Bolalarda diatez haqida to’liq ma’lumot oling

Diatez yoki konstitutsiya anomaliyasi – bu bola organizmining tug‘ma o‘ziga xosligi bo‘lib, u yoki bu kasallikka moyil bo‘lishidir. Diatez termini – qandaydir bir kasallikka moyil degan ma’noni anglatadi. Bu tushuncha kasallik yoki sindrom emas, bu bolaning o‘ziga xosligi bo‘lib kasallikka beriluvchan bo‘lib qolishidir. 90 % ga yaqin bolalar surunkali kasalliklari diatez fonida kelib chiqadi.

Diatez turlari

Tibbiyot sohasida diatezlarning 20 ga yaqin turi bor. Bunda bolalarning ayrim guruhlarida uchraydigan individual ko‘rinishlari ham uchrab turadi. Bolalar konstitutsion anomaliyalari quyidagi turlari farqlanadi:

  • Ekssudativ-kataral;
  • Nervno-artritik;
  • Limfatik-gipoplastik.

Ekssudativ-kataral (allergik) diatez – bolalar erta yoshida turli xil allergik kasalliklar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bunday kasalliklar infeksion-yallig‘lanishli yoki surunkali allergik kasalliklar shakliga o‘tib ketadi.

Limfatik-gipoplastik diatezlar – birlamchi immunodefitsit holati bo‘lib, bunda timus (ayrisimon bez) va limfa tugunlarining giperplaziyasi bilan yuzaga chiqadi.

Nervno-artritik diatez – purin va siydik kislota almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar ko‘rinishida bo‘ladi.

Diatez sabablari

Diatezlar asosida immunologik va metobolik jarayonlarning neyroendokrin buzilishlari bo‘lib, eng oddiy ta’sirlovchilarga ham organizmning kuchli reaksiyasi namoyon bo‘ladigan patologik holatlar yotadi.

Diatezlarga olib keluvchi xavf omillariga ayolning homiladorlik vaqtida ovqatlanish tartibi, toksikoz holatalari, infeksion kasalliklari, zararli odatlari, asfiksiya va homila gipoksiyasi kiradi. Bundan tashqari diatezga moyil bolalar – perinatal MNT (markaziy nerv tizimi) ning zararlanishi, tug‘ilganda ortiqcha yoki yetilmagan tana vazni hamda sun’iy ovqatlantirishdagi bolalar va ichak disbakteriozlariga chalingan bolalar hisoblanadi. Diatezlar kechishini kuchaytirib yuboruvchi omillarga parvarishning yomonligi, ovqatlantirishda ratsionga e’tibor qaratmaslik, emlash, surunkali infeksiyalar, stress holatlari va boshqalar.

Ekssudativ-kataral diatezlar kelib chiqishiga sabab – oshqozon-ichak tizimi tomonidan kamchiliklar, fermentlar aktivligining pastligi, biogen aminlar yetishmasligi, hujayra membranalarining nostabilligi bo‘la oladi. Bu turdagi diatez onaning ovqatlanish ratsionidagi mahsulotlar ham katta rol o‘ynaydi, masalan sitrus mevalar (limon, apelsin, mandarin), rezavorlar (qulupnay, malina), baliq, kolbasa, tomatlar va shokolodlar ko‘p iste’mol qilish.

Limfato-gipoplastik diatezlarning kelib chiqishi sabablari aniq ma’lum emas. Bu turdagi diatez chala tug‘ilgan va nozik bolalar orasida keng tarqalgan. Uning kelib chiqishida onadagi surunkali endokrin kasalliklari katta rol o‘ynaydi.

Agar tug‘ish jarayonida ayolda homila oldi suyuqligi muddatidan oldin kelsa, tug‘ish jarayoni kuchsiz kechgan bo‘lsa, homila gipoksiyasi yoki jarohati kuzatilsa ham limfatik-gipoplastik diatez kelib chiqishi xavfi ortib ketadi.

Nervno-artritik diatez nasliy omil ta’sirida (siydik kislota va purin almashinuvi buzilishi) va homilador ayol yoki bolaning haddan ortiq go‘sht mahsulotlari iste’mol qilishidan kelib chiqadi. Ko‘pincha bunday diatezga chalingan bolalar yaqin qarindoshlarida siydik yoki o‘t-tosh kasalliklari, podagra, nevrasteniya, arterial gipertenziya, qandli diabet, ateroskleroz va boshqa patologiyalar kuzatiladi. Bularning barchasi moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklardir.

Bolalarda diatezning klinik ko‘rinishi

Ekssudativ-kataral diatez – allergik reaksiyalar va yallig‘lanish jarayonlarining uzoq davom etishi natijasida teri qoplamalarining va shilliq qavatlarning zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday turdagi diatez ko‘pincha erta yoshdagi bolalarda paydo bo‘lib, taxminan 3-4 yoshlarda o‘tib ketadi. Umumiy diatezlarning 40-70 % holatlarida uchraydi.

