BURUNDOY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURUNDOY haqida malumot bilib oling.

BURUNDOY, Borunday — moʻgʻul sarkardasi; 13-a. 30-y. lari oxiri — 40-y. lari boshida Botuxon qoʻshini tarkibida Rus va b. mamlakatlarni bosib olishda qatnashgan. 1258—59 y. larda moʻgʻullarga tobe knyaz Vasilko Romanovich (1199— 1271) bilan birga Litva va Polshaga yurish qilib, u yerlarni talontoroj etgan, soʻng Jan. Gʻarbiy Rusni ham boʻysundirib, uning shaharlaridagi qalʼalarni buzdirib tashlagan. Shunda knyaz Vasilko Romanovich ham Burundoy buyrugʻiga binoan oʻzining VladimirVolinskiy knyazligidagi barcha harbiy istehkomlariga oʻt qoʻygan.

Ensiklopediya.uz
BURUNDOY