Bolalarda nafas a`zo kasalliklarining oldini olish uchun qanday dori vositalaridan foydalanish kerak? Shifokor javob berdi

Bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiev SSV bilan suhbatda bolalarda nafas a`zo kasalliklarinit oldini olish uchun qanday dori vositalaridan foydalanish kerakligi haqida gapirdi. 

— Kasallikdan davolanib chiqqan bola ulg`aygach, kasalliklar asorati qaytalamaydimi?

— Bu bolaning qanday kasallik bilan kasallanganiga bog`lik. Engil respirator kasalliklar bilan kasallangan bolalarda keyinchalik deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi. Ammo immun tizimi sustlashgan va hamroh kasalliklari bo`lgan bolalarda asoratlar uchrash ehtimoli yuqori.  Bolalarda qon aylanish va himoya tizimining yaxshi rivojlanganligi sababli kasallikning surunkali shakliga o`tishi kam uchraydi, lekin bola atrofdagi odamlardan doimiy ravishda “bakterial oziqlanish” oladigan bo`lsa, surunkali kasallik xavfi bir necha bor ortadi.

Shuning uchun kasallikni bolalarda o`z vaqtida davolanishi kelajakda (ular katta bo`lganda) bir qator ichki a`zo va tana tizimlarining og`ir asoratlari profilaktikasi bo`lib xizmat qiladi.

— Bolalar nafas a`zolari kasalliklarini davolash jarayonida qanday preparatlar qo`llaniladi? Ular orasida shifokor retseptisiz beriladiganlari ham bormi? Nega?

— Nafas olish a`zolari kasalliklarida qo`llaniladigan dori vositalari turli va murakkab xarakterga ega bo`lib, kasallikning sabablarini engishga (etiotrop terapiya), kasallik alomatlarini yo`qotishga (simptomatik terapiya), shuningdek, tana a`zolari tizimini tiklashga (qo`llab-quvvatlovchi terapiya) qaratilgan dori vositalaridir. Muayyan kasallikni davolash uchun dori vositalari individual tanlanadi va bemorning tashxisiga, ahvoliga qarab faqat shifokor tomonidan belgilanadi.  

Hozirda balg`amning yopishqoqligini pasaytiradigan va uning reologik xususiyatlarini yaxshilaydigan dori vositalari — mukoaktiv dorilar vositalari (mukolitiklar, balg`am ko`chiruvchi) keng qo`llaniladi.

Bugun hujayra ichidagi patogenlar, mikroorganizm birikmalari, antibiotiklarga chidamli bo`lgan bakterial shtammlar soni ortib borayotgani xech kimga sir emas.  

Boshqa tomondan, antibakterial dori vositalarini tayinlashda bolalarda allergik kasalliklar sonining doimiy o`sib borishini va antibakterial dorilarga allergik reaktsiyalarni hisobga olish lozim. Shuning uchun antibakterial dori vositalarini tayinlashda qat`iy qonun-qoidalarga rioya qilish zarur. Antibakterial dori vositalari faqatgina resept bilan berilishini ta`minlash kerak, chunki ko`pgina onalar farzandlariga shifokor bilan maslahatlashmasdan antibakterial dori vositalarini noto`g`ri qo`llashi natijasida antibiotiklarga chidamli bo`lgan bakterial shtammlarning ko`payishiga va bolani og`ir ahvolda shifoxonaga olib kelinishiga sabab bo`ladi. Shunga asoslanib, so`nggi yillarda bolalarda nafas a`zolari kasalliklarini davolashda mashhur bo`lgan penisillin va sefalosporinlarga samarali alternativ bo`lgan yangi zamonaviy makrolidli antibiotiklardan tobora ko`proq foydalanilmoqda.  

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya