BUGʻLANUVCHANLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUGʻLANUVCHANLIK haqida malumot bilib oling.

BUGʻLANUVCHANLIK — muayyan atmosfera sharoitida mumkin boʻlgan eng yuqori bugʻlanishni ifodalaydigan shartli kattalik. Bunda maxsus idishdagi suv yuzasidan, tabiiy chuchuk suvli katta suv havzasi yuzasidan yoki ortiqcha namlangan tuproqdan bugʻlanish koʻzda tutiladi. Bu sirtlardan Bugʻlanuvchanlik bir xilda boʻlmaydi, chunki idish b-n tabiiy suv havzalari va ortiqcha namlangan tuproqning bugʻlanish sharoitlari bir-biridan farq qiladi. Bugʻlanuvchanlik bugʻlangan suvning mm da belgilangan qatlami orqali ifodalanadi. Boshqa joylarga nisbatan Oʻrta Osiyo sharoitida Bugʻlanuvchanlik yuqori. Mac, shveysariyalik fizik G. I. Vild bugʻlantirgichi boʻyicha oʻlchanganda bir yillik oʻrtacha B. Moskvada 417 mm, SanktPeterburgda 320 mm boʻlsa, Nukusda — 1798 mm.

Ensiklopediya.uz
BUGʻLANUVCHANLIK