Buxoro davlat universiteti

Buxoro davlat universiteti

Atamalar
  • Kimyo atamalari
  • Geografik atamalar
  • Matematik atamalar
  • Fizik atamalar
  • Madaniyat va san`at atamalari
  • Ijtimoiy pedagogik atamalar

Yangi kitoblar

Mundarija скрыть

Аxborot – resurs markaziga qabul qilingan yangi adabiyotlar.

Ishbilarmon kishilar

Gulliverning sayohatlari

Har kimki vafo qilsa

Shum bola

Mening o`g`rigina bolam

Ishbilarmon kishilar

Asli ismi Uilyam Sidney Porter (1862 – 1910) bolgan O’Genri dunyo adabiyotiga Amerikaning eng mashhur hikoyanavis adibi sifatida tanilgan. U o‘zining qisqa umri davomida sermahsul ijod qildi, uch yuzga yaqin hikoyalar yozib qoldirdi. Bu hikoyalarida O’genri Amerika hayotining rang-barang jibatlarini, inson qalbi va xarakterini turfa obrazlar timsolida turlicha bo‘yoqlarda mahorat bilan tasvirlab bera oldi. Aziz kitobxon! Mazkur kitobga kirgan O’genrining eng sara hikoyalari rus va ingliz tillaridan o’zbekchaga tarjima qilinib, hukmingizga havola etilmoqda. U sizlarga manzur bo’ladi degan umiddamiz.

Gulliverning sayohatlari

Jonatan Svift 1667- yil 30-noyabrda Irlandiyaning Dublin shahrida, o‘rtahol oilada dunyoga kelgan 1745-yil 19-oktabrda 77 yoshida Dublinda vafot etgan. U ingliz-irlandiya hajviy asarlar yozuvchisi, jamoatchi, faylasuf, shoir, jamoat arbobi sifatida tanilgan. Tirishqoq va mohir Jonatan Sviftning ko’pgina asarlari irlandiyaliklar tarafidan hurmat va ehtirom bilan qabul qilingan. Ayniqsa, uning ,,Gulliverning sayohatlari“ nomli mashhur fantastik asari keng ommaga tezda tarqaldi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sevilib o‘qiladigan mazkur asar juda ko‘p marta ekranlashtirilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.

Har kimki vafo qilsa

O‘zbek xalqi ko’plab buyuk daholarga beshik tebratgan millat. O‘zbekning asl farzandi, shoh va shoir, zukko olim Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday daholardan biridir. U nafaqat o‘z diyorimizda, balki butun dunyoga ham ma’lum-u mashhurdir. Bobur tadbirkor podshoh, mohir sarkarda sifatida Boburiylar sulolasiga asos solgan bo‘lsa, iste’dodli shoir, adib sifatida adabiyot xazinasini o‘zining o‘lmas va sara asarlari bilan boyitdi. Bizgacha uning “Boburnoma”dan tashqari juda ko‘p g’azal, ruboiy, qit’a va fardlari yetib kelgan. Qo‘lingizdagi kitobda Bobur she’riyatining eng go‘zal namunalari jamlangan bo‘lib, unda insoniy fazilatlar, yor vasli, uning go’zalligi, unga cheksiz muhabbat, hijron azobi, ayriliq alamlari nihoyat go‘zal va mohirona ifoda etilgan.

Shum bola

Asarda XX asrdagi xalqimizning turmush tarzi, ikkinchi jahon urushi ta’siri, o‘zbek xalqining azaliy urf-odatlari tasvirlangan. Aziz kitobxon, o’ylaymizki, siz ularni o‘qib, qalbingiz zavqqa to‘ladi, shu bilan birga, XX asr millat tumushidan xabardor bo‘lasiz. Asarni sabot bilan o’qing, xalqimiz tarixini, adabiyotini chuqur o’rganing, kerakli mushodalar chiqaring. Bu yo’lda sizga zafarlar tilab qolamiz.