Ekssudativ-kataral diatez bir oylik bolalarda seboreyali dermatitlar ko‘rinishida – yog‘li qichimalar boshning sochli qismida, tepa sohasida paydo bo‘ladi. Odatda, bunday patologiyaning oqibati ijobiy, ammo ba’zi bolalarda bu seboriyali ekzemaga o‘tib ketadi va bunda shish, qizarish, suvli pufakchalar ko‘rinishida bo‘yin, quloq va peshona sohasida yuzaga chiqadi.

Bolalarda dumba va teri burmalarida ekssudatlar saqlanib qoladi. Ba’zi bolalarda esa suvli yoki matseratsiyalangan teriga infeksiya aralashishi hisobiga piyodermiyalar ham kelib chiqadi. Ekssudativ-kataral diatezning eng og‘ir ko‘rinishlari – bolalar ekzemasidir. Yosh kattalashishi bilan bu jarayon neyrodermit ko‘rinishiga o‘tishi mumkin.

Ekssudativ-kataral diatezlar paratrofik (semiz) bolalarda o‘ziga xos ko‘rinishda kechadi. Chunki ularning terisi nozik, yuzi shishgan, tili “geografik” ko‘rinishda, abdominal sindrom va meteorizmlar kuzatiladi. Diatezli bolalar nafas yo‘llari kasalliklariga beriluvchan bo‘lishadi (pnevmoniya, bronxit, tonzillit, faringit). Ekssudativ-kataral diatezlarni psoriaz, eritrodermiya, dermatit va boshqalar bilan farqlay olish kerak.

Limfatiko-gipoplastik diatez – limfa bezlari kattalashishi va endokrin bezlari patologiyalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar infeksion kasalliklar va allergiyalarga moyil bo‘ladilar. Diatezning bu ko‘rinishi 3-7 yoshli bolalar orasida uchrab, umumiy diatezlarning 10-12 % ini tashkil qiladi.

Diatezning ijobiy kechishida pubertat davrigacha o‘tib ketadi. Limfatiko-gipoplastik diatezda simpatoadrenal tizim va buyrak usti bezi disfunksiyalari, limfa to‘qimalarining kompensator giperplaziyasi, ayrisimon bezning funksiyasi pasayishi hamda hujayraviy va gumoral immunitetning susayishi kuzatiladi.

Bunday diatezli bolalar tana tuzilishi disproporsional (kalta tana, oyoq qo‘llar uzun) bo‘ladi, terisi rangpar, teri turgorligi pasaygan, mushaklari sust rivojlangan bo‘ladi. Bunday bolalar adinamik, holsiz, tez charchab qoladigan bo‘lishadi. Ular arterial gipotoniyaga moyil, O‘​RVI-gripp bilan ko‘p kasallanishadi, neyrotoksikozlar uchraydi, mikrosirkulyatsiya buzilishi va gipertermiya kuzatiladi.

Limfato-gipoplastik diatezda periferik limfa tugunlari kattalashadi, timomegaliya, adenoidlar va bodomsimon bezlar giperplaziyasi, jigar va taloq kattalashishi yuzaga kelib chiqadi. Adenoidlarni olib tashlagandan keyin yana qayta o‘sib chiqishi mumkin. Bundan tashqari ushbu diatezda rivojlanishdagi anomaliyalar, buyrak, yurak, tashqi jinsiy a’zolar giperplaziyasi ham kelib chiqadi.

Aynan shu diatezlarda bolalarning to‘satdan o‘limi kuzatiladi. Limfatiko-gipoplastik diatezlarga shubha qilinganda OIV-infeksiyani va limfogranulematozni istisno qilish kerak.

Nervno-artritik diatezda fermentlar funksiyasi buzilgan bo‘ladi va bu siydik kislota hamda purin almashinuvi natijasida uglevod va lipidlar almashinuvida kamchiliklar yuzaga kelib chiqadi.

Bu turdagi diatezlar qolgan diatezlarga nisabatan kam uchraydi – 2-5 % hollarda. Ushbu kasallik asosida jigarning “tozalash” funksiyasi buzilishi oqibatida metabolic, nevrastenik, teri va spastik sindromlar yotadi.

Nervno-artritik diatezlar katta yoshdagi bolalarda ham uchraydi va siydik va o‘t tosh kasalliklari, semirish, nefrit, surunkali buyrak yetishmovchiligi, podagra, ateroskleroz, qandli diabet kelib chiqishi bilan namoyon bo‘ladi.

Bunday diatezli bolalarning 80 % ida nevrastenik sindromlar kuzatiladi. Bolalarning erta yoshlarida bu diatez bolaning juda qo‘zg‘aluvchanligi, qo‘rqoqligi, bezovtaligi, uyquning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Maktabgacha bo‘lgan va erta maktab davrlarda bolalar o‘zlashtirish qobiliyati kuchli, so‘z boyligi ko‘p, xotirasi kuchli, tashqi muhitga qiziquvchan va sho‘x bo‘lishadi. Ammo ularda ko‘proq bosh og‘rig‘i, emotsional labillik, enurez, anoreksiyalar namoyon bo‘lib turadi.

