Bo’g’imlar displaziyasi haqida

Bo’g’imlar displaziyasi haqida

Bo’g’imlar displaziyasi — bu tos suyagi chuqurchasining tug‘ma yaxshi rivojlanmaganligi bo‘lib, bo‘ksa suyagi bilan son suyagi tutashgan joyda nuqson kuzatiladi. Bunday bolalarda son suyagi bilan bo‘ksa suyagi tutashgan joy chiqib ketishga moyil bo‘ladi, yaxshi o‘smaydi. Bolalardagi tug`ma displaziyani tug’ilgandan keyin darhol aniqlash mumkin, ammo kattalarda bu kasallik kam uchraydi.

Kelib chiqish sabablari

Kasallik biriktiruvchi to’qima tuzilmalarining buzilishi tufayli rivojlanadi. Sabablari:

  • irsiy omil, ya’ni irsiyat;
  • tug’ruq paytidagi yoki tug’ishdan keyin jarohatlar;
  • homilador ayol organizmidagi gormonal buzilishlar;
  • bachadonda homilaning noto`g`ri joylashuvi (chanoq-son bo’g’imlari displaziyasini keltirib chiqaradi).

Shuningdek, agar ota-onaning yoshi 40 yoshdan oshgan bo`lsa, chaqaloqda kasallik aniqlanishi ehtimoli bor.

Displaziya tashxisini qo’yish uchun ortoped quyidagi tekshiruvlarga yo`naltiradi:

Davolashning barcha usullari (jarrohlikdan tashqari) faqat bir yoshga qadar samarali bo’ladi. Bir yoshdan keyin displaziya faqat jarrohlik yo’li bilan davolanishi mumkin.


Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas.

Kasalliklar
Bo’g’imlar displaziyasi