Mening o`g`rigina bolam

G‘afur G’ulom asarlarini o‘qir ekanmiz, unda oddiy xalq turmushi va ruhi bilan birga yashayotgan yozuvchi ko‘z o’ngimizda gavdalanadi. «Mening o‘g‘rigina bolam» nomi ostida jamlangan qissalar va hikoyalar o’zbekona hayot tarzi, insonlardagi mehr-oqibat kabilarning qimmatli ne’mat ekanligini anglaydi. Taqdir boshlagan ko’chalarning so‘qmoqlaridan bir-bir o‘tib, unda o‘z yaqinlarini ko’rgandek boladi. O’zbek xalqining necha asrlardan beri meros bo’lib kelayotgan urf-odatlari ichidan eng qadrlisi – mehmondo’st xalqni ko’radi. G‘afur G’ulom asarlarini sahna orqali tanigan kitobxon do’stlarimiz endi adib asarlarining asl mohiyati bilan tanishadilar.

Bo’lim: Yangi kitoblar va asarlar taqdimoti

Yangi kitoblar taqdimoti, muallif va asar haqida qisqacha ma’lumot. Shuningdek adibning mutolaa uchun tavsiya qiladigan kitoblari haqida.

Anvar Obidjon. Gulmat Shoshiyning yovvoyi devoni

Ўтган асрнинг 80-йиллари бошида “Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетасида кетма-кет эълон қилинишни бошлаганида катта шов-шув кўтарган, биринчи марта 1985 йилда “Безгакшамол” сарлавҳаси билан китоб ҳолида босилган… Davomini o’qish

Shodmonqul Salom. To’rt yulduz shu’lasi

Кеча — 19 октабр куни «Factor books» нашриёт уйи томонидан «Ikar» лойиҳаси доирасида нашр этилган китобларнинг тақдимот маросими бўлиб ўтди. “Фаcтор Боок” нашриёти томонидан чоп этилган ИКАР китоблар тўплами муаллифлари Усмон Азим, Хуршид Даврон, Мурод Муҳаммад Дўст ва Эркин А’зам оқшомнинг бош қаҳрамонлари бўлишди. Davomini o’qish

«Factor books» nashriyotining «Ikar» loyihasi: Murod Muhammad Do’st, Usmon Azim, Erkin A’zam va Xurshid Davron

Мана шу телеграм саҳифасида нашр ҳақида ва унга буюртмалар бериш ҳақида барча маълумотлар берилган: https://t.me/ikar_factor Davomini o’qish

«Factor books» nashriyotining «Ikar» loyihasi: Murod Muhammad Do’st, Usmon Azim, Erkin A’zam va Xurshid Davronning asarlaridan iborat, bir qutiga joylangan 4 kitob

Мана, ниҳоят «Factor books» нашриётининг «Икар» лойиҳаси: Мурод Муҳаммад Дўст, Усмон Азим, Эркин Аъзам ва каминанинг асарларидан иборат, бир қутига жойланган 4 китоб қўлимга келиб етди. 25 йилдан кейин нашр этилган биринчи китобимни кўриб бошим осмонга етди. Davomini o’qish

O’roz Haydar. Bug’doyzor oralagan so’qmoqlar & Ne’mat Arslon. Oydin so’qmoqlar

Бугун ўзбекнинг забардаст ижодкорларидан бири Ўроз Ҳайдар, укажўрам 65 ёшини қаршилади. «Хуршид Даврон кутубхонаси» даврадошлари номидан Ўрозбекни чин юракдан қутлаймиз!

Ўроз дўстим! Илоҳим, Худо берган ёшларга кириб, фарзанду набиралар, шогирдлар ва мухлислар даврасида умрзоқ бўлинг!

