Chaqaloqlarda ortiqcha terlash sabablari va ularni qanday engish mumkin

Chaqaloqlarda ortiqcha terlash sabablari va ularni qanday engish mumkin

Ichaklar bilan bog‘liq muammolarda bolalar uyqusi buziladi, ular passiv bo‘lib qolishadi. Agar qabziyat jiddiy kasallik oqibatida kelib chiqsa, asosiy simptomlarga quyidagila ham qo‘shilishi mumkin:

Chaqaloqlar kiyimi andozasi

Bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda yuzaga keladigan muammolardan biri ich qotishidir. Chaqaloqlarda ich qotishi yoki ich ketishi bilan yuzaga keladigan muammolar bola tug‘ilganidan bir necha kun o‘tiboq namoyon bo‘lishi mumkin. Ushbu patologik holatni o‘z vaqtida davolamaslik, chaqaloq umumiy ahvolining og‘irlashuviga sabab bo‘lishi mumkin.

Ich qotish haqida qisqacha

Oshqozon ichak tizimining normal ishlagan holatida, chaqaloqlar ichi bir kunda bir marotaba keladi. Bu jarayon odatda ertalab yuzaga kelib, chaqaloq uchun hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi va og‘riqlarsiz kechadi. Najas massasi yumshoq bo‘lganligi sababli bolalarda hech qanday muammo tug‘dirmay ajralib chiqadi. Agar ich kelishi har kuni kuzatilmay, inson bu jarayon vaqtida og‘riq yoki kuchanish hissini sezsa, najas tarkibi qattiq va quruq bo‘lsa, bu holatga ich qotish deb aytiladi.

Ich kelishi bilan muammolar har qanday yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin. Ko‘pincha chaqaloqlar va yosh bolalar bu muammodan aziyat chekishadi. Ularda bir necha kunlab ichi kelmay turadi va hojatga chiqish hissi kelganda hech qanday natija bo‘lmaydi va bu vaqtda ular og‘riq sezishadi hamda bezovtalanishadi.

Surunkali ich qotishda bemorlar ko‘pincha o‘zini yomon his etayotganini va orqa chiqaruv yo‘llaridagi yoriqlarga shikoyat qiladilar. Chiqaruv yo‘llaridagi yoriqlar esa inson hojatga borganda azob berib, bo‘shalishga xalaqit qiladi va bu holat muammoni yana jiddiylashtiradi.

Agar ich qotishini bartaraf etmasa va bu uzoq muddat davom etsa, organizm intoksikatsiyasiga sabab bo‘ladi. Bu ichaklardagi qoldiq moddalarning organizmga singib ketishi bilan tushuntiriladi.

Ich qotishini davolash – bu holatga sabab bo‘layotgan omilni yo‘qotishdir. Shuning uchun ich qotish holatlari kuzatilsa, umumiy tekshiruvdan o‘tish kerak va to‘g‘ri davoni faqatgina shifokor belgilaydi.

Chaqaloqlarda ich qotishi sabablari

Chaqaloqlarda ich qotishiga olib keluvchi omillar turli tuman. Ko‘p hollarda bola organizmida suv yetishmasligi sababli ich qotadi. Sababi, suv ichaklarni yumshatadi va silliqlaydi, najas yumshab chiqib ketishi oson bo‘ladi.

  • Bundan tashqari, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ich qotishiga sabablar quyidagilar ham bo‘lishi mumkin;
  • Ichaklar yoki yo‘g‘on ichakda tug‘ma anomaliya bo‘lishi;
  • Anal teshigining torayib qolishi;
  • Gipotireoz (qalqonsimon bez gormonlari sintezining buzilishi);
  • Ichak devorlarida nerv oxirlarining to‘liq rivojlanmaganligi.

O‘QING: Bolalarda ich ketishi (diareya) – sabablari, turlari, klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi va davolash usullari

Bundan tashqari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ayrim dori preparatlarni qabul qilganda ham ich qotishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, antibiotiklar qabul qilganda bolalarda ich qotish holati ko‘p kuzatiladi. Antibiotiklar ichak florasini buzadi va disbakteriozga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda pediatr ko‘rigidan o‘tish zarur va ichak mikroflorasini tiklash yo‘li bilan, ich qotish muammosi bartaraf etiladi.

