BORLI OʻGʻITLAR haqida malumot bilib oling.
BORLI OʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan holatda bor boʻlgan kimyoviy birikmalar; mikro>tm/yalarning bir turi. Borning har xil tuproqdagi mikdori (1 kg tuproq hisobida) 1,5 mg dan 150 mg gacha boradi. Oʻrta Osiyoning karbonatli tuproqlarida suvda qaynatilganda erib chiqadigan (suvli soʻrim) borning mikdori 1 kg tuproqqa 1 mg dan kam boʻlgan hollardagina Borli oʻgʻitlarni kullash kerak. Borli oʻgʻitlar sifatida borat kislota, bordatolitli oʻgʻitlar, bormagniyli oʻgʻitlar, borli superfosfat, bura (tanakor) va b. qoʻllaniladi. Borli oʻgʻitlar ekish paytida boshqa mineral oʻgitlar bilan birgalikda tuproqqa qatorlab solishda, oziqlantirishda va urugʻlarni kimyoviy dorilar bilan birgaqoʻshib changlatishda (1,1 — 1,7 kg/ta hisobida) ishlatiladi. Ekish oldidan urugʻlarni ishlashda (1s urugga 0,005%—0,5% li eritmasidan 6—8 l) sarflanadi.
Ensiklopediya.uz
BORLI OʻGʻITLAR