Buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni davlat arbobi Alisher Navoiy (1441-1501) to’liq malumot oling
Agar bu zotni avliyo desak, u — avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak — mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak -shoirlarning sultonidir. Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan- kam topiladi.
O’zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti
Islom Karimov
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o’ttiz yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqida “Yurtimiz bo’ylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuyg’usini jo’sh urdiradi. O’zbek tili o’tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o’zaro bog’laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi. Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:
«Xamsa» dostoni Navoiy ijodining durdonasi sanaladi. O’zbek tilida «Xamsa» -besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo’lgan. Bu maqsadini 1483-85 yillarda amalga oshirdi. Asar o’zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. Yana uning «Tarixi muluki Ajam», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Risolai muammo», «Majolis un- nafois», «Munshaot», «Mezon ul-avzon», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Nasoim ul-muhabbat», «Devoni Foniy», «Lison ut-tayr», «Muhokamat ul-lug’atayn», «Mahbub ul-qulub», «Nazm ul-javohir», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Siroj ul-muslimin», «Arbain» kabi bebaho asarlari mavjud.
“Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Ya’ni, ul zot ona tili bayrog’ini baland ko’tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan”-deb aytgan edi.
Buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotda tug’ildi. Alisher Navoiyning ota tomondan bobosi Amir Temurning Umar Shayx ismli o’g’li bilan ko’kaldosh (emikdosh) bo’lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo’lgan. Otasi G’iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi Qobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so’nggi yillariga to’g’ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo’lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o’qib, yod ola boshlagan. O’zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga da’vogarlar orasida o’zaro kurash boshlanadi. Navoiylar oilasi o’z tinchligini ko’zlab, Iroqqa ko’chishadi. Taf shahrida Alisher mashhur «Zafarnoma» tarixiy asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin iz qoldiradi. G’iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb ikki yil muddat o’tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur G’iyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o’qishni davom ettirdi. U she’riyatga g’oyat qiziqdi, Sharq adabiyotini qunt bilan o’rgandi. Oila muhiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo’r havas tug’dirgan edi. Tog’alari Mirsaid — Kobuliy, Muhammad Ali -G’aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida shoirlar tez-tez to’planishib, mushoira qilishar, adabiyot va san’at haqida suhbatlashar edilar.
Alisher 10-12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan. Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Navoiyning iste’dodidan mamnun bo’lgan mavlono Lutfiy, uning:
Orazin yopqoch, ko’zumdan sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’ach quyosh
matla’li g’azalini tinglab: «Agar muyassar bo’lsa edi, o’zimning o’n-o’n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu g’azalga almashtirardim…» degan. Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She’rlarini turkiyda Navoiy, forsiyda Foniy taxalluslari bilan yozgan.
Alisher Navoiy 13-14 yoshlarida otasi hayotdan ko’z yumadi. Uni Abulqosim Bobur o’z tarbiyasiga oladi, katta badiiy iste’dodi uchun g’oyat e’zozlaydi. 1457 yilning bahorida to’satdan Abulqosim Bobur ham vafot etdi. Xurosonni Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egallaydi va poytaxtni Samarqanddan Hirotga ko’chiradi. Husayn Boyqaroning taxtni egallash yo’lidagi birinchi raqibi — Abu Said edi. Alisher Navoiy oilasining xohish -rag’bati Husayn tomonda bo’lib, bu avvalo ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi, bundan yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. Bu vaqtdda mamlakatda taniqli shoir bo’lib qolgan Navoiyni Abu Said ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib yuboradi. 1469 yil boshlarida Sulton Abu Said Qorabog’da o’z askarlari tomonidan o’ldiriladi. Ko’pdan buyon shunday vaziyatni kutib yurgan Husayn Boyqaro zudlik bilan kelib, Hirot taxtini egallaydi. Alisher Navoiy ham Hirotga keladi. Ramazon hayiti munosabati bilan uyushtirilgan qabul marosimida Husayn Boyqaroga yangi yozgan «Hiloliya» qasidasini taqdim etadi.
Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning eng xavfli siyosiy raqibi — Yodgor Muhammad Mirzoni tunda qo’lga olishda shaxsiy jasorat ko’rsatadi. Yangi hukumatning ortiqcha soliqlaridan norozi bo’lib, qo’zg’olon ko’targan xalq ommasini tinchitishda adolat va mardonavorlik bilan ish tutadi. Husayn Boyqaro 1472 yilning fevral oyida uni o’z saroyining bosh vaziri qilib tayinlaydi va unga «Amiri kabir» unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimda avvalo butun kuchini mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga qaratdi. Vaqf ishlarini tartibga solishga kirishdi. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmandchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Alisher Navoiy sa’yi harakati bilan qishloqlarda dehqonchilik madaniyati o’sib boradi. Shaharlar, xususan Hirot kun sayin obod bo’la boshlaydi.
Bu davrlarda Hirotda adabiy hayot jo’sh urgan. 1470 yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o’zining o’zbek tilida yozgan she’rlaridan iborat ilk devoni — «Badoye’ ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tuzdi.
Shuni quvonch bilan aytish joizki, Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodi faqat o’zbek adabiyotidagina emas, balki jahon adabiyotida ham salmoqli o’ringa ega. Navoiy lirik, epik va falsafiy asarlari bilan XV asr adabiyotida chuqur iz qoldirdi. Ulug’ shoirning asarlari hayotlik davridayoq Xitoydan tortib Kichik Osiyogacha yetib bordi va hozirda butun dunyo xalqlari ham sevib o’qishmoqda.
«Xamsa» dostoni Navoiy ijodining durdonasi sanaladi. O’zbek tilida «Xamsa» -besh doston yaratish maqsadi yoshligidan bo’lgan. Bu maqsadini 1483-85 yillarda amalga oshirdi. Asar o’zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. Yana uning «Tarixi muluki Ajam», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Risolai muammo», «Majolis un- nafois», «Munshaot», «Mezon ul-avzon», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Nasoim ul-muhabbat», «Devoni Foniy», «Lison ut-tayr», «Muhokamat ul-lug’atayn», «Mahbub ul-qulub», «Nazm ul-javohir», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Siroj ul-muslimin», «Arbain» kabi bebaho asarlari mavjud.
Navoiy ijodiga nazar tashlasak, she’riyatning 16 xil janrida ijod qilganligini bilib olamiz: g’azal, ruboiy, tuyuq, fard, qit’a, muxammas, musaddas, mo’sallam va hokazo. Bu kabi janrlarda hyech bir shoir Navoiydek ijod qilganligini uchratolmaysiz.
Ulug’ bobomiz she’r yozishda faqatgina o’zbek tili imkoniyatlari bilan chegaralanib qolmagan, boshqa tillardan ham unumli foydalangan. O’tkir Hoshimov bu borada quyidagilarni qayd etadi:
«Olimlar hisoblab chiqishgan. Pushkin o’z asarlarida 21197 ta betakror so’z ishlatgan, Shekspir salkam 20 mingta, Servantes mingtaga yaqin. Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta betakror so’z ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo’g’ul va boshqa tillardagi so’zlardan ham mahorat bilan foydalangan».
Dalillardan ko’rinib turibdiki, Navoiyning so’z zaxirasi nihoyatda ulkan ekan. Hazrat ishlatgan so’z o’yinlari ko’lami ham beqiyosdir. Negaki, Navoiy she’rni shunchaki biror narsani bayon qilish emas, balki mo’jiza ko’rsatish deya hisoblaydi. Ul zot yozadi-ki:
Bo’lmasa e’joz maqomida nazm,
Bo’lmas edi Tengri kalomida nazm.
Navoiy o’z asarlarida va Xurosonning vaziri a’zami sifatidagi faoliyatida insonni ana shunday tushunishni, qadrlashni, himoya etishni va savob ishlarga da’vat qilishni muqaddas vazifa deb bildi.
Insonni tavsiflashda Navoiy bir yoqlama mubolag’aga yo’l qo’ymaydi, u odamning ojiz tomonlari borligini ham tan oladi. Ammo inson o’z fazilatlarini himoya qila va saqlay olsa, uning hayot uchun kurashida fazilatlari ustun chiqishiga chuqur ishonch izhor etadi:
Bordir inson zotida oncha sharaf, —
Kim, yamon axloqin etsa bartaraf.