Ich qotishining asosiy sabablari

  • Onaning noto‘g‘ri ovqatlanishi;
  • Sun’iy ovqatlanishga erta o‘tish;
  • Oziqa turning aralashishi.

Ba’zida chaqaloqlarda ich qotishi sun’iy ovqat tarkibidagi moddalarni bola organizmi ko‘tara olmasligi sababli ham yuzaga keladi. Bolalarning psixo-emotsional holati ham ichaklar funksiyasiga ta’sir etadi.

Chaqaloqning aralash ovqatlantirilganligi sababli kelib chiqadigan ich qotish

Chaqaloqlar 1 yoshgacha ona suti bilan oziqlantirilishlari kerak. Shu sababli oziqaviy mahsulotlar aralashtirilgani uchun chaqaloqlarda ich qotish ko‘p kuzatiladi.

Bolani sun’iy oziqlantirishga o‘tishiga ko‘p hollarda ona suti yetishmasligi yoki sutning sifatsizligi sabab bo‘ladi. Ba’zida chaqaloqlar ona sutiga to‘ymay qolishadi, chunki ona suti tarkibida yetarlicha yog‘ bo‘lmaydi. Bunday hollarda bolalar injiq, yig‘loqi, uyqusi buziladigan bo‘lib qolishadi.

Ozuqaning aralashishi natijasida bolada ich qotishiga sabab – sun’iy ovqatning o‘zidir. Bu kabi mahsulotlar bola uchun noodatiy bo‘lib, hazm qilish a’zolari uni qiyinchilik bilan qabul qiladi. Ayrim hollarda, yangi mahsulotlar berish hisobiga bolalarda reflektor ravishda ichaklar spazmga uchrab qoladi va bu bolada ich qotishiga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, chaqaloqlar ichi qotib qolishida ovqat harorati ham muhim o‘rin egallaydi. Bola iste’mol qiladigan ozuqa issiq ham sovuq ham bo‘lmasligi zarur. Eng yaxshisi ko‘krak suti kabi haroratda beriladigan ozuqalardir. Bu esa ich kelishi bilan yuzaga chiqadigan muammolardan xalos etadi.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirilganda nima sababdan bolaning ichi qotadi?

Chaqaloqlar ko‘krak suti bilan oziqlantirilganda ham ich qotishi kuzatilsa, bunda ona organizmi tomonidan sut kam ishlab chiqarilayotgan bo‘ladi. Bunday ich qotishni “och qolish sababli kelib chiqqan qabziyat” deyish mumkin. Bunday hollarda chaqaloqlardagi qabziyat holati qo‘shimcha ovqatlantirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Bundan tashqari, chaqaloqlarda qabziyat yuzaga kelishida, ayniqsa, onaning ovqatlanish tartibi va tarkibi muhim rol o‘ynaydi. Axir, ona iste’mol qilgan barcha mahsulotlar bolaga uning sutidan o‘tadik-u. Shu sababli shifokorlar ko‘krak yoshidagi farzandlari bor ayollarga quyidagi mahsulotlarni cheklashni tavsiya etadilar:

  • Dukkakli mahsulotlar;
  • Yog‘li va qovurilgan mahsulotlar
  • Dudlangan mahsulotlar;
  • Oq non va yangi tayyorlangan pishiriqlar;
  • Banan;
  • Kofe;
  • Sut;
  • Shakar;
  • Achchiq choy;
  • Go‘sht va boshqalar.

O‘QING: Neonatal talvasalar (sudorgi) – sabablari, belgilari, diagnostikasi va davosi

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha mahsulotlar organizmda gaz hosil bo‘lishini ko‘paytiradi va bolalarda ich qotishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli onalar ko‘krak yoshidagi bolalarini emizadigan davrda diyetaga rioya qilib turishlari zarur.

Chaqaloqlarda ich qotishi belgilari

Chaqaloqlarda kuzatiladigan qabziyat belgilari, unga sabab bo‘ladigan omilga bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda ich qotishida – najasning kelish muddati cho‘ziladi va axlat massasi qatiq, quruq bo‘lib qoladi. Shu bilan birga bolalarda quyidagi belgilar ham kuzatilishi mumkin:

  • Bezovtalik va yig‘lash;
  • Injiqlik;
  • Qorin dam bo‘lishi;
  • Ovqatlanishdan bosh tortish;
  • Qorinda xurujlar (kolika);
  • Ich kelish vaqtida bola yuzi qizarib ketishi va kuchanish hissi;
  • Qorin devorining qattiqlashishi.

Ichaklar bilan bog‘liq muammolarda bolalar uyqusi buziladi, ular passiv bo‘lib qolishadi. Agar qabziyat jiddiy kasallik oqibatida kelib chiqsa, asosiy simptomlarga quyidagila ham qo‘shilishi mumkin:

  • Ko‘ngil aynishi va qusish;
  • Tana haroratining oshishi;
  • Allergik toshmalar;
  • Teri rangining o‘zgarishi;
  • Najasda qon va shilliq bo‘lishi;
  • Kuchli hiqichoq tutishi.

Bunday holatlarda bolani tezroq pediatrga olib borish kerak. Bolada kuchli qabziyat kuzatilgan vaqtda nima qilish kerak va hazm tizimi a’zolar funksiyasini qanday tiklash haqida faqatgina shifokor to‘g‘ri ko‘rsatmalar bera oladi.

Chaqaloqlarda qabziyat vaqtida nima qilish kerak?

Birinchi navbatda bolada ich kelishi muddati uzaysa – pediatr ko‘rigidan o‘tish zarur. Bolaning hayoti uchun xavf tug‘diruvchi jiddiy kasalliklarni inkor etish uchun labarator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazish kerak.

Agar bolalarda qabziyatga sabab bo‘ladigan jiddiy patologiya topilmasa nima qilish kerak? Bunday holatda qabziyatga olib keluvchi omil ona sutining sifatsizligi, sun’iy ozuqaga o‘tish yoki ichaklarda nerv bilan ta’minlanishining buzilishlaridir.

Bolalarda ichaklarning normal ishlash funksiyasini qayta tiklash uchun kompleks muolajalar olib boriladi, ular quyidagilar:

  • Massaj;
  • Ona ovqatlanish tartibini o‘zgartirishi;
  • Dori preparatlari;
  • Klizma;
  • Gaz chiqaruvchi naycha (trubka) qo‘yish.

Chaqaloqlarda ich qotishini davolash (Medikamentoz)

Medikomentoz davo – bolalarda qabziyatni massaj qilish va diyeta yordamida bartaraf eta olmagan hollarda olib boriladi. Chaqaloqlar ichak funksiyasini tiklash va najasning oson kelishini ta’minlash uchun quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin:

  • Espumizan;
  • Glitserinli shamchalar (svecha) lar qo‘yish;
  • Dyufalak;
  • Planteks;
  • Klizma qilish.

Dyufalak va Planteks ichaklar peristaltikasini oshiradi, Espumizan – qorin dam bo‘lishini bartaraf etadi. Rektal shamchalar (svecha) esa to‘planib qolgan najasni yumshatadi va uning chiqib ketishini osonlashtiradi.

Ichakni tozalovchi klizmaga kelsak, bu muolajani bir hafta davomida bir marta o‘tkazish kerak bo‘ladi. Aks holda bolalarda disbakterioz kelib chiqishi mumkin, hamda vitamin va minerallarni yuvib chiqib ketadi. Tozalovchi klizma uchun toza iliq suvdan foydalaniladi. Unga glitserinli moyidan qo‘shish ham qotib qolgan najasni yumshatadi.

O‘QING: Bolalarda asakridoz – sabablari, belgilari, asoratlari, tashxislash va davolash usullari

Chaqaloqlarda ich qotishi kuzatilganda onalar diyetasi qanday bo‘lishi kerak?

Bolalarda ich qotganda qanday yordam bersa bo‘ladi? Buning uchun onalar nima qilishlari kerak? Avvalo emizikli ayollar zararli odatlardan voz kechishlari va ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tuzib olishlari lozim. Chaqaloqlarda ich kelishini yaxshilash uchun quyidagilar yordam berishi mumkin:

  • Ukrop va petrushka;
  • Barra sabzavotlar;
  • Ovqat tarkibiga zaytun moyi yoki o‘simlik moyidan qo‘shish;
  • Sabzavotlardan sho‘rvalar tayyorlab ichish;
  • Qora olxo‘ri;
  • Qaynatilgan qovoq yoki lavlagi;
  • Yog‘i kam bo‘lgan qatiq.

