Bolani yetimxonadan qanday qabul qilish kerak
Demak, axborotga munosabat bildirish, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, o‘z nuqtai nazari, tarbiyasi va dunyoqarashidan o‘tkazib qabul qilish malakasi bolalarda bo‘lishi kerak.
Farzandni internetdagi behayolikdan qanday asrash kerak?
Farzand erkak va ayol jinsiy xujayralarini qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. Xujayralarning qo‘shilishi ayollarning bachadon nayi degan joyida amalga oshadi. Qo‘shilgan xujayrani otalangan tuxum xujayra deb atalinadi. Otalangan tuxum xujayra bachadonga kelib yopishadi va 9 oyda shu xujayraning bo‘linib ko‘payishidan farzand paydo bo‘ladi. Shu jarayondagi ayol va erkak axamiyatini aloxidadan ko‘rib chiqamiz:
- Ayollik qismi. Ayollarda 1 oyda 1-2 dona tuxum xujayra paydo bo‘ladi. Bu tuxum xujayra follikula ichida yetiladi. Uning yetilib chiqadigan aniq vaqti bor. Bu ayollar oy ko‘rish siklini o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Yetilib chiqqan tuxum xujayra 24 soatgacha tirik turadi, so‘ng nobud bo‘ladi. Agar erkakning urug‘ xujayrasi shu 24 soat ichida tuxum xujayra bilan qo‘shilsa, tuxum xujayra rivojlanishda davom etadi. Demak, farzand bo‘lishi uchun ayollardan tuxum xujayra kerak bo‘ladi va uni ajralib chiqadigan aniq vaqti mavjud. Tuxum ajralib chiqadigan vaqtni topish uchun ayol oy ko‘radigan vaqtini ikkiga bo‘lish kerak. Buni osonroq topish uchun Google Play dan “Bepushtlik” dasturini yuklab oling. Ayollarning tuxum xujayra sonini chegarasi bo‘lib, ma’lum yoshda ularning zaxirasi tugaydi.
- Erkaklik qism. Erkakdan esa urug‘ xujayralari kerak. Shifokorlarni aralashuvisiz farzand bo‘lishligi uchun BJSST (Butun Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti) belgilagan urug‘ning me’yoriy miqdorlari zarur. Ular quyidagilardir:
Biz avvalo erkaklardagi urug‘ ishlab chiqarish jarayonini to‘liqroq tushunib olishimiz kerak. Erkaklar moyagida birlamchi urug‘ xujayralari mavjud bo‘lib, ular bola tug‘ilganidayoq bo‘ladi. Balog‘atga yetganidan keyin ular yetilib chiqa boshlaydi. Erkaklardagi urug‘ ishlab chiqarish jarayoni shu birlamchi urug‘ xujayralar xolatiga bog‘liq. Agar ular sog‘lom bo‘lsa, erkak 100 yoshdan oshsa xam urug‘ ishlab chiqarilaveradi. Turli sabablarga ko‘ra ularning zararlanishi urug‘ ishlab chiqarishga keskin ta’sir qiladi. Bu xujayralar ikkiga bo‘linadi. Bo‘lingan xujayrani bittasidan urug‘ xosil bo‘ladi, ikkinchisi esa birlamchi urug‘ xujayra xolida qoladi. Shuning uchun ularning soni tugamaydi. Xar kuni erkakda o‘rtacha 200 mln ta xuddi shunday yangi urug‘ xujayra paydo bo‘ladi.
Yangi xosil bo‘lgan urug‘ xujayra yana bir necha marta bo‘linadi va shakllanib kattalashadi. Shakllanish va yetilish jarayoni uchun 2,5-3 oy vaqt ketadi. Yetilgan urug‘lar navbati bilan prostata bezi orqasida to‘planadi. Jinsiy aloqa vaqtida shu yerdagi to‘plangan urug‘ chiqib ketadi. To‘plangan urug‘ni o‘rni qoplanishi uchun yana 48 soat zarur bo‘ladi.
Erkaklar urug‘iga salbiy ta’sir qiladigan narsalar.
