Chaqaloq kindigini parvarishlash — vositalar, artish qoidalari, tavsiyalar

Chaqaloq kindigini parvarishlash — vositalar, artish qoidalari, tavsiyalar

Muolaja o’tkazish uchun steril paxtali bolishchalar, paxtali tayoqchalar, pipetka va salfetka kerak bo’ladi. Tug’ruqxonadan javob berilganda keyin birinchi haftada kindikka kuniga 1-2 marta ishlov berish tavsiya etiladi. Juda tez-tez parvarish choralari chaqaloqning nozik va sezgir terisida ta’sirlanish keltirib chiqarishi mumkin.

Yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi uchun tavsiyalar

Ba’zi yosh onalar chaqaloq bilan birinchi martta yolg’iz qolishganda nima qilishni bilmay, o’zlarini yo’qotib qo’yishadi. Bunday holatga tushmaslikni istasa, bo’lg’usi ona homiladorlik paytidayoq yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi shart.

Chaqaloq parvarishi uchun zarur bo’lgan muolajalar

Yangi tug’ilgan chaqaloqning terisi juda nozik va sezgir, shu sababli ham noto’g’ri parvarish, tezda bola terisining shikastlanishiga olib keladi. Buning oqibatida esa jarohatlar o’rnida infeksion va yallig’lanishli kasalliklar rivojlanish xavfi paydo bo’ladi. Ko’krak yoshidagi bolalar terisining eng ko’p uchraydigan kasalligi bu – chaqaloq yo’rgaki dermatiti. Bunday dermatit, xalq tilida bichilish, odatda terining ko’p nam bo’lib turadigan joylarini yo’rgak yoki kiyim matosiga ishqalanib yallig’lanib ketishi natijasida hosil bo’ladi. Terining bichilib qolishining asosiy aybdorlari bu siydik, ter va matoga ishqalanish. Yuqoridagi omillarning bolalarga ta’sirini iloji boricha cheklash kerak.

Bola terisi bichilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bir necha oddiy tavsiyalarga amal qilish zarur.

  1. Chaqaloq uzoq muddat siydik va ahlat bilan ifloslangan taglikda qolib ketmasligi zarur. Siydik tarkibidagi moddalar teriga zararli ta’sir ko’rsatadi.
  2. Sifatsiz bir martalik tagliklardan (pampers) foydalanmang. Yaxshi taglik siydikni tezda shimib olishi va terini himoya qilishi lozim.
  3. Har safar taglikni almashtirilganda teri ko’rinishidan toza ko’rinsa ham uni maxsus bolalar sovuni bilan yuvish maqsadga muvofiq bo’ladi.
  4. Issiq kunda haddan tashqari qalin kiyintirmang. Terining qizib ketishi va terlashi zararli.

Agar teri bichilishiga gigiyenaga amal qilmaslik tufayli infeksiya ham qo’shiladigan bo’lsa, unda ushbu holat jiddiy davolashni talab qiladi, shu jumladan antibakterial preparatlar yordamida. Bunday muammolarni oldini olish uchun siz chaqaloq terisini parvarish qilishning barcha qoidalariga rioya qilishingiz kerak.

Kichkintoyning ertalabki tozalik mashg’ulotlari

Har kuni ertalab chaqaloqning yuz, ko’z, burun va quloqlari yuvilishi lozim. Yangi tug’ilgan chaqaloqning burun yo’llari juda tor, shu tufayli burunda kam miqdorda bo’lsa ham shilliq to’plansa, shuning o’zi nafas olishni qiyinlashtirishga yetadi. Bu paytda, onaning vazifasi – chaqaloqni burun bo’shlig’ini har kuni tozalab turish. Kichkintoyning ko’zlari kundalik parvarishni talab qiladi. Agar gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, konyuktivit – ko’zning shilliq qavatining yallig’lanishi rivojlanish ehtimoli bor. Bunda ko’zning shox pardasi qizarishi, uyqudan uyg’ongandan keyin esa kipriklar bir-biriga yopishib qolishi, ko’zning ichki burchagida esa shilliq to’planishi kuzatiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi bularni barchasiga katta e’tibor berishni talab qiladi.

Chaqaloqning jinsiy a’zolari tozaligi

Ko’krak yoshidagi bolalarni har safar siygandan yoki ichi kelganidan keyin jinsiy a’zolarini va orqasini yuvish shart. Bolalarning oyoqlari orasi iliq suv bilan yuviladi. Qiz bolalarning orqasini yuvishda ehtiyot bo’lish talab etiladi, ifloslangan suv dumbasidan jinsiy a’zolariga oqib tushmasligi nazorat qilinishi lozim. O’g’il bolalarga esa yuqoridagi qoida taalluqli emas. Agar dumba va oyoqlari orasi juda ifloslangan bo’lsa bolalar sovuni surtib yuvish lozim. Yuvintirib bo’lingandan keyin terini yo’rgak latta bosib quritiladi. Terini artish tavsiya etilmaydi, chunki bu yallig’lanishga olib kelishi mumkin.