Bundan tashqari, ayollar suv balansini ham normada ushlab turishlari kerak va albatta chaqaloqlarga ham ovqatdan keyin yoki ovqatlantirishdan oldin suyuqliklar berish tavsiya etiladi.

Ich kelishini yaxshilovchi davolovchi massajlar

Ichaklarda yig‘ilgan gazlarni yo‘qotish va ichaklar peristaltikasini oshirishning eng oson va xavfsiz hamda samarali yo‘li davolovchi massajlar bajarishdir. Agar bolakaylarning qorin sohasiga qo‘l bilan tegilganda yig‘lasa yoki bezovtalanishsa, massaj muolajalarini to‘xtatish va pediatr ko‘rigidan o‘tish kerak.

Bolakaylarni qorin devorini juda ham ehtiyotkorlik bilan massaj qilish zarur, buni quyidagicha amalga oshirish talab etiladi:

  • Bolakaylarning kiyimi yechiladi va orqasi bilan yotqiziladi;
  • Kaftingizga biroz moy surib oling;
  • Bolakay terisining moyga bo‘lgan allergiyasi tekshirib ko‘riladi;
  • Kindik atrofini soat strelkasi bo‘ylab, yengil harakat bilan 5 daqiqa davomida massaj qilish lozim;
  • Muolaja so‘ngida qorinning yuqoridan pastki sohasiga tomon yengil qo‘l harakati bilan “ichakdagi massalarni surish kerak”, ya’ni qo‘l qorin devori ustida mayonlik bilan sirpantiriladi.

Massajdan so‘ng ichaklar peristaltikasini oshiruvchi muolajalar bajariladi:

  • Bolakayni orqa tomoni bilan yotqiziladi;
  • Oyoqlarni pastki qismidan ushlab, bir necha marotaba qorin sohasiga bukib yoyiladi (5 marotaba);
  • Bolakayni tizzalarga qorni bilan yotqizliib, orqa tarafdan kuraklardan boshlab, belgacha aylana harakatlar bilan yengil uqalanadi.
  • Bundan tashqari, shifokorlar chaqaloqlarni ovqatlantirgandan keyin qorin sohasi bilan yotqizib qo‘yish tavsiya qilinadi (3-8 daqiqaga).

O‘simlik moylari

Profilaktika va davolash maqsadida qabziyat holatlarida bolakaylarga, albatta, moyga nisbatan allergiyasi bo‘lmasa, bir necha tomchidan o‘simlik moylaridan berish mumkin. O‘simlik moylariga quyidagilar kiradi:

  • Qovoq moyi;
  • Oblepixa moyi

O‘simlik moylari bola organizmi tomonidan yaxshi qabul qilinadi, ular ichaklar peristikaltikasini kuchaytiradi, ichni yumshatadi, najas harakatini yaxshilaydi, hamda chaqaloqlar immunitetini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Chaqaloqlarda ich qotishi kuzatilsa, nima qilish mumkin emas?

Ko‘pincha chaqaloqlarda qabziyat yuzaga kelganda, ayollar xo‘jalik sovunidan foydalanishadi. To‘g‘ri ichakka kir yuvish sovunidan bir bo‘lagini joylab qo‘yilsa, tamom ich yumshab bolakay bemalol “xojatini chiqaraverdi” deb o‘ylashadi.

Bu mutlaqo xato fikr va chaqaloqlarda bunday usulni qo‘llash mumkin emas! Kir yuvish sovunlari kuchli ishqoriy muhitga ega, ular ichaklar normal mikroflorasini buzib yuboradi. Bundan tashqari, kir sovunlari to‘g‘ri ichakda yaralar paydo qilib, kuchli qo‘zg‘aluvchanlik chaqiradi.