BJSST olib borgan tekshiruvda tibbiyot inson salomatligiga faqatgina 10% ga ta’sir qilishini, 20% ga irsiyat, 10% iga onkologik xolatlar va qolgan 50% iga uning yashash sharoiti (atrof-muxiti, ovqatlanishi, odatlari va xayot tarzi) ta’sir qilishi aniqlangan. Quyida biz urug‘ ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta’sir qiladigan omillarni sanab o‘tamiz:
Urug‘ topshirish qoidalari.
Urug‘ taxlili (spermogramma) – bemorda birinchi navbatda qilinadigan tekshiruv. Bu tekshiruv uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rish kerak. Urug‘ yetilishi 74-75 kun vaqt talab qiladi, keyinchalik shakllanishi va tashqariga chiqishi uchun yana 7-14 kun vaqt ketadi. Demak, urug‘ topshirish uchun kamida 2-3 oy oldindan tayyorgarlik qilish kerak.
Yuqorida sanab o‘tgan omillarimiz bevosita urug‘ rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shuning uchun urug‘ taxlili topshirishdan oldin va bepushtlikda doimiy ravishda yuqoridagi omillardan saqlanish zarur.
Urug‘ topshirish sharoiti:
Me’yordagi urug‘ taxlilining natijalari quyidagicha bo‘ladi (BJSST ning 2010 yildagi tavsiyasi):
- Urug‘ suyuqligining xajmi – 1.5 ml va ko‘proq
- Spermatozoidlarning umumiy soni – 39 mln va ko‘proq
- Spermatozoid konsentratsiyasi – 15 mln/ml va ko‘proq
- Spermatozoidlarning umumiy xarakatchanligi – 40% va ko‘proq
- Oldinga xarakat qiluvchilarining soni – 32% va ko‘proq
- Xayotchanligi (tiriklari) – 58% va ko‘proq
- Shakllanishi: me’yoriy shakldagisi (Kryuger bo‘yicha) – 4 % (14%) va ko‘proq
- MAR-test (IgG/A) – 50% dan kam bo‘lishi.
Urug‘ taxlilini xulosasi sifatida ishlatiladigan atamalar:
Bundan tashqari quyidagi atamalar xam ishlatiladi:
Urug‘ taxlili yaxshi chiqsa boshqa topshirish shart emas. Urug‘ taxlili me’yordan farq qiladigan bo‘lsa, yana 2-3 marta topshirib, so‘ng xulosa chiqarish kerak. Sog‘lom inson xam bir necha bor urug‘ topshirganida, xar safar turlicha katta farqlar bilan chiqishi aniqlangan. Shuning uchun birinchi urug‘ taxlili yomon chiqqan xolatida, tez xulosa chiqarish kerak emas.
Bolani yetimxonadan qanday qabul qilish kerak?
Bolani farzandlikka olish haqida o’ta murakkab qaror qabul qilib, kelajakdagi ota-onalar ko’pincha ko’p muammolarga duch kelishni o’ylamaydilar.
Bolalar uyidan yoki shifoxonadan qanday qilib farzand ko’rish va qabul qilish haqida so’rashdan oldin, hamma narsani yana bir bor o’ylash maqsadga muvofiqdir . O’z qaroringizni yaqinlaringiz bilan yana bir bor muhokama qiling. Bu esa, keyingi xatolar oldini olish uchun yordam beradi. Va ajablanmaslik uchun bolani asrab oluvchi oila tomonidan bolani qabul qilish jarayonidagi eng muhim masalalarni ko’rib chiqamiz.
Bolalar uyidan bolani qanday qilib olish mumkin?
Avvalo, siz ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni qamoqda saqlash va qabul qilish muassasalariga yashash joyida murojaat qilishingiz kerak. Menejment inspektori sizga kerakli tavsiyalar beradi va sizga qanday hujjatlarni to’plash kerakligini so’raydi.
Asosiy hujjatlar orasida sudlanmaganlik to’g’risidagi guvohnoma, uyingizda yashash imkoniyati to’g’risida fikr, sog’lig’ingizning umumiy ahvoli bo’yicha tibbiy ko’rik natijalari, shuningdek, lavozim va hozirgi kundagi daromad bo’yicha mehnat guvohnomasi bo’ladi.
