BOLOMETR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLOMETR haqida malumot bilib oling.

BOLOMETR (yun. bole — nur t… metr) — nurlanish energiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Yutilayotgan nurlanish oqimi taʼsirida elektr karshiligi oʻzgaradigan termosezgir element ishiga asoslangan. Termosezgir element yuzasi yuqori yutish krbiliyatiga ega qora qurumga boʻyalgan, odatda, yupqa (0,1—1 mkm) metall qatlam yoki katta traviy qarshilik koeffitsiyentiga ega yarim oʻtkazgich yoki dielektrik boʻlishi mumkin. B. Uinston koʻprigi singari sxemada yasaladi. Koʻprikning bir tomonidagi termoelementga nurlanish oqimi tushiriladi, ikkinchi tomondagisi yopiq boʻladi. Nurlanish oqimi taʼsirida termoelement t-rasi oʻzgaradi, natijada Bolometrning elektr qarshiligi, elektr zanjirida esa tok kuchi oʻzgaradi va yuklama qarshilikda kuchlanish pasayadi. Kuchlanishning ana shu pasayishi oʻlchanayotgan nurlanish oqimi quvvati oʻlchami boʻlib xizmat qiladi. Metall va yarimoʻtkazgichdan yasalgan Bolometrni sovitish talab etilmaydi. Sovitiladigan yarimoʻtkazgich (germaniy) li Bolometr juda sezgir boʻladi. Oʻta va oʻta oʻtkazuvchan Bolometr 2—4° K tragacha sovitiladi. Hozir eng sezgir Bolometr germaniy va galliydan yasaladi va 1015 Vt quvvatni oʻlchashga imkon beradi.

Ensiklopediya.uz
BOLOMETR