Agar chaqaloqda ich qotishi kuzatilsa va siz nima qilishni bilmasangiz, o‘z boshimchalik qilmasdan, shifokor-pediatr huzuriga borishingiz shart. Chunki pediatrlar o‘zlarining qimmatli yillarini aynan bolakaylar salomatligini saqlashga sarflaydilar.

81,061 просмотров всего, 470 просмотров сегодня

Chaqaloqlarda ortiqcha terlash sabablari va ularni qanday engish mumkin

Chaqaloqlarda ortiqcha terlash – bu yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tez-tez uchraydigan holat. Siz ko’pincha emizishda va hatto uxlab yotganingizda bolalar tez-tez terlashini payqashingiz mumkin. Tug’ilishning dastlabki bosqichlarida chaqaloqlar terlashga moyil, chunki ularning asab tizimi yaxshi rivojlanmagan. Biroq, chaqaloqlarda ortiqcha terlash odatiy holmi va ma’lum bir kasallik belgisi emasmi? Bu erda to’liq sharh mavjud.

Chaqaloqlar osongina terlashlari odatiy holdir, ammo hushyor bo’lishlari kerak

Chaqaloqlar tez-tez terlashini payqadingizmi? Bu, ehtimol, har bir chaqaloq boshdan kechiradigan odatiy holat. Voyaga etmagan asab tizimi tana haroratini boshqarish uchun maksimal darajada ishlay olmaydi, chunki odatda chaqaloqlarda bosh, qo’l va oyoqlarda ortiqcha terlar paydo bo’ladi. Buning sababi shundaki, bu qismlarda ter bezlari ko’p. Biroq, boshqa tomondan, bu shartni e’tiborsiz qoldirishingiz mumkin degani emas. Sababi shundaki, bu chaqaloqning sog’lig’i bilan bog’liq muammolarni ko’rsatishi mumkin, ayniqsa boshqa alomatlar bilan kechganda.

Chaqaloqlarda ortiqcha terlash sabablari

Muayyan vaqtlarda chaqaloqlar ko’pincha qo’llarida, oyoqlarida yoki boshlarida va hatto tanalarida terlashlari mumkin. Bolalarning sabablari ko’pincha terlaydi, shu jumladan:

1. Yig’lamoq

Chaqaloq baland ovozda yoki uzoq vaqt yig’laganda, u holda ko’p energiya tugaydi. Bu sodir bo’lganda, bola terlaydi va yuzi qizarib ketadi. Biroq, bu vaqtinchalik, chunki bola tinchlangandan so’ng, terlar yo’qolishni boshlaydi.

2. Emizish

  • Chaqaloqlar nafas olishda qiynalishadi
  • Har doim emizikli bo’lib ko’rinadi yoki doimo emizishda uxlab qoladi
  • Teri ustida mavimsi rangga ega bo’lishi mumkin.

3. Qalin yoki qatlamli kiyim kiying

Ota-onalar tez-tez sovuqni oldini olish uchun bolani qalin yoki qatlamli kiyimlarda kiyintiradilar. Ammo, agar haddan tashqari bajarilsa, chaqaloq juda bezovtalanishi mumkin. Uning tanasi ham qizib ketishi, bezovtalanishi va terlashi mumkin, chunki terisi nafas ololmaydi. Bunga kiyimdan tashqari, qalin yoki qatlamli bolalar choyshablari ham sabab bo’lishi mumkin.

4. Yaxshi uxlang

Chaqaloq qattiq uxlasa, terlashga moyil bo’ladi, chunki u kattalar singari harakat qilmaydi. Kichkintoy uzoq vaqt davomida bir holatda bo’lganida tana harorati ko’tarilishi mumkin. Terlash ham organizmning harorat ko’tarilishini nazorat qilish usuli hisoblanadi.Uchqada bolaning terlashining sababi chaqaloqning asab tizimi tana haroratini boshqarish uchun mukammal bo’lmaganligi sababli yuzaga keladi. Bundan tashqari, chaqaloqning faol ter bezlari holati ularning bosh qismida joylashgan. Shuning uchun boshning holatini uzoq vaqt davomida o’zgartirmaslik chaqaloqlarda ortiqcha terlashga olib kelishi mumkin.

