BUTIFOS, DEF haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUTIFOS, DEF haqida malumot bilib oling.

BUTIFOS, DEFpaxta maydonlarini mashina terimiga tayyorlashda gʻoʻza barglarini toʻkish uchun qoʻllanilgan kuchli defoliant. Yuqori trada qaynaydigan och sariq rangli suyuqlik. Yoqimsiz hidli, suvda umuman erimaydi. Moyli eritma va 70% li emulsiyalanuvchi konsentrat holida ishlatiladi. Defoliant har qanday obhavo sharoitida ham yuqori taʼsir xususiyatiga ega. Preparat kam dozalarda (1,4—3 kg/ga) qoʻllanilganiga qaramay, juda zaharli. Oʻrta Osiyoning paxtachilik mintaqasida 50—80-y. larda keng qullanilgan. 1987-y. dan Oʻzbekistonda va b. respublikalarda atrof muhitga koʻrsatgan zararli oqibatlari uchun Butifos, defni gʻoʻza maydonlarida defoliant sifatida qoʻllash man etilgan.

Ensiklopediya.uz
BUTIFOS, DEF