Chet elda oʻqish: FAQ

Chet elda oʻqish: FAQ

Chet elda oʻqish: FAQ

Ushbu maqolada Melburn Universitetiga kirishimnimas, oʻqish, yashash, bitirish va undan keyingi rejalarni oʻrtoqlashmoqchiman. Maqolani yozishimga sabab turli insonlardan tinimsiz shu haqidagi bir xil savollarni olishim boʻldi. Barchaga hurmatni saqlagan holda, kech boʻlsada hamma savollarga shu yerda javob berishni lozim topdimki, kimda savol tugʻilsa, shu yerdan oʻqib oladi. Albatta, hamma ikir-chikirlarni bitta maqolada qamrab olib boʻlmaydi. Shu holatda sizning eng yaqin doʻstingiz GOOGLE. Xullas boshladik.

Chet elga oʻqishga tayyorlanishni nimadan boshlay?

Eng avvalo ingliz tilini yaxshi bilishdan. Busiz umuman iloji yoʻq lekin bu bilan hamma ish bitdi deganiyam emas. Agar ingliz tilini bilmasangiz, maqola davomini oʻqishingizga hojat ham yoʻq.

Hello, world! Let me turn to English. Hazil 🙂 Oʻylaymanki, siz IELTS, TOEFL kabi testlardan yaxshi bal olgansiz. «Yaxshi bal» texnik sohada 6.5, shaxsan oʻzimam 6.5 olgandim (7–7–6–6). Melburn Universitetining Informatsion Texnologiyalar boʻyicha magistratura bosqichi uchun talab 6.5 va hech biridan 6 dan kam boʻlmasligi kerak edi — doimgiday chiziqdan shundoq tepadaman.

Qaysi oʻqishga kirishni maslahat berasiz?

Oʻqishni tanlashda aynan bitta toʻgʻri yoʻl yoʻq. Istagancha internetda oʻqishlarni va davlatlarni koʻrib yoqqaniga topshiravering. Shaxsan oʻzim, universitetlar reytingini ochib (topuniversities, timeshighereducation), tepadan boshlab qarab kelardim. Oʻzim oʻqishni xohlagan sohaga talablari qanaqa, men mos kelamanmi, grant yutish imkoniyati bormi, bitirgandan keyin oʻsha davlatda ishga qolish imkoniyati qanaqa? Ushbu savollarning qariyb hammasiga javobni internetdan qidirib topsa boʻladi. Savollarning javobidan kelib chiqib hamda turli obroʻdagi 3–4 ta oʻqishga bir vaqtda topshirganman. Tekin maslahat: zoʻr oʻqishda oʻqib bitiriboq Oʻzbekistonga qaytish rejangiz boʻlsa, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlar eng maqbuli boʻlsa kerak. Shulardan Germaniyada juda koʻp oʻqishlar tekin yoki ancha arzon. Agar oʻqishni bitirib ishlashga qolish rejangizda boʻlsa, Kanada va Avstraliya davlatlari hozirda eng yaxshilari boʻlsa kerak.

Qaysi sohada oʻqisam yaxshi ish va maosh topaman?

Bu savolga hech ikkilanmasdan Information texnologiyalar (information technology) va kompyuter ilmi (computer science) sohalarini maslahat beraman chunki bu sohani bitirib dunyoning istalgan burchagida ish topib ishlab ketolasiz va borgan sari unga talab oshib bormoqda, oylik ham yomonmas.

Ham ishlab ham oʻqisam kontraktni toʻlay olamanmi?

Bu tanlagan oʻqishingizga va borayotgan davlatingizning qonunchiligiga bogʻliq. Masalan, Avstraliyada talaba vizasiga ega boʻlgan shaxs haftasiga qonuniy 20 soatdan koʻp ishlashi mumkin emas. Men davlatdagi eng nomdor oʻqishni tanlaganim uchun kontrakt toʻlovi juda qimmat edi. Shunday ekan meni holatimda bu savolga javob: 99.99% yoʻq.

Ham ishlab, ham oʻqib uyga qanchagacha pul joʻnatsam boʻladi?

Kill me, please.

Qancha koʻntrakt toʻlaysiz? Melburn Universitetiga kirish talabi qanaqa? Qanaqa grantlar bor? Avstraliyada sizning sohangizda qancha oylik beradi?

Google, google, google 😐

Bitirganda qanday yaxshi ish topish mumkin?

Oʻqish davomida ta’tilda albatta praktika oling. Omadingiz kelsa, oylik toʻlaydiganini topsangiz yanayam yaxshi. Oʻqishni bitirayotganingizda ish topish uchun bu sizga eng katta «plyus». Oʻqish paytida bitirganda ish topish, praktika topish kabi ishlarga alohida vaqt ajrating, uniyam universitetdagi boshqa fanlar qatorida bitta fan sanab, oʻshancha vaqt ajrating. Boʻsh vaqtingizda intevryularga tayyorlanib yuring.

Qo’shimcha savollaringizni bevosita oʻzimga yozmasdan shu yerda yozsangiz, javobini hamma koʻrib turadi. Men bir xil savolga qayta-qayta javob berib charchamayman.

Manba:

Ta‘lim
Chet elda oʻqish: FAQ