayer joylashgan edi?
- Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan qaysi fan shug’ullanadi?
- Tangalarni tadqiq etish bilan esa qaysi fan shug’ullanadi?
So’nggi paleolit davrida (mil.avv 40-l2 ming уil avval) ko’pdan ko’p voqealar ro’y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o’zgardi. Odamning o’zi ham, tashqi qiyofasi ham o’zgarib bordi. Mazkur davrda hozirgi qiуofadagi odam – kromanyon odami yashagan edi.So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand shahri hududidan, Toshkent viloyati Ohangaron daryosi vodiysidagi Ko’lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlamlaridan, shuningdek, Farg’ona vodiysidan topilgan. Taxminan 25-30 ming уil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan. Inson endilikda taqinchoqlar – munchoqlar, tumorlar va uzuklar ham yasay boshladi. Shunday qilib, so’nggi paleolitda insoniyat o’z rivojida tag’in bir pog’onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga – urug’ jamoalariga ajralib chiqishdi. Urug’ga oqsoqol sardorlik qilgan, urug’ a’zolari bitta manzilgohda yashagan. Bir joyda yashab turgan bir qancha urug’lar qabilani tashkil etgan. Turar joylar qurilishi so’nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi bo’ldi. Kiyim.kechak tayyorlashda hayvonlar terisi ishlatilardi. Inson bu davrda sun’iy tarzda olov (yog’ochni bir biriga ishqalash, chaqmoqtoshni bir biriga urish) hosil qilishni ham o’rganib oldi.Mezolit davri (o’rta tosh asri) taxminan miloddan avvalgi XII-VII mingyilliklarda davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan Muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Mezolit davrida inson o’q-yoy yasashni o’rganib oldi.
- Antropologlar- qadimgi odamlarni suyak va boshchanoqlarini o’rganadi,
- Arheologlar- qadimgi manzilgohlarni.
- Etnograflar- xalqlarni kelib chiqiqshini.
- Lingvistlar – tillarni kelib chiqishini o’rganadi.
- Zardushtiylikni muqaddas kitobi “”Avesto “,
- Geradot -V asrda yashagan yunon tarixchisi,
- Strabon “Geografiya asari muallifi.
1-guruh. Qadimgi tarixni o’rganish.
2-guruh. Qadimgi tarix bo’yicha manbalar.
3-guruh. O’zbekiston va jahon sivilizatsiyasi.
4-guruh. Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish.
- Nega arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini “tosh davri” deb atashadi?
- Tosh asri davrlarini sanab bering.
- Nega ular shunday nomlangan?
- Olimlar tarixni qayta tiklaydigan manbalar nomini aytib bering.
- Tarixni o’rganishda foydalanilgan qaysi moddiy manbalarni bilasiz?
- Arxeologiya, antropologiya va etnografiya kabi fanlar haqida nimalarni bilasiz?
- Patriarxat va Matriarxat davrining manosini bilasizmi?
Uyga vazifa: Matnni o’qish, savollarga javob yozish.
Ko’rildi: O’IBDO’ ___________________
6-sinf Tarix
6-“A” |
15. 09. 2017 yil |
3-Mavzu Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari.
- ta’limiy maqsad: o’quvchilarga eng qadimgi odamning mehnat qurollari haqida bilim berish;
- tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash;
- rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars metodi: savol-javob, “Klaster” metodi , guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: Savol-javob.
1. Nega arxeologlar insoniyat tarixi ibtidosini “tosh davri” deb atashadi? 2. Tosh asri davrlarini sanab bering. Nega ular shunday nomlangan? 3. Olimlar tarixni qayta tiklaydigan manbalar nomini aytib bering.
4. Tarixni o’rganishda foydalanilgan qaysi moddiy manbalarni bilasiz?
Yangi mavzu: “Klaster” metodi.
Qadimgi tarixni o‘rganish. Insoniyatning qadimgi tarixini turli ixtisosdagi olimlar o‘rganadilar. Arxeologlar qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma shlarini amalga oshiradilar. Antropologlar qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasi-ni tiklaydilar va rivojlanishini o‘rganadilar.
Etnograflar qadimgi odamlarning ko‘pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlab qolgan xo‘jalik va madaniy an’analarini o‘rganadilar.
- Ilk paleolit odami tashqi ko’rinishini tasvirlab bering.
- O’zbekiston hududidagi qaysi paleolit manzilgohini bilasiz?
- O’rta oaleolit davridagi eng qadimgi odamning mashg’ulotlarini sanab bering.
- Diniy e’tiqodb kurtaklari vujudga kelishi sabablarini ayting?
- Ilk qoya rasmlari qaysi davrda paydo bo’ldi?
- U yoki bu buyumlar omed keltirishiga yoxud balo qazoni bartaraf etishga e’tiqod nima deb ataladi?
- Qoyatosh rasmlaridan eng qadimiylari qaysi g’orlardan topilgan?
- Teshiktosh g’ori qachon va kim tomonidan topilgan?
Baholash.Uyga vazifa: Matnni o’qish, savollarga javob yozish.
