BURGAS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURGAS haqida malumot bilib oling.

BURGAS — Bolgariyaning sharqidagi shahar, Qora dengizning Burgas qoʻltigʻi sohilida. Burgas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 215 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni, mamlakatning Varna shahri bilan teng keladigan asosiy portlaridan. Xalqaro aeroport bor. B. orqali chetga tamaki, hoʻl meva, mevasabzavot konservalari chiqariladi. Burgasda neftkimyo, yogʻochni qayta ishlash k-ti, oziq-ovqat sanoati, elektr kabeli, transport mashinasozligi, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlash markazi. Kurort shahri. Kimyotexnologiya inti, teatrlar, suratlar galereyasi bor. Shaharga 3-a. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
BURGAS