BUYRAK YETISHMOVCHILIGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUYRAK YETISHMOVCHILIGI haqida malumot bilib oling.

BUYRAK YETISHMOVCHILIGIbuyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekinasta (surunkali) roʻy beradi. Koʻp qon yoʻqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va b. ; dorilar va b. metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari bilan bekilib qolishi, shikastlanish tufayli ikkala buyrak zararlanishi oʻtkir Buyrak yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir Buyrak yetishmovchiligida buyrak faoliyati, xususan azot, suvtuz va b. moddalar almashinuvi izdan chiqadi, bunda siydik kam ajraladi, ogir hollarda butunlay ajralmay qoladi (anuriya, uremiya). Qonda siydikchil (mochevina) mikdori koʻpayadi, organizmning siydikdan zaharlanishi kuzatiladi; teri osti, qorin va koʻkrak qafasida suyuqlik toʻplanadi (suvdan semirish). Surunkali Buyrak yetishmovchiligi asosan buyrak va siydik yoʻlining uzoq davom etadigan kasalliklari (glomerulonefrit, piyelonefrit, sil, buyraktosh kasalligi va b.) oqibati boʻlib, buyrak toʻqimasining bujmayishi (nefroskleroz) yoki xaltasimon kengayishi (gidronefroz) bilan davom etadi. Tashnalik, ogʻiz qurishi, teri qurukshab qichishishi, qusish, kamqonlik; nafas aʼzolari, yuraktomirlar va meʼdaichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi. Siydikning nisbiy zichligi kamayib, miqdori esa ortadi.

Davosi: oʻtkir Buyrak yetishmovchiligida bemor kasalxonada davolanadi («sunʼiy buyrak» apparati bilan qon tozalanadi, kislotaishqor, suvtuz almashinuvi rostlanadi); surunkali shaklida parhez va dori-darmonlar qoʻllaniladi, gemodializ oʻtkaziladi. Kechiktirilgan hollarda buyrak koʻchirib oʻtkaziladi (q. Transplantatsiya).

Ensiklopediya.uz
BUYRAK YETISHMOVCHILIGI