Navoiy nafaqat shoir, tarjimon, tilshunos olim, balki davlat arbobi sifatida ham tarixda katta iz qoldirgan. Ana shuning uchun ham uning ko’p ruboiylari, dostonlari xalqni qay yo’sinda baxtli-saodatli qilmoq mumkin, savoliga javob tariqasida yozilgandir. Alisher Navoiy dunyoni tushunib o’tdi. Shu bois, alg’ov-dalg’ov zamonlarda botinin xotirjam yashadi. Zotan, Nozim Hikmat ta’biri bilan aytganda: «tushunmak — buyuk xotirjamlik»,- deganidir.
Navoiy yashagan davrdan buyon besh asrdan asrdan ko’proq vaqt o’tdi. Movarounnahr tuprog’i ne-ne bosqinlarga, toju taxt uchun qonli kurashlarga sahna bo’ldi. Ammo shoir ijodining qimmati aslo pasaymadi. Har avlod undan o’zi uchun nimadir topdi. Navoiy asarlari xalqimiz uchun ma’naviy quvvat va yuksalish manbai bo’ldi.
Navoiy shaxsiyati va ijodini tadqiq etish XV asrdan buyon olimlar, shoirlar, tarjimonlar, kotiblar, naqqosh va musavvirlar diqqat markazidagi masalalardan biri bo’lgan.
Navoiy hayoti va faoliyatini o’rganish miqyosi XX asrda yanada kengaydi. 1941 yili qamal qilingan va bombalar yog’ilib turgan Sankt-Peterburg shahrida shoir ijodiga bag’ishlangan anjumanning o’tkazilishi ilm yo’lidagi fidoyilikning yorqin namunasi bo’lgan edi. Keyingi yarim asr davomida Navoiy asarlari jahonning turli mamlakatlarida qayta-qayta chop etildi. Jahon tinchlik kengashi 1968 yili Navoiy yubileyi munosabati bilan yo’llagan tabriknomasida: «Jahon madaniyatining eng yaxshi durdonalariga mansub bo’lgan Alisher Navoiyning qudratli hayotbaxsh she’riyati butun taraqqiyparvar insoniyatning boyligi bo’lib qoladi», deya e’tirof etgan edi.
Navoiy ijodi o’zining haqiqiy qadr-qimmatini mustaqil O’zbekistonda topdi, deya olamiz. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1991 yil Alisher Navoiy yili deb atalgan edi. Mamlakatimiz bu ulug’ zot nomi bilan mustaqillik davriga qadam qo’ydi. Bunda o’ziga xos ramziy ma’no bor. Zero, Navoiy o’zining hayoti va faoliyatini yurt mustaqilligi va tinchligi, o’zbek tilining nash’u namosi uchun baxshida etgan edi.
Bugun Alisher Navoiy haqli suratda jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan o’rin oldi. Uning asarlari jahondagi yuzlab tillarga tarjima qilindi. Dunyo ahli uning merosi bilan qiziqmoqda, asarlarida tarannum etilgan olijanob g’oyalar va falsafiy mushohadalaridan zavq olmoqda. Shoir haykallari Yaponiyaning Soka universiteti hovlisida, Moskva va Boku shaharlarida qad ko’tardi.
Barcha daho san’atkorlar singari Alisher Navoiy ham o’zining nomi va yaratgan asarlari osha yashab qolishiga ishongan edi. «Umidim uldurki va hayolimga andoq kelurki, so’zim martabasi avjdan quyi enmagay va yozgan asarlarimning tantanasi a’lo darajadan o’zga yerni yoqtirmagay», deb yozgan edi ulug’ shoir. Bu bashoratomuz so’zlar ijobat bo’ldi. Endilikda shoir so’zlari dunyo bo’ylab o’zining yuksak parvozini davom ettirmoqda.
O’zbek xalqining uchta baxti bor. Birinchi baxti mustaqillik, ikkinchi baxti yer osti va yer usti boyliklari bo’lsa, uchinchi baxti Navoiydir.