G’aybulla Hojiyev. Xotiralar to’lqini. I. Azizlarim yodi & G’aybulla Hojiyev xotirasiga bag’ishlangan «Eslab» teledasturi

26 февраль – Машҳур театр ва кино актёри, дубляж устаси, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Ғайбулла Ҳожиев хотираси куни

«Ўзбекистон» нашриёти машҳур театр ва кино актёри, дубляж устаси, Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Ғайбулла Ҳожиевнинг «Хотиралар тўлқини» китобини нашр этгани эшитиб, у билан тезроқ танишиш истаги туғилди. Асарни нашрга тайёрлаган ёзувчи Орзиқул Эргаш билан суҳбатимиз асноси маълум бўлдики, актёр аввалдан “Эсдаликлар дафтари” юритаркан. Айни шу “Эсдаликлар” ва кейинчалик унга киритилган янги саҳифалар бугун сизга тақдим этилаётган китоб ҳолига келтирди. Davomini o’qish

Odil Ikrom. «Xayol maqbarasi» kitobidan she’rlar

26 январ — Таниқли шоир Одил Икром таваллуд топган кун

Шоир Одил Икромнинг куни-кеча нашр этилган «Хаёл мақбараси» номли янги китобидан ўрин олган шеърларининг айримларини сизга тақдим этамиз.Шоирни янги кито билан чин юракдан қутлаб, янги ижодий муваффақиятлар тилаймиз. Davomini o’qish

Umid Bekmuhammad. Anna German armonlari

14 феврл — ХХ асрнинг буюк қўшиқчиларидан бири Анна Германнинг 85 йиллиги

“Хоразм” нашриёти яқинда тарихчи ва публицист Умид Бекмуҳаммаднинг “Анна Германнинг армонлари” номли китобини чоп қилди.Китобга Россия федерациясидаги “Петрополь илмий маркази директори, тарих фанлари доктори, профессор Татьяна Михайловна Смирнова сўзбоши ёзган.Қуйида ана шу янги китоб ва унга ёзилган сўзбошини Сизнинг эътиборингизга ҳавола қиламиз. Davomini o’qish

Erkin Vohidov. «So’z latofati» kitobi & Mirza Kenjabek. Kitob haqida

Атоқли шоир Эркин Воҳидовнинг «Сўз латофати» номли китобига устоз ижодкорнинг миллий адабиёт ва она тилимиз хусусида куйинчаклик билан ёзган мақолалари киритилган. Саҳифада китобдан сараланган айрим иқтибослар ва китобнинг тўлиқ онлайн-матни билан танишинг. Davomini o’qish

Yangi kitob: Dadaxon Hasan. Ona Turkiston sog’inchi

ДАДАХОН ҲАСАН. “ОНА ТУРКИСТОН СОҒИНЧИ”
Нашрга тайёрловчи ф.ф.д. Ботир Норбой. Муҳаррир ф.ф.н. Мустафо Кундакчи. Карабук университети нашриёти, 2018. 160 бет+1 CD. Davomini o’qish

Onajon. O’zbek shoirlarining onaga bag’ishlagan she’rlari.

Ўзбек адабиёти Она ҳақида ёзилган дурдона асарларга ниҳоятда бой. Онани улуғлашда, мадҳ этишда ижодкорларимиз чин маънода улкан ютуқларга эришган. Насрда ҳам, назмда ҳам ҳар қанча мақтовга арзийдиган асарларимиз борлиги бизга ғурур ва ифтихор бағишлайди.

To’ra Sulaymon. She’rlar va qo’shiqlar

15 февраль — атоқли ва ардоқли шоир Тўра Сулаймон туғилган кун

Шеъри халқ қўшиғига айланган шоирнинг умри узун бўлади. Унинг умри ўзбекман деган миллат дунёда яшагани қадар етади. Аслида мана шу халқ қўшиғига айланган шеърлар туфайли ўзбекнинг умри ҳам дунё тургунча ва қора чодирда энг сўнгги юлдуз сўниши қадар давом этади. Davomini o’qish

SAYT BO’LIMLARI

  • ADIB XURSHID DAVRON HAYOTI VA IJODI
    • Adib haqida maqola va ma’lumotlar
    • Adib kitoblari
    • Badiha, esse, maqola, suhbat
    • Dostonlar, she’rlar, turkumlar
    • Drama, qissa, hikoya, esse
    • Qisqa mulohazalar, luqmalar
    • Ssenariy va loyihalar
    • Tarjimalar

Qiziqarli malumotlar
Buxoro davlat universiteti