BRAHMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRAHMI haqida malumot bilib oling.

BRAHMI — qad. boʻgʻinli hind yozuvlaridai biri. Mil. av. 3-a. da yuzaga kelgan. Hindiston va Hindixitoy [Myanma (Birma), Shri Lanka va b. ] dagi hoz. koʻpgina yozuvlarga asos boʻlgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar boʻlib, shoh Ashok (mil. av. 272—232) davriga mansub. Bularning koʻpchiligi qoyalarga va ibodatxonalarning ustunlariga oʻyib bitilgan. Brahmining kelib chiqishi aniqlanmagan; yozuvning yuzaga kelishiga finikiya yozuvi (nemis olimlari A. Veber, T. Byuler va b. fikricha), shuningdek oromiy hamda jan. arab yozuvlari taʼsir etgan, degan taxminlar mavjud. Bundan tashkari, Brahmi bilan hozircha oʻqishga muvaffaq boʻlinmagan koʻhna hind yozuvini (MoxenjoDaro, mil. av. 3—2-ming y.) bogʻlashga harakat qilinadi (hind olimlari — Ye. Shamashatri, S. K. Chatterji va b.). B. alifbosi 31 boʻgʻin belgi (undosh va «a» unli)dan iborat. Bulardan tashqari, 4 ta unlilarni bildiruvchi belgi va yana alohida belgi (anus vara) qabul qilingan, keyingisi artikulyatsiya oʻrniga koʻra turkiy tildagi «ng» kabidir.

Ensiklopediya.uz
BRAHMI