BUYDASHXON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUYDASHXON haqida malumot bilib oling.

BUYDASHXON, Buylashxon, Boydashxon (7—1560) — Joʻjixon avlodlaridan boʻlmish Katta juz xoni. Buydashxon oʻz hukmronligi davrida Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, mahalliy aholini talontaroj qilib turgan. Chunonchi, u 1560-y. 20 ta qozoq sultoniga bosh boʻlib, Fargʻona vodiysiga toʻsatdan bostirib kirganda, bir qancha qishloqlarni talagach, Axsikat sh. tomon yoʻl olgan. Shunda Oʻrta Osiyoda Maxdumi Aʼzamdan keyin naqshbandiylik tariqatiga yetakchilik qilayotgan Lutfulloh Chustiy xalqni Buydashxonga qarshi oyoqqa turgʻizib, jangga yetaklagan. Natijada Buydashxon boshliqqozoqsultonlari qoʻshini Axsikat boʻsagʻasidagi jangda butunlay tormor keltirilgan. Buydashxonning oʻzi esa shu jangda oʻldirilgan.

Buydashxon avlodlari 19-a. ning oxirlari va 20-a. ning boshlarida Yettisuv viloyatining Avliyoota (Jambul), Sirdaryo va Verniy (Olmaota) uyezdlarida yashagan.

Ensiklopediya.uz
BUYDASHXON