Kindik yarasi parvarishi

Yangi tug’ilgan chaqaloqni parvarish qilishda alohida e’tiborni kindik yarasi talab qiladi. Tug’ruqxonada shifokor pediatr buyurgan muolajalarni bajaring. Hali bitib ketmagan kindik yarasi, agarda parvarish qilish qoidalariga rioya qilinmasa, nafaqat kindik (omfalit), balki qon va butun tana (sepsis) infeksiyasiga darvoza bo’lib xizmat qilishi mumkin . Aksariyat hollarda , kindik yarasi chaqaloq hayotining 10-19-kuniga kelib butunlay bitib ketadi.

Chaqaloqni cho’miltirish

Yangi tug’ilgan chaqaloqni birinchi marta, agar pediatrning boshqacha tavsiyalari bo’lmasa, tug’ruqxonadan, uyga qaytgandan keyingi birinchi kunda cho’miltirish mumkin.

Suv protseduralari har kuni, ota-onalarga qulay vaqtda o’tkaziladi. Agar kichkintoy charchagan yoki notinch bo’lsa, uni majburlamagan yaxshi.

Kerakli anjomlarni oldindan tayyorlab oling. Suv haddan tashqari qaynoq bo’lmasligi kerak.

Barcha tayyorgarlik jarayonlari tugagandan so’ng, cho’miltirishni boshlang.

  1. Dastlab bolakayni toza suv bilan yuvib oling. So’ng yumshoq matoni toki qo’lni sovunlab olib, chaqaloq boshini peshonasidan ensasiga qarab yuving
  2. Quloq orqasi, qo’ltiq va oyoqlar orasi, ayniqsa teri burmalar hosil qiladigan joylar yaxshiroq yuvilishi kerak.
  3. Chaqaloqni yana bir bor toza suvda yuving

Yuvinish odatda 8-10 daqiqa davom etgani ma’qul.

Chaqaloqni yo’rgaklash

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarga katta makonga, atrofdagi bo’sh joylarga moslashish uchun vaqt zarur bo’ladi. Bola hayotning birinchi haftalarida chaqaloqlar qo’llarini o’z ixtiyorlari bilan boshqara olmaydi, harakatlari beixtiyoriy refleksga asoslangan bo’ladi. Ba’zida uyqu paytida qo’llari beixtiyor qimirlab, bolani qo’rqitib uyg’otib yuboradi. Shu sababli ham kichkintoyning qo’llarini mahkamlab beshikka bog’lanadi yoki yo’rgaklab qo’yiladi. Bundan maqsad yo’rgaklab qo’yilgan paytdagi qisilib turish va cheklovlar chaqaloqqa onaning qornini eslatadi. Bu holatda bola tezda tinchlanib, uxlab qoladi. Bola qo’llari va oyoqlarini qimirlatishi va qulayroq joylashib olishi uchun erkinroq qilib yo’ rgaklab qo’yiladi.

Chaqaloqni to’g’ri emizish

Yosh onaning tug’ruqxonada o’rganadigan yana bir vazifasi – chaqaloqni emizishdir. Agar onaning emizish tajribasi bo’lmasa, unda hamshira yoki shifokor chaqaloqni ko’kragiga qanday qilib to’g’ri joylashtirishni ko’rsatadi, qaysi holatda oziqlantirish qulay bo’lishi to’g’risida tushuntiradi. Ba’zi ayollarda ona sutini (laktatsiya) paydo bo’lishiga bir necha kun talab qilinadi. Shu kunlarda ona chaqaloqni ko’kragiga qo’yib, bolani emishga ozroq majburlashi zarur bo’ladi. Shunday qilinsa onada sut paydo bo’lishi tezlashadi.

Maqolaga baho bering

[Total: 66 Average: 4.1 ]

Chaqaloq kindigini parvarishlash — vositalar, artish qoidalari, tavsiyalar

Chaqaloq kindigi — bu go’dakni bachadondagi hayoti davomida ona bilan bog’lab turuvchi a’zodir. Tug’ruqdan so’ng shifokorlar kindik naychasini kesib tashlashadi va agar bu onaga ta’sir qilmasa-da, bolada alohida parvarishni talab qiladigan bitmagan yara qoladi.

Bugungi kunda zamonaviy shifokorlar kindik naychasini kesib, uni tibbiy qisqich yordamida qisib qo’yadigan kichik bir uchini qoldirishadi. 4-7 kundan so’ng kindikning bu qismi tabiiy ravishda qurib uziladi. Shundan so’ng kindikning joyida parvarishni talab qiladigan yara hosil bo’ladi.