Keyin vasiylik organlari sizning homiyligingiz to’g’risida qaror qabul qiladi. Agar qaror ijobiy bo’lsa, sizga bolalar rasmlari va tanishish imkoni beriladi. Uch oy ichida siz bilan aloqa o’rnatadigan bolani tanlash huquqiga egasiz.
Bolani tanladim, lekin bolani etimxonadan qanday qilib qabul qilishim kerak? Sizning keyingi qadamingiz sud qaroriga asoslangan holda sudga ariza berishdir. Agar sudda sizning savolingizda ijobiy qaror qabul qilinsa – siz hali ham yangi ro’yxatga olish idorasida yangi tug’ilganlik haqidagi guvohnomani olishingiz kerak. U erda sizga farzand asrab olish to’g’risidagi guvohnoma beriladi.
Barcha rasmiylashtirilgandan so’ng – oilaning yangi a’zosi uchun maksimal vaqt sarflash. Bir-biringizga ko’proq yordam berish uchun ishda dam olishga harakat qiling.
Muvaffaqiyatli bolani qidirmang. Bunday yo’q. Ideal ota-onalar kabi.
Ko’pincha farzandni tanlash va u bilan yanada yaqin munosabatlar o’rnatish masalalarida sezgingizga ishonish.
Buni qila olmaysiz deb xavotirlanmang. Har qanday holatda, hatto eng yaxshi mehribonlik uyi ham oila o’rnini bosa olmaydi va farzand asrab olish bolaligida uzoq kutilgan baxtdir. Bolalar uyidan bolani olishga qaror qilganlar katta hurmatga loyiq.
Farzandni internetdagi behayolikdan qanday asrash kerak?
Bolaligimizda ota-onamiz bizni nazorat qilishi osonroq edi. Masalan, qachon ko‘chaga chiqamizu uyga qaytamiz, qachon televizor ko‘ramizu kitob o‘qiymiz, telefonda kim bilan gaplashamizu kim qo‘ng‘iroq qilib gapirmay jim turadi – bularning barini kuzatish, tergab turish mumkin edi.
Ammo real hayot bilan parallel’ ravishda virtual olamda ham yashayotgan hozirgi bolalarni, ayniqsa, o‘smirlarni nazorat qilish ancha qiyinlashib qoldi. Chunki virtual olam – ota-ona ko‘zidan panada, o‘smirning o‘zigagina eshigini ochadigan dunyodir.
Bugun bolalarimizni turli axborotlar bilan «tarbiyalayotgan» ana shu olamning yosh avlod ma’naviyatiga ta’siri masalasini muhokama qilamiz.
Bola internetda nima qiladi?
Yoshligimda «Qo‘rqinchli Tehron» asarini o‘qiyotgandim. Bir kuni onam ishxonalarida qizim shu asarni o‘qiyapti deb maqtanibdilar (o‘zlari asar mazmunidan bexabar edilar). O‘qimishli hamkasblari romanning ayrim sahnalarini onamga aytib berishgan shekilli, o‘sha kuniyoq kitobni mendan olib qo‘yishdi.
Onamning yutuqlari – men o‘qigan asarning nomini bilganlari. Ammo biz bugun xonasiga kirib olib qo‘lidagi gadjeti orqali virtual olamni sayohat qilayotgan bolalarimizning «o‘qiyotgan asarlari» nomini bilamizmi? Umuman, o‘smir internetda nima qiladi? Buni bilish mumkinmi? Afsuski, ko‘pincha buning imkoni bo‘lmaydi.
Balki u behayo video yoki suratlarni ko‘rmas (siz shu sababli ham xotirjamdirsiz balki), lekin oddiygina matn yordamida qanchadan qancha fahsh targ‘ib qilinayotganini internet bilan yaxshi oshno bo‘lmagan ota-ona qaerdan bilsin? Xullas, endi bolalar qabul qilayotgan ma’lumotni nazorat qilish juda murakkab vazifa bo‘lib qoldi.
Yalang‘ochlanayotgan avlod
Bolalarimiz har bir xatti-harakatlarini, yangi liboslaridan tortib yegan ovqatlarini ham darhol suratga olib o‘sha zahotiyoq internetga joylashyapti. Bunga aqllari yetganidan bir quvonsak, har bir surat orqali ular o‘zlarini yalang‘ochlab, himoyasizlab borayotganlaridan ming kuyunishimiz kerak.