Ko’rildi: O’IBDO’ ___________________
6-sinf Tarix
6-“A” |
16. 09. 2017 yil |
4-Mavzu: Urug’chiliк jamiyati.
- ta’limiy maqsad: o’quvchilarga O’zbekiston hududida eng qadimgi odamning makon tutishi xususiyatlari haqida bilim berish;
- tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash;
- rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars metodi: savol-javob, “Slayd” metodi , guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, mavzuga oid xarita, doska, bo’r, daftar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
- Ilk paleolit odami tashqi ko’rinishini tasvirlab bering.
- O’zbekiston hududidagi qaysi paleolit manzilgohini bilasiz?
- O’rta oaleolit davridagi eng qadimgi odamning mashg’ulotlarini sanab bering.
- Diniy e’tiqodb kurtaklari vujudga kelishi sabablarini ayting?
- Ilk qoya rasmlari qaysi davrda paydo bo’ldi?
- U yoki bu buyumlar omed keltirishiga yoxud balo qazoni bartaraf etishga e’tiqod nima deb ataladi?
So’nggi paleolit davri miloddan avvalgi 40-12-mingyilliklarni o’z ichiga oladi. Mazkur davrda hozirgi qiyofadagi odam—kromanyon odami yashagan edi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga—urug’ jamoalariga ajralib chiqishdi. Inson bu davrda sun’iy tarzda olov hosil qilishni ham o’rganib oldi.
Mezolit davri miloddan avvalgi 12-7-mingyilliklarda davom etgan. Bu davrda inson o’q-yoy yasashni o’rganib oldi, hayvonlarni qo’lga orgata boshladi. Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo’jalikning yangi tarmoqlari—ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi.
Neolit davrida sopol idishlarni yasashga o’tildi, kulolchilik, to’quvchilik hunarmandchiligi neolit davrining muhim kashfiyoti bo’ldi.
- Songgi paleolit odami tashqi ko’rinishini tasvirlab bering.
- So’nggi paleolit davrining muhim ixtirolarini ayting.
- Eng qadimgi odamlar jamoasi urug’chilik jamoasidan nimasi bilan farq qiladi?
- Mezolit davri paleolit davridan nimasi bilan farqlanadi?
- Neolit davri ixtirolarini sanab bering.
- Ishlab chiqaruvchi xo’jalik ovchilik va termachilikdan nimasi bilan farqlanadi.
Uyga vazifa: Matnni o’qish, savollarga javob yozish.
Ko’rildi: O’IBDO’ ___________________
6-sinf Tarix
6-“A” |
22. 09. 2017 yil |
5-Mavzu: Eneolit va bronza davri.
- ta’limiy maqsad: o’quvchilarga eneolit va bronza asri ziroatchilari haqida bilim berish;
- tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni har bir xalq tarixiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash;
- rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matn ustida ishlay olish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” metodi , guruhlarda ishlash.
- Songgi paleolit odami tashqi ko’rinishini tasvirlab bering.
- So’nggi paleolit davrining muhim ixtirolarini ayting.
- Eng qadimgi odamlar jamoasi urug’chilik jamoasidan nimasi bilan farq qiladi?
- Mezolit davri paleolit davridan nimasi bilan farqlanadi?
- Neolit davri ixtirolarini sanab bering.
- Ishlab chiqaruvchi xo’jalik ovchilik va termachilikdan nimasi bilan farqlanadi.
Yangi mavzu:
Metall davrining asosiy xususiyatlari. Neolit davrining oxirida odam lar misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o‘tishdi. Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri eneolit– mis-tosh asri deb ataladi. Bu davr mil. avv. 4 – 3- ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.
Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Mil. avv. 4-ming yillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi. O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi, xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi.
Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o‘simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlandi. Odamlar misni eritib, qalay, qo‘rg‘oshin yoki
rux bilan qo‘shib, bronza olishni o‘rganganlar. Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi tufayli mi l. avv. 3-ming yillik o‘rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi. Bronza mehnat qurollariga ega bo‘lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo‘lga kiritdi. Natijada ular ixtiyorida ortiqcha miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari vujudga keldi. Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi.
Patriarxatning boshlanishi. Tarixning ko‘p davrlari davomida uruq‘ jamoasidagi muhim ishlar ayollar zimmasida bo‘lib (bolalarni tarbiyalash, ovqat tayyorlash, hayvon terilarini tozalash, kiyim-bosh tayyorlash), jamoada ular ning, ayniqsa, yoshi katta ayollarning mavqei erkaklarnikiga nisbatan ancha baland bo‘lgan. Omoch bilan yer haydab, ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga kelishi natijasida urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tdi. Uy xo‘jaligi yumushlari ayollar zimmasida qoldi. Endi urug‘chilik oilasida erkaklar muhim o‘rin tuta boshladi. Qarindoshchilik erkaklar tomonidan belgilanadigan bo‘ldi va patriarxat davri boshlandi. Oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topadigan bo‘ldi.
Qiziqarli malumotlar
Darslik 6 sinf