Agar chaqaloq parvarishining barcha qoidalariga rioya qilinsa, uning kindigi 10-12 kunga kelib tuzalib ketadi. Ammo agar tegishli parvarish qilish e’tiborsiz qoldirilsa yoki noto’g’ri amalga oshirilsa, yara joyiga infektsiya tushishi xavfi paydo bo’ladi.

To’g’ri yondashuv bilan to’liq tiklanish davri bir necha haftani tashkil etadi.

Tug’ruqxonada parvarishlash

Chaqaloq tug’ilgandan bir necha daqiqa o’tgach shifokorlar kindik naychasini kesib, unga dezinfektsiyalash vositasi bilan ishlov berib, maxsus qisqich bilan qisib qo’yishadi. Tug’ruqxonada kindikni parvarishlash pediatr tomonidan amalga oshiriladi.

Agar bu chaqaloq onaning birinchi farzandi bo’lsa, shifokor qanday muoalajalar qilayotganini kuzatish tavsiya etiladi, chunki tez orada ona bunday muolajani muntazam va mustaqil ravishda bajarishi lozim bo’ladi.

Ba’zida bola kindigi tug’ruqxonadan javob berishgacha muddat ichida mumiyolanishga ulguradi. Ammo bu chaqaloqning xususiyatlariga bog’liq va agar kindik qalinlashgan bo’lsa, unda ajralish jarayoni ham ko’proq vaqt talab etadi.

Uyda kindikni qanday parvarish qilish kerak

Kindik yarasi chaqaloqning zaif joyidir, unga infektsiya tushib qolmasligi, shuningdek, chaqaloqqa noqulaylik tug’dirmasligi uchun malakali parvarish zarur.

Pediatrlar kindikni quyidagi vositalar bilan parvarishlashni tavsiya etadilar:

  • Vodorod peroksid (3% eritma);
  • Spirtli suv eritmasi (1% li brilliant yashili yoxud zelyonkadan foydalanish);
  • Moychechak eritmasi.

Muolaja o’tkazish uchun steril paxtali bolishchalar, paxtali tayoqchalar, pipetka va salfetka kerak bo’ladi. Tug’ruqxonadan javob berilganda keyin birinchi haftada kindikka kuniga 1-2 marta ishlov berish tavsiya etiladi. Juda tez-tez parvarish choralari chaqaloqning nozik va sezgir terisida ta’sirlanish keltirib chiqarishi mumkin.

Muolaja chaqaloqni cho’miltirishdan so’ng amalga oshirilishi kerak, cho’miltirish vaqtida esa kindikni moychechak eritmasi bilan yengil yuvish mumkin.

Vodorod peroksid eritmasiga botirilgan paxtali tayoqcha bilan yara joyi yengillik va muloyimlik bilan artib chiqiladi. Agar peroksid ko’pirib, shivillagan ovoz chiqarsa, vahima qilmang, bu infektsiya mavjudligini anglatmaydi, shunchaki kindikda qon qoldiqlari borligidan dalolat beradi, buning xavfli joyi yo’q.

Artilgach, yara joyi paxtali bolishcha yoki quruq mato yordamida yaxshilab quruq qilib artib olinishi zarur. So’ng yaraga brilliant yashili eritmasi surtiladi, u yarani quritadi va infektsiyalanish xavfini kamaytiradi. Eritmani surtganda yaraning holati ko’rinadigan bo’lib qolishi kerak. Bundan tashqari, uni haddan tashqari ko’p surtish bolaning terisini kuydirishi mumkin, shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo’lish kerak.

Cho’miltirish va kiyintirish

Cho’milish kindik yarasiga zarar yetkazmaydi. Ayniqsa, agar shifokorlarning tavsiyalariga amal qilinsa va vanna uchun suvga ozgina kaliy permanganat (margansovka) qo’shilsa. Bunda margansovka miqdori chamalab aniqlanadi, oz-ozdan qo’shib borishda xato qilish qiyin — vannadagi suv och pushti rangga kirishi kerak. Kaliy permanganat suvni zararsizlantiradi va agar mavjud bo’lsa, undagi bakteriyalarni o’ldiradi.
Chaqaloqni cho’miltirish haqida batafsil→

Kiyimlarga kelganda, ular hali tuzalmagan kindik bilan aloqa bo’lganda noqulaylik tug’dirmaydigan bo’lishi kerak. Kiyimlar yumshoq, teginish yoqimli va qismaydigan bo’lishi tavsiya etiladi. Taglik kiyidirishda esa u kindik bilan aloqa qilmasligini ta’minlash juda muhim, agar bu qiyin bo’lsa, maxsus kesimga ega bo’lgan tagliklarni sotib olish afzal.

Pampers va tagliklar doimiy ravishda almashtirib turilishi kerak, ularni almashtirishda najas yaraga tushishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Qachon pediatrga murojaat qilish kerak?

