Chaqaloqning qorni og’rishi (gazlar, meteorizm)

Chaqaloqning qorni og’rishi (gazlar, meteorizm)
chaqaloqning qorni ogrishi gazlar meteorizm 65ca90f3142e2

chaqaloqlarda meteorizm

Chaqaloqning qorni og’rishi (gazlar, meteorizm)

DO`STLARGA ULASHING:

Chaqaloqning qorni og’rishi (gazlar, meteorizm)

O’sayotgan bola uchun havo yutib olib, chiqarish oddiy holdir. Lekin qorni ichida gazlarning ortib ketishi kichik bolada qiyinchiliklar keltirishi mumkin. Bola organizmida gazlar yig’ilib qolsa, ularni chiqarish yo’llari mavjud.

✅Bola organizmda havo kamroq kirishini ta’minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilaylik:

— Ko’krak suti bilan emizayotgan bo’lsangiz, bola ko’kragingizni lablari bilan yaxshilab qisib olganligiga amin bo’ling. Bola og’ziga ko’krak uchigina emas, balki butun areolasi kirishi kerak.

— Agar butilkadan emizayotgan bo’lsangiz bolaning lablari butilka so’rg’ichining uchida emas, yo’g’on qismida bo’lishini nazorat qilib turing.

— Butilkadan emizish davomida havo butilkani tagiga (asosiga) ketib qolishi uchun butilkani 30-45 gradusga ko’targan holda ushlang.

— Ko’krak suti bilan emizayotgan bo’lsangiz, siz yeydigan mahsulotlar tarkibidan bolada meteorizm holatini keltiruvchi mahsulotlarni olib tashlang. Ko’pincha bolalarda meteorizm holatini karam, nok, ayrim sharbatlar keltirib chiqaradi, qo’shimcha ovqat berishni boshlagan bo’lsangiz ehtiyot bo’lib bering.

— Bitta o’tirganda ko’p bergandan ko’ra, bolani kamroq miqdorda tez-tez ovqatlantiring.

— Emizish davomida va emib bo’lgandan so’ng 30 daqiqa bolani 45 gradusda, vertikal holda ushlang.

— Bo’shab qolgan butilkani emib yotishiga yo’l qo’ymang.

— Bola yig’laganda tezda ovuting.

❓Organizmdan havoni ko’proq chiqarib yuborish uchun nima qilish kerak?

— Birinchi navbatda bolani emizish davomida va undan keyin kekirtiring.

— Bola qornini soat strelkasi bo’yicha asta silang.

— Bolani o’tqazib ushlang.

Chaqaloqning qorni og’rishi (gazlar, meteorizm)