Chunki inson o‘zi haqida qancha ko‘p axborotni ommaga oshkor qilsa, jamoat oldida shunchalik «echinadi» (ya’ni, ma’naviy jihatdan). Uning qaerda yashashi, qachon yotib, qachon turishi, qaysi maktabda o‘qishiyu do‘stlari kimligi endi hammaga ma’lum.
Bir chiroyli o‘smir qizni yo‘ldan urish uchun ilgari oylab qo‘ng‘iroq qilib uning boshini aylantirish, yo‘lini poylash, sovg‘alar berish, vaqti kelsa, akalaridan kaltak yeyish kerak edi. Endi esa ijtimoiy tarmoqdagi suratini bir necha bor layklab, chiroyli gullar suratlarini jo‘natib, «lichka»siga bir-ikki shirin so‘z aytish kifoya.
Tezroq katta bo‘lishni, kattalar olamida yashashni, ular tuygan tuyg‘ularni his etishni istayotgan murg‘ak vujud uchun shuning o‘zi yetarli. Bo‘lmasa, ijtimoiy tarmoqlaru messenjerlar orqali yosh-yosh yigit-qizlarning tarqalib ketayotgan behayo suratlariyu videotasvirlarini qanday izohlash mumkin?
Bularning bari iffatning, hayoning osmondan yerga tushgani, qo‘letar bo‘lib qolgani, qadrsizlangani natijasi emasmi?
Natijasi ma’lum taftish
Istalgan maktab, lisey yoki kollejga kirib o‘smir o‘quvchilarning qo‘l telefonini ochib ko‘ring, ko‘pchiligidan behayo tasvirlarni topishingiz tayin. Bola buni o‘zi qidirib topib yuklab olganmi yoki unga allaqanday guruhlardan kelgan-u, u nimaligini bilmay ko‘chirganmi – farqi yo‘q. Muhimi, oilada, ota-ona davrasida tabu bo‘lgan, uyat sanalgan narsalar endi unda bor.
U ko‘ribgina qolmay, tengdoshlariga ulashyapti, muhokama ham qilyapti. Yetmaganiga ular sevgan yulduzlar, ularning kumirlari turli behayo suratlarini o‘zlari tarmoqqa joylayaptilar, tagida aytilgan suyuq xushomadlarga badtar suyuqlik bilan javob qaytaryaptilar. Xullas, bu informasion iskanja halqalari tobora torayib bormoqda.
Nima qilmoq kerak?
Imkon qadar ogoh bo‘lish lozim. Bolangizga biror gadjet olib beryapsizmi, uning nimaligini, avvalo, o‘zingiz tushunib oling. Internetga kirish, messenjerlarni o‘z telefoningizga yuklab olishni eplang. Shunda bolangiz kechasi soat nechagacha ijtimoiy tarmoqda o‘tirganini, umuman vaqtining qancha qismini internetga sarflayotganini bilishingiz mumkin.
Farzandingiz internetdagi yosh bolalarga mo‘ljallanmagan internet sahifalaridan chegaralash imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. “Ota-ona nazorati” qisqa raqami mobil’ aoloqa operatorlari tomonidan taklif etiladi. Buning uchun farzandingiz ishlatayotgan raqamdan uchtagina raqamni terishning o‘zi kifoya. Bu holda farzandingiz o‘z istagiga ko‘ra bu xizmatdan voz kecholmaydi.
Xizmatni bekor qilish uchun xizmat yoqtirilgan raqamning egasi pasporti bilan kompaniya ofisiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim. Demak, bu holda farzandingiz o‘z istagiga ko‘ra bu xizmatdan voz kecholmaydi.
Bola komp’yuter orqali internetga kirgan paytlar eshikni taqillatmay xonasiga kiring. Agar farzandingiz darhol noutbuk ekranini yopsa yoki shaxsiy komp’yuter monitoridagi tasvirni yig‘ishtirib qo‘ysa, bilingki, nimadir bor. Darrov komp’yuterni joyida taftish qilishingiz mumkin. Buning uchun minimal darajada bo‘lsa ham komp’yuter savodxonligiga ega bo‘lishingiz kerak. Ha, 21-asr bolasiga ota-onalik qilish oson emas.
