CHAYKIN Vadim Afanasyevich

CHAYKIN Vadim Afanasyevich

CHAYKIN Vadim Afanasyevich (1886, Kursk gubernyasining Novo-Oskol uyezdi — 1941.8.9) — tarixchi va jamoat arbobi. Ufa gimnaziyasida oʻqigan. 1904-y. dan eserlar partiyasining aʼzosi. 1908—15 y. larda qamoq va surgunda boʻlgan. Turkistonda podsho Rossiyasi hukmronligiga qarshi kurashlarda faol qatnashgan. 1916-y. yozidan Andijonda yashagan. Mirkomilboy taklifi bilan Andijon aholisi nomidan Ch. Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev bilan mardikorlikka safarbarlik ishini tekshirish uchun Petrogradga borgan (1916-y. iyul). Ch., U. Asadullaxoʻjayev, Mustafo Choʻqay hamroxdigida A. F. Kerenskiy va Q. B. Tavakkalovdan iborat komissiya Turkistonga keladi. 1917-y. da u siyosiy faoliyatini yanada jonlantirgan. Eserlar partiyasining Turkistondagi rahbarlaridan biri boʻlgan. Butun Rossiya Sovetlarining 1-syezdi (Petrograd, 1917-y. iyun)da Ch. U. Asadullaxoʻjayev bilan birgalikda qatnashgan. Rossiya Muvaqqat hukumati Turkiston qoʻmitasi raisi (1917-y. iyul—sent.). Oktyabr toʻntarishisj soʻng Chaykin oʻng eser sifatida bolsheviklarga qarshi chiqadi. Rossiya Taʼsis Majlisi aʼzosi (191718).

Ensiklopediya.uz
CHAYKIN Vadim Afanasyevich