5. Infektsiya

To’satdan paydo bo’lgan chaqaloqlarda ortiqcha terlash gripp kabi ba’zi yuqumli kasalliklar tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Gripp paytida chaqaloqlarda isitma, hapşırma, bezovtalik, yo’tal va tuyadi pasayishi mumkin. Isitma – bu organizmning infektsiyaga qarshi kurashish usuli, shunda paydo bo’lgan issiqlik chaqaloqni terlaydi.

6. Uyqu apnesi

Uyqu apnesi uxlash paytida odamning nafasi 20 soniya yoki undan ko’proq to’xtab turadigan holat. Bu tanani juda ko’p ishlashiga olib keladi, shunda u g’ayritabiiy terlaydi .. Garchi bu go’daklarda kamdan-kam uchraydi, lekin bu mumkin, ayniqsa erta tug’ilgan chaqaloqlarda. Bunday holatda, bola ham xo’rsinishi, nafas olishi va og’zini ochishi mumkin.

7. Giperhidroz

Giperhidroz – bu harorat sovuq bo’lsa ham, chaqaloqlarning ko’p terlashiga olib keladigan holat. Mahalliy giperhidroz faqat tananing ma’lum joylarida, masalan, qo’llar, qo’ltiqlar yoki oyoqlarda uchraydi. Ayni paytda, umumiy giperhidroz tananing katta maydoniga ta’sir qilishi mumkin. Biroq, bu holat ko’pincha bola o’sishi bilan yaxshilanadi.

8. Tug’ma yurak kasalligi

Tug’ma yurak xastaligidan aziyat chekish chaqaloqlarning tez-tez terlashiga olib kelishi mumkin, chunki yurak qonni butun tanaga quyish uchun ko’proq ishlaydi. Taxminlarga ko’ra, chaqaloqlarning deyarli 1% tug’ma yurak kasalligi bilan tug’iladi. Ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan chaqaloqlar ovqat eyishda qiynaladi, terisi mavimsi, tez va sayoz nafas oladi.

Chaqaloqlarda ortiqcha terdan qanday qutulish mumkin

Chaqaloqlarda ortiqcha terlash bilan qanday kurashish mumkinligi sababga bog’liq. Agar bu yig’lash tufayli sodir bo’lsa, nima sabab bo’lganini bilib oling va uni tinchlantiring. Ehtimol, kichkintoy och, bezining bezovtalanishi yoki asabiylashishi mumkin. Agar kiygan qalin yoki qatlamli kiyimlaringiz tufayli go’dak g’azablansa, kiyimingizni qulayroq va salqinroq qilib o’zgartiring. Kichkintoyning tanasidan adyolni ham olib tashlang. Bundan tashqari, xonaning atmosferasi tinch va qulay bo’lishiga ishonch hosil qiling. Xona haroratini go’dakka juda mos qo’ying, na juda issiq, na sovuq. Bola tanasida suyuqlik yo’qligidan xavotirlangani uchun ona suti yoki aralash sutni berib, chaqaloqning hidratlanishiga ishonch hosil qiling. Agar bola hanuzgacha tez-tez terlaydi, ayniqsa boshqa alomatlar bilan yoki kasallikning asosiy sababi bo’lsa, maslahatlashing darhol shifokor. Chaqaloq yaxshi bo’lishi uchun to’g’ri ishlov berish kerak.

Chaqaloqning ilk haftasi (Chilla davri)

Bola dunyoga kelishi katta baxt, lekin uni to‘g‘ri parvarishlab voyaga yetkazish esa ancha mashaqqat tug‘diradigan vazifalardan biridir. Shu sababdan bu baxtga muyassar bo‘lgan onalar uchun bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun har bir organda bo‘ladigan jarayonlarga qarshi zarur tavsiyalar berilgan.

Foydali tavsiyalarlar…

Kindik Yangi tug‘ilgan chaqaloqning yo‘ldoshidan qirqib olingan qismi, ya’ni kindigi 7-14 kun ichida tushib, yara joyi butkul bitadi. Ba’zi paytlarda bu holat cho‘zilishi mumkin. Tug‘ruqxonadan chiqqandan so‘ng chaqaloqning kindigi maxsus parvarishga muhtoj bo‘lmaydi. Chaqaloqning kiyimini har kuni almashtirish va kiydirishdan oldin albatta, dazmollash zarur. Agar chaqaloqning kindigidan qizg‘ish suyuqlik ajralsa yoxud noxush hidni sezsangiz zudlik bilan xirurgga yoki oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.

