Bola tishlarini kariesdan qanday himoya qilish mumkin?

Bola tishlarini kariesdan qanday himoya qilish mumkin?

Karies xastaligi kelib chiqish sababi nima? Tishlarni kariesdan qanday saqlash mumkin? Bir martalik plombolar qancha vaqtgacha turadi? SSV matbuot xizmatining shu yo`nalishdagi savollariga oliy toifali stomatolog-shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.

—Bolalarda ko`p uchraydigan karies kasalligi va uning kelib chiqishi sabablari nimalardan iborat?  

—  Ovqat qoldiqlari chaynov yuzasi yoki tish bo`yin qismlarida yig`ilib qolib, tishlar yuvilganida ular tishning tabiiy chuqurchalarida qolib ketadi. Ma`lum vaqt o`tib esa tish emalini chiritadi, bu kariesning boshlanishidir. Ota-ona bolaning tish yuvishini o`z nazoratiga olishi lozim.  

—  Tish yuzasiga kumush bilan ishlov berish kariesdan himoya qila oladimi?

—  Sut tishlarida erta boshlangan kariesni davolashda kumushlash amaliyoti keng qo`llaniladi. Ma`lum foizdagi kumush eritmasi tish yuzasiga surtiladi va bu kariesning to`xtashiga xizmat qiladi. Ammo kumushlashdan so`ng tish emali biroz qorayib qolishi mumkin. Karies aniqlangach, bola har olti oyda bir marta stomatolog ko`rigidan o`tib turishi kerak. Agar tish kariesi kattalashib borsa, qo`shimcha ravishda kumush nitrati surtiladi.  

—  Bir martalik plomba necha yil xizmat qilishi mumkin?

— Bola sut tishlariga qo`yiladigan plombalarning bir nechta turi bor. Tish nervi olinganidan so`ng qo`yiladigan plomba tish ildiz kanalining doimiy tishga almashguniga qadar xizmat qiladi. Tish toj qismiga qo`yiladigan plomba ovqatlanish paytida xalaqit bermaydi va doimiy tishlar almashguniga qadar etib beradi. Agar plomba yaxshi turgan bo`lsa, uni almashtirish talab etilmaydi. Plomba tushib qolmaguncha undan foydalanib yuraversa bo`ladi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Bola tishlarini kariesdan qanday himoya qilish mumkin?