Nervno-artritik diatezlarda moddalar almashinuvi buzilishlaridan dizuriya hisobiga artralgiya kelib chiqadi. Siydik tarkibida fosfat tuzlari, oksalatlar va uratlar ko‘payadi. Jigarning asetil kislotani tozalashi pasayganligi sababli atseton sindromi kuzatiladi. Bunda atseton bilan intoksikatsiya, qayta-qayta qusish, gipertermiya, suvsizlanish alomatlari yuzaga chiqadi.

Spastik sindromlardan migren ko‘rinishidagi bosh og‘riqlari, bronxokonstriksiyalar, arterial gipertenziyalar, kardialgiya, spastik kolit, ich qotishi, buyrak va ichak xurujlari uchraydi. Ko‘pincha bu turdagi diatezli bolalarda bronxial astma kelib chiqadi.

Nervno-artritik diatezda teri tomonidan ekzema, qichima, kvinke shishi, eshakemi yoki neyrodermitlar ko‘rinishida yuzaga chiqadi.

Differensial diagnostika nevroz, revmatizm, qandli diabet va musbat chiqqan Mantu sinamasi (sil kasalligi) bilan olib boriladi.

Diatezni tashxislash

Diatez – mustaqil ravishda kasallik va diagnoz emas, shuning uchun diatezli bolalar pediatr, bolalar nevropatologi, endokrinolog, dermatolog, nefrolog, revmatolog, allergolog-immunolog va boshqa mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib turishlari kerak.

Diatezda laborator tekshiruvda qon va siydik umumiy analizi, qonning bioximik tekshiruvi, fosfolipid, xolesterin, glyukoza, katexolamin, siydik kislota miqdori ham tekshiriladi. Bundan tashqari B va T limfotsitlar, IgA va G immunologik tekshiruvi va najasni disbiozga tekshirib o‘rganiladi.

Limfatiko-gipoplastik diatezda UTT (UZI) tekshiruvi ham o‘tkaziladi. Bunda taloq, jigar, buyrak usti bezi va ayrisimon bez hamda ko‘krak qafasi a’zolari rentgenogrammasi ham o‘rganiladi.

Diatez davosi

Diatezning nomedikomentoz davosiga bola parvarishi, ovqatlanish tartibini va ratsionini to‘g‘irlash, fizioterapevtik muolajalar kiradi. Ekssudativ-kataral diatezli chaqaloqlar ona suti bilan boqilishi kerak, kattaroq yoshdagi bolalar esa diyetaga rioya etishlari, ta’sirlovchi mahsulotlardan cheklanishlari kerak.

Medikomentoz preparatlarga sedativ vositalar (valeriana ekstrakti, persen) va antigistamin vositalar (diazolin, klaritin), vitaminlardan B guruhiga mansub turi buyuriladi. Agar diatez fonida disbioz kelib chiqsa probiotiklar (lineks, laktovit, bifidumbakteriya) qo‘llaniladi.

Ekssudativ-kataral diatezda mahalliy qo‘llash uchun romashka (moychechak), dub ildizi bilan vannalar qilish tavsiya etiladi. Zararlangan teri sohasiga yallig‘lanishga qarshi nogormonal mazlar qo‘llaniladi. Umumiy ultrabinafsha nurlari bilan davolash ham yaxshi natija beradi. Allergolog mutaxassis nazorati ostida giposensibilizatsiya muolajalari o‘tkaziladi.

Limfatiko-gipoplastik diatezlarda sintetik va tabiiy adaptogenlar (pentoksil, eleuterokokk), vitaminlar, umumiy massaj va gimnastika muolajalari o‘tkaziladi. Buyrak usti bezi kamchiliklarida glyukokortikoid preparatlar buyuriladi.

Nervno-artritik diatezda bolalar ovqatlanish ratsionidan puringa boy bo‘lgan mahsulotlarni qat’iyan cheklash zarur. Bunday mahsulotalarga kakao, shokolad, no‘xat, jigar va yog‘li mahsulotlar kiradi. Kompleks davo sifatida o‘t haydovchi preparatlar va sedativ vositalar, B guruh vitaminlari hamda gimnastik mashqlar buyuriladi. Asetonemik qusishlarda esa regidratatsiya (suyuqlik ichirish yoki vena orqali quyish), klizma, oshqozonni yuvish kabi chora tadbirlari bajariladi.

Profilaktika va prognoz

Ayollar homiladorlik vaqtida jinsiy a’zolar kasalliklari va toksikozlardan himoyalanishlari, gipoallergik ovqatlanish tartibini tanlashlari kerak. Emizikli bolalar faqatgina sut bilan oziqlanishlari, katta yoshdagi bolalar esa allergik mahsulotlardan cheklanishlari zarur. Bolalarni emlashda ham diatezli bolakaylar alohida grafik asosida olib boriladi.

Diatezda to‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz va to‘g‘ri tanlangan davo choralari olib borilsa, oqibati ijobiy bo‘ladi. Ko‘p hollarda diatez pubertat davrda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

Diqqat, maqola davomida nomi keltirib o‘tilgan kimyoviy preparatlar faqatgina tanishish maqsadida sanab o‘tilgan. Diatezlarni davolash shifokor nazorati ostida, uning tavsiyalariga ko‘ra olib borilishi shart!

Malumotlar
Bolalarda diatez