Chaqaloqning kindigini to’g’ri parvarish qilish yarani erta tuzalishini ta’minlaydi. Ammo agar ota-onaning e’tiborsizligi yoki boshqa sababga ko’ra yaraga infektsiya tushib qolsa, iloji boricha tezroq mutaxassisga murojaat qilish joiz.

Pediatrning aralashuvi muqarrar bo’lgan holatlar quyidagilardir:

  • Kindik doimo nam bo’lsa;
  • Ajralmalar yoqimsiz hidga ega bo’lsa;
  • Yara atrofidagi teri yallig’lansa;
  • Kindikdan qonli ajralmalar kelsa.

Agar biron bir muammoga aniqlansa, pediatr bolani tekshiradi, yangi tug’ilgan chaqaloqning kindigini qanday parvarishlash kerakligini batafsil ko’rsatib tushuntirib beradi va ishlov berish uchun yangi vositalar tayinlaydi.

Yosh onalar bunday muammolarni mustaqil hal qilishlari, internetdan javob topishlari yoki tibbiy mutaxassisligi bo’lmagan dono buvilarning maslahatlarini tinglashlari tavsiya etilmaydi. Esda tutish kerak — chaqaloqlar individual xususiyatlarga ega va u yoki bu muammo turli sabablarga ko’ra yuzaga kelgan bo’lishi mumkin.

Yangi tug’ilgan chaqaloqni boqishda nimani yeyish mumkin?

Bolani emizayotgan ayol o’z oziq-ovqatlari uchun nimani qo’llashini diqqat bilan kuzatishi kerak, chunki uning bolasi sog’lig’iga juda bog’liqdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarni emizishda ovqatlanishingiz mumkin bo’lgan sabablar faqat ba’zi bir ozuqalar,

  1. Homiladorlik va tug’ishdan keyin ayolning tanasi sog’ayish jarayonida va o’g’il yoki qizning tug’ilishi uchun sarflangan moddalarning etishmasligi uchun tiklanishi kerak.
  2. Onaning ovqatlanishi, aslida, uning matolarini boqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi, chunki ona sutida onaning ishlatadigan har bir narsasi mavjud.
  3. Onaning suti bilan yaxshi ovqatlanmasa, ona sutida antijenler (allergik reaktsiyaga sabab bo’lgan moddalar) mavjud bo’lishi mumkin, bu esa bolalarning chaqaloqlarda ko’p hollarda allergiya sabablarini keltirib chiqarishi mumkin.

Emizish – nima yeyish mumkin?

Agar sizda bolangiz bo’lsa, chaqaloqqa alerjiya sabab bo’lmagan va ayni paytda siz uchun foydali bo’lgan har qanday narsani eyishni unutmang. Oziqlantiruvchi dietalar ko’p miqdordagi kam yog’li sut mahsulotlari (sut, kefir, pishloq, tvorog, yogurt), go’sht, baliq, o’simlik va hayvonot yog’lari, donalar, kepek noni, hipoallergenik sabzavotlar va mevalarni o’z ichiga oladi. Ichimliklardan choyga, kompotlarga, mevali sharbatlarga, karbonatsiz mineral suvga e’tibor qaratishingiz kerak. Ba’zan yumshoq qahva ichish mumkin.

Oziq-ovqatlardan qaysi oziq-ovqatlarni unutishim mumkin?

Oziqlantirish paytida ovqatlanishingiz mumkinligini tushunib, siz emizish vaqtida iloji boricha ko’proq cheklash yoki cheklashingiz kerak bo’lgan narsalarni ro’yxatlashingiz kerak.

  1. Birinchidan, bu davrda siz spirtli ichimliklarni ichishingiz mumkin emas, chunki toksinlar sutli bolaga uzatiladi.
  2. Ikkinchidan, ekzotik meva va sabzavotlar, shuningdek, shokolad, qozon, qobiq va qora baliq ovqatlarini eyaveringlar.
  3. Uchinchidan, siz asab tizimini kuchaytiradigan ichimliklar ichishingiz mumkin, ya’ni kuchli choy va qahva.
  4. To’rtinchidan, cheklash kerak va onalik yoki bolada allergiyaga olib kelishi mumkin bo’lgan mahsulotlarni dietadan chiqarib tashlash yaxshidir:
  • tsitrus mevalari;
  • ahududu, qulupnay va boshqa barcha qizil mevalar, uzum;
  • Nuts (ayniqsa er ezilgan);
  • qandolat mahsulotlari;
  • tuxum;
  • asal;
  • konservantlar va bo’yoq mahsulotlari;
  • tamaki mahsulotlari va konservalar;
  • loviya;
  • yog’li va yog’li go’sht.

Qiziqarli malumotlar
artish qoidalari, Chaqaloq kindigini parvarishlash — vositalar, tavsiyalar