Teri Ko‘pchilik hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yuz va tana terisida qizg‘ish tusdagi dog‘lar, toz suyagi sohasida esa ko‘kimtir tusdagi dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu dog‘lar ma’lum bir muddat o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Chaqaloqning burun sohasidagi oq donachalarga esa onaning xavotirlanishi o‘rinsiz, chunki bu tabiiy hol bo‘lib, u alohida parvarishni talab etmaydi va chaqaloq rivojlangan sari yo‘qolib boradi.

Sochlar — Ba’zi chaqaloqlar qalin sochlar bilan dunyoga kelishsa, ba’zi birlari esa sochlari kam holda tug‘ilishadi. Bu qorin sochlari hisoblanib, chaqaloq rivojlanish davrida to‘kilib, ularning o‘rnida yangi sochlar o‘sib chiqadi. Shu bilan birga chaqaloqning peshona va tana qismida ham mayda yumshoq sochlar bo‘lishi mumkin, bu sochlar ham vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi.

Liqildoq — Chaqaloqning bosh sohasini ushlab ko‘rganda yumshoq va tomir urib turgan joyni sezish mumkin (katta liqildoq) sal pastroqda, ya’ni ensa sohasida kichik liqildoq mavjud. Bir necha oy ichida bu sohalarda suyak rivojlanadi. Bosh terisi esa juda ham qalin bo‘lib, bolani cho‘miltirishda hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Ilk reflekslar

Ko‘zlar — Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘zlari shishgan yoki uning ichida qizil dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bu normal hol hisoblanadi. Agar bu holat bir haftadan ortiq davom etsa, zudlik bilan okulistga murojaat qilish zarur.

Og‘iz — Chaqaloqning og‘iz bo‘shlig‘idagi oq rangdagi dog‘lar infeksiya mavjudligidan dalolat berib, shifokor ko‘rigiga zarurat tug‘diradi.

Lab — Go‘dak lab sohasining tepa qismidagi shish normal hisoblanib, onaning xavotirlanishiga o‘rin yo‘q.

Ko‘krak qismi — Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘krakchalari sal shishgan bo‘lishi mumkin. Bu shishlarni siqish man etiladi, aks holda siz ko‘krak bezlariga shikast yetkazishingiz mumkin. Agar siz bilmagan holda ko‘krak bezlarini siqqan bo‘lsangiz, unda ilitilgan kamfor yog‘i bilan kompress qilish zarur va zudlik bilan shifokorga murojaat eting.

Ich kelishi — Chaqaloq hayotining ilk kunlarida ich kelishi biroz ko‘kimtir shilimshiq holda bo‘ladi, biroq ona suti bilan oziqlana boshlagandan so‘ng ich ketishi normal sariq tusga kiradi.

Peshob — Yangi tug‘ilgan bola tez-tez peshob chiqaradi, shuning uchun tagliklarni tez-tez almashtirib turish zarur.

Jinsiy a’zolar — Qiz bolalarning tashqi jinsiy a’zolari shishgan va ba’zi hollarda qonli ajralmalar kelishi mumkin, bu normal holdir. O‘g‘il bolalarda esa peshob chiqishining og‘riqli kechishi, shish va qizarish holatlari kuzatiladi, bu holat ro‘y berganda mutaxassisga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Bolani sog‘lom va kasalliklarga chalintirmay o‘stirish uchun uni chiniqtirish lozim. Chiniqtirishning asosiy qoidalaridan biri, bu bolaning chiniqtirish paytidagi sog‘lig‘idir. Bola sog‘lom bo‘lishi kerak. Chiniqtirish muolajalari ijobiy ta’sir etishi uchun ularni tez-tez amalga oshirib turish kerak. Chiniqtirish muolajalarini chaqaloq tug‘ilgan davridan o‘smirlik davrigacha davom ettirish mumkin.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Raxit sababi, tasnifi va davolash

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Qiziqarli malumotlar
Chaqaloqlarda ortiqcha terlash sabablari va ularni qanday engish mumkin