Yuqoridagilarning bari cheklovchi, taqiqlovchi choralardir. Albatta, bularsiz nazoratning hech iloji yo‘q. Ammo eng katta nazoratni bolaning o‘zi o‘z ustidan o‘rnata olishi kerak. «Tarbiya – yo hayot, yo mamot» degandi Abdulla Avloniy. 20-asr boshida aytilgan bu gapning naqadar haqligini 21-asr boshida yanada teranroq anglab turibmiz.
Biz informasiyaning yo‘lini to‘sa olmaymiz. O‘ziga bahosi baland, to‘g‘ri tarbiya ko‘rgan, g‘ururli o‘smir jinsiy munosabatlar haqidagi axborotni qanday qabul qilishni yaxshi biladi. Bola nimadan o‘rnak olish kerag-u, nimani miyadan uloqtirish lozimligini bilmasa, uni ming nazorat qilganingiz bir pul.
Demak, axborotga munosabat bildirish, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, o‘z nuqtai nazari, tarbiyasi va dunyoqarashidan o‘tkazib qabul qilish malakasi bolalarda bo‘lishi kerak.
So‘ng-so‘z o‘rnida
Ayrim «yangicha qarashli», «demokrat» ota-onalar «Xo‘sh, o‘smir jinsiy munosabatlarga qiziqsa, buning nimasi yomon? Axir hammamizda ham ilk jinsiy mayl o‘smirligimizda paydo bo‘lgan-ku!» – deyishi mumkin. To‘g‘ri, tabiatga qarshi bir narsa deb bo‘lmaydi. Biroq, biz o‘smirligimizdagi jinsiy aloqa tushunchasi bilan hozirgisi tubdan farq qiladi.
Biz uchun tizzadan biroz balandroq ko‘tarilgan etak yoki «Kichkina Vera» fil’mi chegaradan chiqish bo‘lsa (hatto, shu chegaradan chiqish uchun ota-onamizning ko‘zini shamg‘alat qilaman deb qanchalik topqirlik ishlatardik), hozirgi o‘smirlar uchun «Instagram»da Kim Kardash’yanning yalang‘och suratlarini ko‘rish yoki mahalliy «yulduz» chalarimizni tomosha qilish ham me’yorga aylanib qoldi (buning uchun sichqoncha tugmasini bir bosish yoki sensorli ekranga barmoq uchini tegizish kifoya).
Internet orqali targ‘ib qilinayotgan jinsiy munosabatlar ko‘pincha inson tabiati va sha’niga ziddir. O‘smir bu ishning ortida ulkan tuyg‘u va mas’uliyat turishi kerakligini o‘ylamaydi. U qabul qilayotgan informasiya kam vaqt ichida jonni koyitmay ko‘p miqdorda lazzat olishni targ‘ib etyapti.
Jinsiy munosabat uning uchun xuddi chanqab turganda ko‘chadagi vodoprovoddan oqib turgan tekin suvni ichishdek gap bo‘lib qolyapti. Keyin-chi? Bundan o‘n-o‘n besh yillardan keyin hozirgi o‘smirlarimizning bolalari, ularning tarbiyasi, umuman millatning ma’naviy qiyofasini tasavvur qilyapsizmi?
Men tasavvur qilyapman va biroz qo‘rqyapman. Shuning uchun, mayli, meni qoloq ona, zolim ayol desinlar, ammo «O‘tkan kunlar»ni o‘qib chiqmaguncha farzandimga biron gadjet olib berishga shoshmay turaman.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Farzandga telefonni kam berish yani vaqtni chegaralash kerak
Dilnura assalomu alayko’m. Bildirgan fikringiz qaysidur manoda tog’ri, Albatta farzand ushbu telefon orqali nima ish bajarayotganligiga ahamiyat berish kerak.
Ayni kerakli mavzular ekan, biz ustozlar o’quvchi yoshlarni vertual olamdan ximoyalash uchun. So‘nggi yuklangan mavzular Ko‘p o‘qilgan mavzular Bo‘limlardan birini tanlang
Qiziqarli malumotlar
Bolani yetimxonadan qanday qabul qilish kerak