CHIRCHIQ VODIYSI

CHIRCHIQ VODIYSI

CHIRCHIQ VODIYSI — Gʻarbiy Tyanshandagi vodiy, Toshkent viloyati hududida. Chorvoq suv ombori qurilgandan keyin Chirchiq vodiysining yuqori qismi suv ostida qolib ketgan. Vodiy shim. gʻarb va shim. da Qorjontov va Ugom tizmalari, shim. sharq va sharkda Talas Olatovi, jan. sharqda esa Chatqol tizmasi bilan oʻralgan. Jan. va jan. gʻarbiy kismlari tekislikka tutashgan. Uzunligi Alizar koʻtarilmasidan (jan. gʻarb tomon) Sirdaryogacha 135 km. Kengligi vodiy toraygan joylarda 80—100 m, oʻrta kismida 35—40 km gacha. Vodiyning eng tor joyi (Chorvoq qisigʻi yoki Chorvoq darvozasi) ga toʻgon, suv ombori qurilgan. Chirchiq daryosining quyi okimi tomon terrasa (koʻhna qayir) pogʻonalari pasayib boradi va daryo vodiysining chegaralarini aniq paykash kiyin. Piskom va Chatqol daryolari qoʻshilgan joydan Chirchiq sh. gacha boʻlgan hudud Chirchiq botigʻidan iborat. Paleogen davrida Chirchiq vodiysi oʻrnida dengiz boʻlgan. Chirchiq daryosining bir necha terrasalari buni isbotlaydi. Ushbu hududda tektonik harakatlar davom etmoqda. Yer yuzasidaga yangi tektonik harakatlar differensial xarakterga ega. Tektonik jihatdan Chirchiq vodiysi grabensinklinal, yonatrofdagi tizmalar gorst antiklinaldir. Ular gersin burmalanishi davrida shakllangan. Neogen toʻrtlamchi davr yangi tektonik harakatlar taʼsirida hoz. koʻrinishini olgan. Vodiy hududida boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklari (konglomerat, qum aralash shagʻal toshlar, lyosslar) keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
CHIRCHIQ VODIYSI