BREXT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BREXT haqida malumot bilib oling.

BREXT (Brecht) Bertolt (1898.10.2, Augsburg — 1956.14.8, Berlin) — nemis yozuvchisi, rejissyor. 1933—47 y. larda muhojirlikda. «Berliner ansambl» teatriga asos solgan (1949). Falsafiysatirik pyesalari zamonaviy, tarixiy va mifologik mavzularda yozilgan. «Uch pullik opera» (1928-y. da sahnalashtirilgan, 1931-y. da chop etilgan), «Kuraj ona va uning bolalari» (1939-y. da yozilgan, 1941-y. da nashr etilgan), «Galiley hayoti» (1938—39 y. larda yozilgan, 1955-y. da nashr etilgan), «Sezuanlik saxiy odam» (1938 — 40 y. larda yozilgan, 1943-y. da nashr etilgan) va b. asarlarida zamonaviy dolzarb muammolar insonparvarlik, antifashistik ruhsa oʻrtaga tashlangan. Brextning teatr nazariyasiga oid ishlari («Hozirgi zamon teatri yoʻlida», «Teatrda dialektika» va b.) 20-a. Yevropa teatrshunosligiga taʼsir etgan.

Ensiklopediya.uz
BREXT